Yulduz Usmonova - Bahorim bahor

Yulduz Usmonova - Bahorim bahor
Yulduz Usmonova - Bahorim bahor

Yulduz Usmonova - Bahorim bahor Текст песни

Ko`ngil bahorga talpinib,
Bahor chiqmas qor ustina.
Qarg`azorlar qor qo`ynida,
Tosh otur bahor ustina.

Boychechakni boylashganmi,
Sog`inch chuqurzor ustina.
Ko`klam kelib kurtak kulsa,
Nur yopur chinor ustina.

Bahor, bahor, bahorim bahor,
Bahor, bahorim, bahorim.
Bahor mening kutgan bahorim,
Bahor, bahor, bahorim.

Maysalar ham olqish aytur,
Mard chiqsa tulpor ustina.
Sabr ahli sulton bo`lur,
Rost kelsa imkon ustina.

Yulduzlarning yog`dulari
To`kilmish bedor ustina.
Xudo umr bersa, Yulduz
Kuy sochur bahor ustina.

Bahor, bahorim, bahorim, bahor,
Bahor, sevgilim, bahorim.
Bahor, bahorim, yolg`izim bahor,
Bahor, bahorim, bahorim.

Bahor, bahorim, bahorim, bahor,
Mening sevgilim – bahorim.
Bahor, bahorim, bahorim, bahor,
Mening sevgilim – bahorim.

Bahor, bahorim, bahorim, bahorim,
Meningdirsan bahorim, bahorim…

Fikr qo'shish