Sherbek Shodiyev - Oqibat

Sherbek Shodiyev - Oqibat
Sherbek Shodiyev - Oqibat

Sherbek Shodiyev - Oqibat Текст песни


O`g`ilning otaga mehri yo`q, qarang,
Akaning ukaga qadri yo`q, qarang.
Qorindan talashib tushgan jigarlar
Onasin yo`qlashga vaqti yo`q, qarang.

Sizlarga ne bo`ldi, odamlar, bugun?
Orada oqibat yo`qoldi nechun?
Boshingga qo`nganda davlat qush, omad,
Atrofingda to`lar soxta do`st, ulfat.

O`likmi, tirikmi, deb bir yo`qlamas,
Yelkangga ozgina tushganda kulfat.
Nahotki, sotarlar do`stin pul uchun?
O`rtada oqibat yo`qoldi nechun?

Jon qo`shning yilda bir olmasa xabar,
Yaqinlar chet elda yursa darbadar,

Jigaring ozgina yaxshilik qilib,
Salomni minnatdan boshlasa agar.

Onaga talpingan go`dakdek shogird
Ulug` ustozining ta`limin olib,
Sal o`tmay raqobat tishlarin qayrar,
Ustozning bor ilmin egallab bo`lib.

Nahotki, mol dunyo odamdan ustun?
Orada oqibat yo`qoldi nechun?
Bu millat mehrdan qaddin rostlagan,
Vatanning yuziga oyoq bosmagan.

Sayyohlar atayin ko`rib ketardi –
O`zbek darvozaga zanjir osmagan.
Oh qulflar osildi, qalbda qo`rg`oshin,
Orada oqibat yo`qoldi nechun?

Bir iflos manmanlik bulg`abdi ichin,
Ado etolmabdi qasamin, burchin.
Ey Ahad, besh kunlik dunyo o`tkinchi,
Yashamoqdan ma’no nedur, aytginchi?

Hayvondek nafs quvsa inson bolasi,
Vijdon kuyib ketsa, dilning tayanchi.
Hech kim bo`lolmaydi dunyoga ustun,
Orada oqibat yo`qoldi nechun?

Sevgan oshiqlarda vafo qolmadi,
Yoshlar muhabbatning darsin olmadi,
Erkakmijoz ayollarning yuzini
Ayolmijoz erkaklar ko`rolmadi.

Sezolmadilar libosda ichin,
O`rtada oqibat yo`qoldi nechun?

Sevara Nazarkhan - Ey, nozanin

Ey, nozanin, ishqing bilan devonaman, (x2) Oqshomlari uyqum kelmay to’lg’onam. (x2) Parilardek ochib yuzing nihon bo’lding,(x2) Xudba-xudba rashkim kelibon qizg’onaman. (x2)...

Jambul Muhammedov - Sog`ingandirsiza onam

Ko‘zim nuri, oqu-qoram, Omonmi deb jonim bolam, Bir-bir boqib mening xonam, Sog‘ingandirsiz-a, onam?...

Doston Ubaydullaev - Yoshlik

Boshqacha edi dunyo, Rang-barang edi go’yo, Quvnar edi nigohlar Bizlar uchrashgan chog’lar....

Muhabbat Shamayeva - Ko’chalar

Ko’chalar, ko’chalar, oydin ko’chalar, Buncha ham go’zalsiz qaydin, ko’chalar? Tag’in u o’tdimi, o’sha beparvo, Ko’ngillar sohibi, ayting, ko’chalar?...

Ulug'bek Rahmatullaev feat. Shahzoda - Rashk

[Shahzoda] Men yo’q joyga borma, jonim, Aslo mensiz yurma, jonim, Bu gumonlardan sabrim tugar....

Habiba Oxunova - Sabo bilan

Dilrabo, qalbimga kirding tonggi ul sabo bilan, Sabo bilan, Ne sabokim, subhidamda yangragan navo bilan Navo bilan....

Kaniza - Shaqillama

Sovuq tushdi ko’chaga shaqillama-ey, Erkakmisan o’zi san? Likillama-ey. Xiyonatni o’zingdan boshlamagin-ey, Bir vujudda kelgansan, sodiq qolgin-ey!...

Bahrom Nazarov - Vatan

Mehrim bordir sahrolaring, har bir toshu har qoyangga, Bosh egib ta’zim aylasam, har bir xas, bug`doy poyangga. O`zga elni teng ko`rmasman bir qatra nur, bir soyangga, Ayt, seni mendan ham ko`proq kim sevar, ey ona tuproq? {x2}...

Sarvar va Komil - Bedoringman

Tunu kun bo’ldim man behol, Visoling dardida bemor. Kun beqaror, tunim bedor, Vaslingga zor....

Botir Qodirov - Dildora

Sensiz Dildora, kelib bir bora, Yor, yonimga qayt, sog‘indim deb ayt. (x2) Rishtani bog‘lab, yana ardoqlab, Mahkam qo‘lim ushlab, sog‘indim deb ayt. (x2)...

Fikr qo'shish