Ilhom Ibrohimov - Baxt bo’lsa bo’ldi

Ilhom Ibrohimov - Baxt bo’lsa bo’ldi
Ilhom Ibrohimov - Baxt bo’lsa bo’ldi

Ilhom Ibrohimov - Baxt bo’lsa bo’ldi Текст песни

Gap-so`zlardan to`ydik ikkimiz,
To`yib ketdik mayda gaplardan.
Parvo qilma bunga, sevgimiz
G`uncha yozib bo`lgan qalblarda. (x2)

Odamlarga gap bo`lsa bo`ldi,
Sen-u menga baxt bo`lsa bo`ldi. (x2)

Mayda gaplar misoli ko`lmak,
Ko`lmaklardan xatlab o`tamiz.
Tole’ uchun kurashmoq kerak,
Bu kurashda bizlar yutamiz.

Mish-mishchiga gap bo`lsa bo`ldi,
Sen-u menga baxt bo`lsa bo`ldi. (x2)

Kel, kelaver qoshimga, dilbar,
Gul-gul yonib, qulochlaring yoz.
Hayot bizga berilgan bir bog`,
Yoshlik gashtin surmoq qanday soz.

Ig`vogarga gap bo`lsa bo`ldi,
Bizga esa baxt bo`lsa bo`ldi. (x2)

Sevaman de yana bir karra,
Sevaman deb kalomlar ayla.
Yor-yor bilan kelib uyimga,
Volidamga salomlar ayla.

Boshqalarga gap bo`lsa bo`ldi,
Ikkimizga baxt bo`lsa bo`ldi. (x2)

Har kim ichar suygan oshini –
Bu so`zlarni demish otalar.
Muhabbatni bilmagan asli
Sho`rpeshona deya atalar.

Sen-u menga baxt bo`lsa bo`ldi
Va ushbu baxt naqd bo`lsa bo`ldi. (x3)

Fikr qo'shish