BotirBek - Tikon
BotirBek - Tikon Текст песни
O`zim hayron holimga bugun,
Esar bo`ron dilimda bugun.
Chiqib qoldi nigohi chaqmoq,
Ko`zi jayron yo`limda bugun.
Yuzi go`zal, kulgichi gulni,
Ko`rdim kulsa tishlari durni,
Tushmi ro`yo bilolmay qoldim,
Ko`rdim go`yo parini, hurni.
Tikon-tikon sanchilar yomon,
Xasta jonni qo`yarmu omon?
Qayda yorim manzili, ayting,
Sevgim aytay topganim zamon.
Dilni tirnar tikoni ishqni,
Sevib qoldim notanish qizni.
Yana qachon shafqatsiz hayot
Qaysi yo`lda uchratmish bizni?
Yorni qo`msab bog`larni kezdim,
Ilinj izlab tog`larni buzdim.
Bormi menday bechora oshiq?
Sog`inch sabab daryoda suzdim.
Dildan chaqar ilonday tikon,
Menga sochar qahrini hijron.
Izlab yurgan yorini qaydan
Abbos Afzun topadi qachon?
Tikon-tikon sanchilar yomon,
Xasta jonni qo`yarmu omon?
Qayda yorim manzili, ayting,
Sevgim aytay topganim zamon.
Dilni tirnar tikoni ishqni,
Sevib qoldim notanish qizni.
Yana qachon shafqatsiz hayot
Qaysi yo`lda uchratmish bizni?
Tikon-tikon sanchilar yomon,
Xasta jonni qo`yarmu omon?
Qayda yorim manzili, ayting,
Sevgim aytay topganim zamon.