Shoxrux va Timur – Bexabar

Shoxrux va Timur – Bexabar
Shoxrux va Timur – Bexabar

Shoxrux va Timur – Bexabar Текст песни


[Timur]
Yurak qo`msab seni sog`inar,
Bexabarsan, bexabar.
Balki sen ham o`ylab yig`laysan,
Bexabarman, bexabar. (x2)

[Shoxrux]
A, bexabar…
Qaylardasan – bu man uchun mavhum,
Qaylardaman – qizig`i yo`q san uchun.
Balki izlagansan, balki sog`ingansan,
Kechalari yig`lagandirsan balki yum-yum.

Yana bir zum bu qora tun,
Ko`zlaring qorasini sog`indim axir, tushun.
Beparvo bo`lmoqlikka qilaman ko`plab harakat,
Ko`zguga termulganda ko`raman ko`zimda nafrat.

Bu na jazo a, manzilimga ko`ndalang?
Bemorlikka tik bordim, izg`irinda boshyalang.
Yuragim parcha-parcha muz, bir parcha muz,
Go`yo kimdir gapirganday: “umidingni uz”.

Tutma oson, dardim doston,
Uning rasmini chiz menga, tiniq osmon.
Nozik gulim gapir, ayriliqqa ne sabab?
Qo`lingdan kelsa qutqar, sabrim bormoqda tugab.

[Timur]
Yurak qo`msab seni sog`inar,
Bexabarsan, bexabar.
Balki sen ham o`ylab yig`laysan,
Bexabarman, bexabar. (x2)

[Shoxrux]
Manzilning oxiri yo`q, tubsiz jarlik,
Yupatish o`rniga qildim o`jarlik.
Eh, bu xudbinlik, o`zimman ahmoq,
Qo`lingdan tutganimda bo`lardik baxtliroq.

Shoshma bir zum, aybdor o`zim,
Shu so`zlarni gapirmay qanday turoldim jim?
Ko`zlaring yo`limdami, kezaman darbadar bo`lib,
Ko`zlarim yo`lingda, sog`indim naqadar, jonim.

Bunda jazo, bo`ldima naqadar darbadar,
Ayriliq azobidan yuragim kesadi xanjar.
Har nafasda she’r bitaman go`yo qalandar,
Yodimdagi tasviring man uchun mo`tabar.

Yetmas sabr, bu dard og`ir,
Yo`llarimda qopqon, har bir manzilim zanjir.
Nozik gulim gapir, ayriliqqa ne sabab?
Qo`lingdan kelsa qutqar, umrim o`tmoqda qo`msab.

[Timur]
Yurak qo`msab seni sog`inar,
Bexabarsan, bexabar.
Balki sen ham o`ylab yig`laysan,
Bexabarman, bexabar. (x3)

[Shoxrux]
Bexabar…

Shoxrux - Balandda

(Yiqilasan-o bo’ldi,  Hammalar bilan, dordan ham baland,  Sakrama yo, yiqilasano bo’ldi.  Shoha keldi, Shoha keldi) Yaxshi niyat, yaxshi niyat,  Yarim mol....

Azim Mullaxonov - Bu dutor

Bu dutor o‘zgarmagan, ammo sadosi o‘zgacha, {x2} G‘uncha gul ochilmagan husni, jilosi o‘zgacha. {x2} Bilmadim, yor ko‘nglida ne muddaosi bor ekan? {x2} Orttirar hasratlarim, nozu-firoqi o‘zgacha. {x2}...

Jasur Umirov - Taqdirim shu ekan

Ko’chada yurolmadim boshimni xam qilib,  Ezilgan yurakkinam o’zim bilan kulib.  Hech bardosh berolmayin ezildi bu yurak,  Sevgimga yetolmadim, taqdirim shu ekan. (x2)...

Via Marokand & Bojalar guruhi - Tanimadingmi

[VIA Marokand] Ko`chamning boshida bitta bola bor, Ismi Jahon, jonimga tegdi, ey jonimga tegdi. Kinoda o`ynaganman deydi, Ashula aytganman deydi. Tanimadim!...

Dildora Niyozova - Va’da berdi

Va’da berdi bir yor manga, yolg’on ekan-ku, {x2}  Va’dasinda turmay yurgan janon ekan-ku,  Va’dasinda turmay yurgan nodon ekan-ku.  Soy bo’yida uchrab, manga qoshin qiymirdi, {x2}...

Xamdam Sobirov - Yor-yor

Bilmam nechun yurak bo‘ysunmayapti, yo‘q-yo‘q, To‘xtab-to‘xtab uraverar, tanam qizib ketaverar. Esgan shamol endi esmaydi, yo‘q-yo‘q, Yomg‘ir, do‘llar yog‘averar, tanam sovib ketaverar....

Ulug'bek Ismailov - Guli

Guli, guli, Guli, guli. Harakatda kamina, Ne hol, ne ko’ylarda, Seni esa ishing yo’q, Bilmayman nega? “So’ra bormu muammo,...

Radius 21 - Mag’rur

Tovba, bizga nima bo`lgan? Doim urushganimiz-urushgan. Go`zalim, xato qilmaylik, Eshik ortida baxtsizlik....

Tamila - Kel ayama

Yor bilasan, yorim bilasan-ey, Qora ko’zli shirin zaboning, Nozanin, ofatijoning, Sen deb giryon bir donangman....

Malika Egamberdiyeva feat. Davron Ergashev - Omon yor

Tog’da bordir do’lana, Bog’da bor bir bedana. Jizzax yigitlaridek Mardlar qayda bor yana?...

Fikr qo'shish