Bahodir Mamajonov - Allaqachonlar

Bahodir Mamajonov - Allaqachonlar
Bahodir Mamajonov - Allaqachonlar

Bahodir Mamajonov - Allaqachonlar Текст песни


Eh, umr oqar daryo deganlarini vaqti yetibgina anglaymiz. Sochga qirov qo`nganda bolalikdagi bolalarcha beg`ubor muhabbatimizni eslab qolamiz.
Sevib, ismini daraxtga o`yib yozganimiz o`sha chiroyli qiz – hozir yuzlariga ajin tushgan ayol, bir etak bolasi bor. Endi unga muhabbat ertak, endi unga muhabbat ermak.
Bolalik uzoqqa cho`zilgan shirin tushga o`xshaydi. O`zim yupun, lekin bag`ir butun edi. Yosh edim – olov edim. Yonimda akam – yelkalari tog`day, xushsurat akam.
Ko`rsam ko`ngil, quchsam bag`ir to`lardi. Menga suyanch, menga ishoch, menga dalda bo`lgan mehribon akam hozir o`zi dalda-yu mehrga muhtoj.

Uzoq yo`l yurgan yo`lovchi horib bir joyda to`xtaydi. Bir borajak manziliga qarasa, bir bosib o`tgan yo`liga qaraydi. Sochdagi oq – armonlarmasmikan-a?..

Qachondir, qachondir bu yerdan, yuzim buribman,
Yuribman, yuribman tinmay yuribman.
Olisda holimni bilmay yuribman –
Menga yomon bo`libdi allaqachonlar!

***
Qachondir dovdirab yurgan qulunlar,
Quyoshni ilk bora ko`rgan qulunlar. (x2)
Tuyog`i chalmashib yurgan qulunlar
Uchqur saman bo`pti allaqachonlar. (x2)

O`h, o`h, o`h,
Uchqur saman bo`pti allaqachonlar. (x2)

Qachondir osmonni ag`darardi ham,
Dimog`im achishdi, ko`zga keldi nam: (x2)
Meni yelkasida ko`targan akam –
Qaddi kamon bo`pti allaqachonlar. (x2)

O`h, o`h, o`h,
Qaddi kamon bo`pti allaqachonlar. (x2)

Qachondir yuzida ko`rgandim yulduz,
Yuzi olma kabi tarang va qirmiz. (x2)
Menga ro`molchalar bergan o`sha qiz –
Rangi somon bo`pti allaqachonlar. (x2)

Meni yelkasida ko`targan akam –
Qaddi kamon bo`pti allaqachonlar. (x2)

Qaddi kamon bo`pti allaqachonlar… {x2}

Shuhrat Yo'ldoshev - Me amore

Ey sochi uzun, soching ortiga bekinma, Vaslingni ko`rib, dardu alamni unutay. Parvona dilim senday go`zalni topmadi, Uyalma qarab, ey kokillari favvora....

Anvar Sanayev - Chin oshiqlar

Chin oshiqlar yolg’ondan Qasamlar ichmaydilar. Kechishi mumkin jondan, Sevgidan kechmaydilar. (x2)...

G'ulomjon Yoqubov - San keragimsan

Mani rom ayladi so‘z demay qarashlaring, Yulduzlar orasida oy bo‘lib yarashganing. Rohati jon erur sani bir kaloming, Mani band ayladi toabad jamoling....

Alisher Mambetov - Yodimda shu yodimda

Manga berib qancha va’dalar, San boshqaning qo`lin ushlading. Sevaman deb aytib nechalar, San boshqaning ko`nglin xushlading. (x2)...

Kumush Razzoqova - Unutma meni

Sen ketarsan, jonginam, sen ketarsan, Olis yo’llar seni chorlar, chorlar zamon. Orzularing olamiga, yor, yetarsan, Men qolarman ko’zim giryon, dilda hijron....

Saidakbar Xolmatov - Layli

Sen ham mendek alamlarni yutmadingmi? Menga yana zarda qilib ketmadingmi? Shuncha kutgan yana biroz kutmadingmi, Layli, Layli?...

Bojalar guruhi - Go’zal

Erkatoyimning go`zal yuziga Havas qilar hattoki tundagi oy nurlari. Go`zalim yurib borgan yo`llardan Har qadamida yuz ochar jannatning gullari....

Alisher Fayz - Bilmadingizda

Dona-dona terdim aytar har so’zim, O’ziga yolvordim bersin deb to’zim. Oshiq deb sayladim o’zimni o’zimey, O’zi man kimligim bilmadingizda....

Ulug'bek Ismailov - Xayr

Bila olmadim, sevgi nima, Yetar yuragim yig’lama. O’tgan kunlarni so’rama, ou-ou. So’nar umidim, o’tar zamon,...

Hojiakbar Haydarov - Yur muhabbat

Oy yuzidan nur yog‘di sim-sim, Yur muhabbat, ketdik bu yerdan. Shirin tushlar ko‘rsin sevgilim, Yur muhabbat, ketdik bu yerdan....

Fikr qo'shish