Ilhom Ibrohimov - Baxt bo’lsa bo’ldi

Ilhom Ibrohimov - Baxt bo’lsa bo’ldi
Ilhom Ibrohimov - Baxt bo’lsa bo’ldi

Ilhom Ibrohimov - Baxt bo’lsa bo’ldi Текст песни


Gap-so`zlardan to`ydik ikkimiz,
To`yib ketdik mayda gaplardan.
Parvo qilma bunga, sevgimiz
G`uncha yozib bo`lgan qalblarda. (x2)

Odamlarga gap bo`lsa bo`ldi,
Sen-u menga baxt bo`lsa bo`ldi. (x2)

Mayda gaplar misoli ko`lmak,
Ko`lmaklardan xatlab o`tamiz.
Tole’ uchun kurashmoq kerak,
Bu kurashda bizlar yutamiz.

Mish-mishchiga gap bo`lsa bo`ldi,
Sen-u menga baxt bo`lsa bo`ldi. (x2)

Kel, kelaver qoshimga, dilbar,
Gul-gul yonib, qulochlaring yoz.
Hayot bizga berilgan bir bog`,
Yoshlik gashtin surmoq qanday soz.

Ig`vogarga gap bo`lsa bo`ldi,
Bizga esa baxt bo`lsa bo`ldi. (x2)

Sevaman de yana bir karra,
Sevaman deb kalomlar ayla.
Yor-yor bilan kelib uyimga,
Volidamga salomlar ayla.

Boshqalarga gap bo`lsa bo`ldi,
Ikkimizga baxt bo`lsa bo`ldi. (x2)

Har kim ichar suygan oshini –
Bu so`zlarni demish otalar.
Muhabbatni bilmagan asli
Sho`rpeshona deya atalar.

Sen-u menga baxt bo`lsa bo`ldi
Va ushbu baxt naqd bo`lsa bo`ldi. (x3)

Nilufar Saidova - Sahlolar kezgan

“Ado bo`ldim” deydiyo, hay yora jonim, “Gado bo`ldim”, deydiyo bechora jonim. (x2) Sahrolar kezgan o`sha, hay yora jonim, Majnunim bo`lgan o`sha, voy, devona jonim. {x2}...

Tohir Sodiqov - Sevaman

Necha bor sevmayman deb men o’zimga, Shuncha bor adashdim boqib ko’zingga. Yana sen, yana sening vasling aqlu-xayolimda, Sen o’chmas yagona mavzuyimsan umrimda....

Doston Ubaydullayev - Dardim tinglamading

Tunlar ko‘zimni yumsam, Tonggacha xayolimdasan. Ammo kelasan qachon, Mani yonimga san? (x2)...

Tohir Sodiqov - Sening ko’zlaring

Ko’zlarimni uzolmayman sendan, Nima qilay, nima qilay? Sirlarimni aytolmayman senga, Nima qilay, nima qilay?...

Alisher Zokirov - Mayli

Jarga qulatma, jonim, sevgi begunoh, Oy yuzingdan judo qilma, so`zim begunoh. Visolingdan mahrum qilma, ko`zim begunoh, So`nggi bora uchrashib, mayli vidolashaylik. (x2)...

O'lmas Olloberganov - Yomon bo’ldim

Kuyladim, baxshi bo`ldim, Davralar naqshi bo`ldim. Hammaga yaxshi bo`ldim, Yomon bo`ldim yor uchun-ey. (x2)...

Abdulla Qurbonov - Do’st

Do‘st asqotar bosh bukilsa kulfatlardan, Kulfatlarni topar odam ulfatlardan. (x2) Sen do‘st qidir, ulfatga ko‘p ishonmagin, Saqlan o‘zi shayton odamsifatlardan. (x2)...

Dildora Niyozova - Kelin

To’ydan uch kun o’tiboq, Boshlanadi hammasi, Hayot ekan ko’ramiz, Turmush degan tamg’asin. (x2)...

Shohjahon Jo'raev - Tazarru

Kimdir mehrga zor, beg`ussadir kim, Kimdir nafs ilkida bandi-qo`g`irchoq. Shoxidan uzilib to`kilarkan jim, Havoda omonat titraydi yaproq, titraydi yaproq....

Bojalar guruhi - Jiyda gullaganda

Erta bahor yomg’irlar yog’ganda, Ko’cha atrof gullar bilan to’lganda, Ertalabdan magazindan qaytarman, Kecha yozgan ashulamni aytarman....

Fikr qo'shish