Ummon guruhi - So’nggi bor

Ummon guruhi - So’nggi bor
Ummon guruhi - So’nggi bor

Ummon guruhi - So’nggi bor Текст песни


Jonimni so`ragin, men beray,
Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab.
Jonimni so`ragin, men beray,
Ammo sen ketmagin, meni yolg`iz tashlab.

So`nggi bor, so`nggi iltimos,
Ket, qaytma, eslama biroz.
Yuragim tilkalayverma,
Dardimga dard qo`shib yana.

Endi bu sevgidan emas,
Nafratdan olamiz nafas.
Afsus, biz endi do`st emas,
Sensizman, atrofim qafas.

Qalbimni dard qiynayverar,
Sen yo`qliging sababmi bu?
Yuragimni ezaverar,
Mahzun tun qandaydir qayg`u.


Dardingga dard qo`shaverar,
Yolg`izlik seni yeb borar.
Eslayman so`nggi so`zlaring,
Yuragimni ezaverar.

Jonimni so`ragin, men beray,
Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab.
Jonimni so`ragin, men beray,
Ammo sen ketmagin, meni yolg`iz tashlab.

Ha, menga oson emas, sen kabi bo`lolmadim,
Sevgimizni senchalik oson unutolmadim.
Bu yolg`on ko`zlaringda o`zimni topolmadim,
Urundim, unutdim, lekin voz kecholmadim.

Kunmi, tunmi farqi yo`q – sensiz onim bemazmun,
Bir kun ayriliq dardi tubsiz ummondek uzun.
Ko`zlaringda g`arq bo`lgan o`zligimni sen qaytar,
Kezaman telbadayin bu dunyoda darbadar.

Yurak der: “unut uni”,
Qalbim lek eslar uni. (x2)

Jonimni so`ragin, men beray,
Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab.
Jonimni so`ragin, men beray,
Ammo sen ketmagin meni yolg`iz tashlab.

Jonimni so`ragin, men beray,
Ammo sen kechmagin, yuragim parchalab.

Jasur Umirov - Xo’rlandi yurak

Xo`rlandi yurak, seni unutolmayman, Senga bo`lgan sevgim yashirolmayman. Nahot menday sen ham tan ololmaysan? Muzladi yurak, muzladi yurak....

Afruz guruhi - Dam bu dam

Qora ko`zim bor edi mani, Chindan mani sevar edi. Yulduz bo`lib chaqini-chaqini, Yonginamda yonar edi. (x2)...

Manzura - Kelin

Oppoq libos yaltiraydi, Ikki qo’lim qaltiraydi, Yonimdagi baxtli yigit Sevolmayman – hech bilmaydi....

Kumush Razzoqova - Siz yoqqansiz

Siz yoqqansiz menga hamisha, Faqat buni etmovdim oshkor. O’ylovdimki, yurak topishar Bizdan ketgach sabru ixtiyor....

Manzura - Soxta tuyg’u

Soxta tuyg’uga mahbus bo’lma, Unut sarob singari, Baxting u emas, afsus qilma, Intil sof sevgi sari!...

Nilufar Usmonova - Ey bola

Ortimdan bir yigitcha kuzatib yurar, Nigohlarin o’qdek qadab menga. Hayolida meni o’ylab, keyin izhorini so’ylab, Hatto gul ham taqdim etdi menga....

Gulinur - Onam o’ynasin

Jonimga jon, mehribon onam o‘ynasin, Ko‘nglini qilib osmon, onam o‘ynasin. (x2) Mehri bir daryo, o‘zi bir dunyo, Ko‘zimga ziyo, onam o‘ynasin. (x2) Jonimga jon, mehribon onam o‘ynasin, Ko‘nglini qilib osmon, onam o‘ynasin. (x2)...

Ummon - Qiynama yuragimni

Ko`zlaring qarosi qiladi mani mast, San mani jonim, jonim, janonam. Bunchalar shirin qilasan san araz, San mani yorim, yorim, yagonam....

Ulug'bek Rahmatullayev - Dadamga ichirmanglar

Men uchun dunyoda eng achinarli holat yoki manzara bu oyog‘ida tura olmaydigan mast otaning yonidagi o‘spirin o‘g‘li goh yiqilib, goh yelkalab, goh yig‘lab, uyalib, sudrab uyiga olib ketayotganidir....

Ozodbek Nazarbekov & Lola - Qo’lingda imkon

[Ozodbek Nazarbekov] Agar bo`lay desang munosib avlod, Zurriyodi bo`lsang qutlug` ajdodning, Ilmla dunyoda zafarlar quchgin, Past-balandi ko`pdir shirin hayotning....

Fikr qo'shish