Zohirshoh Jo'rayev - Yig’layverma

Zohirshoh Jo'rayev - Yig’layverma
Zohirshoh Jo'rayev - Yig’layverma

Zohirshoh Jo'rayev - Yig’layverma Текст песни

Yig`layverma, yoshing art,
Qiynab ezar dard, hasrat. (x2)
Baxtingni o`ylab albat,
Bir kuni otang kelar,
Bir kuni onang kelar. (x2)

Yig`layverma, yig`layverma.

Dilni azobdan qutqar,
Qalbingni darddan ko`tar.
Yig`lama, bolajon, yetar, {x2}
Bir kuni otang kelar,
Bir kuni onang kelar.

Yig`layverma, yig`layverma. {x2}

Ayriliqda qiynalib,
Yurma g`amga iymanib,
Ishon, yig`lab, yolvorib
Bir kuni otang kelar,
Bir kuni onang kelar.

Mehrga tashna murg`ak
Baxtni his etmas go`dak,
Bu kunlaring bir ertak,
Bir kuni otang kelar,
Bir kuni onang kelar.

Yig`layverma, yig`layverma. {x2}

Yurak-bag`ring bo`lib qon,
Ayriliqdan dil giryon.
Qadringni bilib, ishon,
Bir kuni otang kelar,
Bir kuni onang kelar.

O`pib ko`z-u qoshingdan,
Silab asta boshingdan,
Faqat ishongin rostdan –
Bir kuni otang kelar,
Bir kuni onang kelar.

Yetimmassan, kuyinma,
Yo`q mehrni hech kutma.
Bolaginam unutma:
Vatan otang bo`lar,
Vatan onang bo`lar.

Bolaginam unutma:
Vatan otang bo`lar,
Vatan onang bo`lar.

Yig`layverma, yig`layverma. {x2}

Fikr qo'shish