Sardor Toirov - Malikam
Sardor Toirov - Malikam Текст песни
So‘zimni o‘xshatib so‘zingga,
Ko‘zimni qaratib ko‘zingga,
O‘zimni o‘rgatib o‘zingga,
Ketasanmi, mendan kechasanmi?
Yetmasmi taqdirning jazosi,
Ketmas bu ko‘zlaring qarosi,
Bitmas hech muhabbat yarosi,
Bilasanmi, jonim, bilasanmi?
Malikam deymu yoki Layli,
Biri kam dunyo dedik, mayli.
Har kuni ham ko‘rmasam ham mayli,
Joningga jon to‘kib, ey nigor,
Poyingga gullar to‘kib, intizor,
Yonimga chorlasam so‘nggi bor,
Kelasanmi, jonim, kelasanmi?
Ayt, qachon og‘ritdim dilingni,
Qay tomon boshlading yo‘lingni?
Vo ajab, o‘zgaga qo‘lingni
Tutasanmi, jonim, tutasanmi?
Malikam deymu yoki Layli,
Biri kam dunyo dedik, mayli.
Har kuni ham ko‘rmasam ham mayli,
So‘nggi bora bir bor ko‘rishaylik. (x2)
Ayt, qachon og‘ritdim dilingni,
Qay tomon boshlading yo‘lingni?
Vo ajab, o‘zgaga qo‘lingni
Tutasanmi, jonim, tutasanmi?
Malikam deymu yoki Layli,
Biri kam dunyo dedik, mayli.
Har kuni ham ko‘rmasam ham mayli,
So‘nggi bora bir bor ko‘rishaylik. (x2)