Jahongir Otajonov - Onajonim

Jahongir Otajonov - Onajonim
Jahongir Otajonov - Onajonim

Jahongir Otajonov - Onajonim Текст песни


Tanish eshik, qadrdon uy, jonajon hovli,
Ichkariga yo`llanaman dilim orziqib.
Onam peshvoz chiqar chopib, qo`lida chovli,
Norin solib turgan ekan shoshib, hovliqib.

Har gal shunday qaylarnidir kezib kelaman,
Munisginam har safar ham bir ish bilan band.
Qo`li tegmas qo`liga hech, hayron bo`laman,
Qaydan ekan onamdagi shunchalik g`ayrat?

Onajonim, onajonim, bir dam o`tir yonimda,
Norinni qo`y, qo`ni-qo`shni emas gapir o`zingdan.
Onajonim, onajonim, ichikibsan, sog`inibsan,
Hammasini o`qib oldim shundoqqina ko`zingdan.


Onajonim, onajonim, tin olgin biroz,
Mayli, shu on yumushlaring bitmay ham qolsin.
Turma faqat, ishim ko`p deb qilma e’tiroz,
Ko`zlaringning ziyosiga toy bolang qonsin. (x2)

Ayvon sari yetaklaydi so`rab hol-ahvol,
Par yostiqlar qo`yar, to`shar yangi ko`rpacha.
Orom olib bir ozgina, uxlab olaqol,
Norinim ham tayyor bo`lar sen turgungacha.

O`zing o`tir onajonim, norining keyin,
Qo`ni-qo`shni emas, gapir avval o`zingdan.
Ichikibsan, sog`inibsan, yana ne deyin?
Hammasini o`qib oldim shundoq ko`zingdan.

Orom na der, bildingmi sen farog`at nedir?
Nedir beg`am bo Xudo deb yonboshlab yotish?
Yumushlaring zanjiridan chiqib besabr,
Ovsin, ajam, qo`shnilarga biroz gap sotish.

Onajonim, onajonim, bir dam o`tir yonimda,
Norinni qo`y, qo`ni-qo`shni emas gapir o`zingdan.
Onajonim, onajonim, ichikibsan, sog`inibsan,
Hammasini o`qib oldim shundoqqina ko`zingdan.

Onajonim, onajonim, tin olgin biroz,
Mayli, shu on yumushlaring bitmay ham qolsin.
Turma faqat, ishim ko`p deb qilma e’tiroz,
Ko`zlaringning ziyosiga toy bolang qonsin.

Shohruhxon - Begonam

Begonam, ko‘zlaring buncha nam? Begonam, ne sabab yuzda g‘am, ayt bu dam? Menmasmi senga kam, begonam? Begonam, aylanar bu olam, begonam, Yetmagay hech nolam, men uchun Bilsayding, sen ham kam, begonam....

Kaniza - Ketaman

(Yorim ketaman deydi, Ketgizgani qo’ymayman. Yo’llariga chim bosib, dod, O’tkizgani qo’ymayman-ey.)...

Ulug'bek Rahmatullaev feat. Rayhon - O’qilmagan kitob

[Rayhon]  Bag’ishladim hayotimni  Izhor aylab his-tuyg’ularimni,  Yengolmadim sog’inchimni,...

Botir Qodirov - Xoji onam

Duo qilib tinmagan, bu dunyoda bir donam, Tangrim suyib, siylagan, xoji onam, boy onam. (x2) Osmonimda oy onam, mehri buloq, soy onam, Baxtimga ming yil yashang, xoji onam, boy onam. (x2)...

Abdurashid Yo'ldoshev - Muhabbatmikan

Boshimga tushdi savdo, Muhabbatmikan, o muhabbatmikan? Bir qarashda ming ma’no, Muhabbatmikan, o muhabbatmikan? (x2)...

Xamdam Sobirov - Baxtli bo’lolmadik

Biz baxtli bo‘lolmadik, ayt ne sabab? Gap-so‘zlardan yo qocholmadik, ayt kim sabab? Biz baxtli bo‘lolmadik, ayt ne sabab? Yolg‘onlardan biz o‘tolmadik, ayt kim sabab?...

Yulduz Usmonova - Daydi yorim

Daydi yorim bor mani, Unga dilim zor mani. Yonimda yurgan payti-yey Har kunim bahor mani. (x2)...

Dildora Niyozova - Sog’inganlarim

Sizga bo‘lsin navoyu-nazm, Sizni eslab ovunganlarim, Boshim yerga tekkuncha ta’zim, Sizsiz ekan bu ko‘nglim yarim, Mening aziz sog‘inganlarim....

Radius 21 - Qora Bumer

Hayotda og`irni ham, yengilni ham ko`rganman, Shum bola bo`lib men, Chorsuda katta bo`lganman. Chiroylimasman, kelishmagan qaddu-qomadim, Qizlarga ne sababdan yoqaman men bilmadim....

Yulduz Turdiyeva - Topa olmaymiz

Qadriga yeting bo`lsa akangiz, Qo`lini tuting bo`lsa ukangiz. Bir kuni qurisa mador tinkangiz, Begonalar tomon chopa olmaymiz, Ulardan boshqani topa olmaymiz....

Fikr qo'shish