Nodir Xolboyev - Onaizorim

Nodir Xolboyev - Onaizorim
Nodir Xolboyev - Onaizorim

Nodir Xolboyev - Onaizorim Текст песни


Siyratdagi sirlar ko‘chganda tilga,
Ne go‘zal tuyg‘ular sig‘masa dilga,
Ming yillik umidlar bo‘lganda sarob,
Nima taskin bo‘lar kuygan ko‘ngilga?

Ummon bo‘lib toshsa ko‘zimdagi nam,
Tor ko‘rinsa ko‘zga shunday keng olam,
Yashamoqdan bezib ketgan chog‘larim,
Faqat bir zot bo‘lar jonimga malham:
Kunduzi duoda tunlari bedorim, Onaizorim.

Omadim kelmasa yig‘laganim u,
Istirobda bag‘rin tig‘laganim u,
G‘animlarim qonim ichib shodlansa,
Shunday keng dunyoga sig‘maganim u.

Men bir sodda kasman, nayrangdan yiroq,

Tortganim istirob, topganim firoq.
Ko‘ksimda osig‘liq turar hanuz ham
Onam yoshligimda taqqan ko‘zmunchoq.
Meni balolardan asrar tumorim, Onaizorim.

Yarimta nonimni ilib ketsa do‘st,
El bo‘lib, terimni shilib ketsa do‘st,
Borimni qo‘limdan yulib ketsa do‘st,
Dildagi sirimni bilib ketsa do‘st,

Kuydirib bag‘rimni tilib ketsa do‘st,
Yiqilsam, ustimdan kulib ketsa do‘st,
Do‘st dedim, do‘stimdan pand yedim oxir,
Dil berib, oqibat dard yedim oxir.

Arosat ichinda to‘lg‘onib, yonib,
O‘rtanib yashamoq naqadar og‘ir.
Bu yorug‘ dunyoda topganim, borim,
Onaizorim.

Topganim-tutganim bolamga degan,
Har luqma yutganin bolamga degan,
Men ko‘rmagan kunlar o‘g‘limga tortiq,
Bir umr kutganim bolamga degan.

Bolasidan tortsa, kuyganim o‘sha,
Duosida aytib, suyganim o‘sha,
Olislarga ketsam, sog‘inib, alqab,
Suratim ko‘ksiga qo‘yganim o‘sha.
Farzand qayg‘usida sochlari qorim, Onaizorim.

Senga ne ulashdim, senga ne berdim?
Faqat g‘amni tutdim, faqat dard, ozor.
Ko‘zlaringda farzand tashvishin ko‘rdim,
Azobimdan meros sochingdagi qor.
Bu telba dunyoda topganim, borim, Onaizorim.

Onaizorim…

Shohruz - Yuribman

Hey, yuribmanda o’zimcha baxtli bo’lib, Gohida yig’lab, gohi kulib. Yuribman-ku o’zimcha baxtga to’lib, Bevafolar makridan nari bo’lib. (x2)...

Shahzoda - Senga atayman

Tunu-kunim uzundan-uzundir, Sog’inchim sensiz mahzundir. Qanday senga sevgim aytay, Yuragim beray?...

Dilfuza Rahimova - Devona qildi

Yillar bizni devona qildi,  Yo’llar bizni ovora qildi, (x2)  Tovus kabi tovlanib sevgi,  Ikkimizni parvona qildi. (x2)...

Ali Otajonov - Xotira

Duolari yoritardi yo‘llarimni, Tabassumi bog‘ qilardi cho‘llarimni, Haqqa boshlar edi tutib qo‘llarimni....

Ruhshona - Bilak uzuk

Chamanzorning gullaridan Rang olganmi yal-yal atlas, Egnimdagi baxmal nimcha Tugmalari xuddi olmos....

Ulug'bek Rahmatullaev - Bugun yonimdasan

Bugun yonimdasan, (bugun yonimdasan)  Ko’zlarimga boq, (turibsan kulib)  Menga ishonginda, (bu ajoyib axir)  Qo’llarimdan tut. (bari betakror)...

Yodgor Mirzajonov - Yuragingni ber

Yuragingni ber, muhabbatga to’ldirib beray,  Meni telba der, hayotingga mazmun bo’lib kelay. Meni sevmadi, meni o’ylamadi u bugun,  Kutdim kelmadi, yana yolg’iz qoldim men bugun....

Tohir Sodiqov - Orzu

Go’zalliklar haqida So’zlashardik tonggacha, Qancha qoldi deb yana Bizning baxtimizgacha....

Husniddin Xoliqov - Xayol

Ne sabab surding xayol, Oshufta yor etdingmi yor, etdingmi, yor? Ul bilan aylab visol, Qalbing bahor etdingmi yor, etdingmi, yor?...

Lola Ahmedova - Yonimda bo’lsang

Ishqning ko`zi ko`r bo`ladi, Azobga sevganlar ko`nadi. Mingta dardni ko`zga ilmas, Shunda bari zo`r bo`ladi....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Искандар
    Искандар 24 июня 2020 22:30
    Кимни ш,ери бу.Бунча дардни бир кушикка солиб куйлаган Нодир укамизга катта рахмат!

Fikr qo'shish