UZmir - Achinmading

UZmir - Achinmading
UZmir - Achinmading

UZmir - Achinmading Текст песни


Jonimni berdim joningga,
Aytgin, tegdimmu joningga?
Achinmading hech sen mening holimga. (x2)

Bilmading, jonim, bu holimni,
Sanga bemor yuragim, sezmading zorimni.
Go`zalim, bu yuragim yarmi,
Sen bilan ketgandi jonim, yuragim yarmi.

Qolib ketarman yuraksiz bir bemordek,
Ko`rinmas bir havodek, aqldan ozgan telbadek.
Olib ketarman o`zim bilan yuragim,
Senga bo`lmadimi jonim, keragim?
Nega o`yin qilding jonim, yuragim?

Jonimni berdim joningga,
Aytgin, tegdimmu joningga?
Achinmading hech sen mening holimga. (x2)

Oramizda yana tuyg`ularga joy qomadimi, qani gapir,

Foydasi yo`q deb kim aytdi, qani ayt manga, o`zi bu kimning gapi?
O`sha tanlagan yo`lingda ketaverding, qaramasdan manga bir bora,
Sovigan dil, haliyam sevgim dilda bor-a.

Yana o`sha g`ururimdan boshqasi manga dalda bo`lmadi,
Yuragim sansiz bemor, xuddi jonsiz yotadi komada.
Yetardi manga sandagi sevgi, lekin yuragim charchadi, yor,
Hammasidan kechib ketgan eding, afsuski tuyg`ular tugadi, yor.

Afsusdan foyda yo`q, intilma, bo`ldi chekin,
Oradan vaqt o`tib, qadring bo`lib ketdi tekin.
Unutilib bo`lgansan, lekin judayam sekin,
Endi mani qalbimgamas, o`zga qalbiga berkin.

Afsuski, tuyg`ulardan bir umrga kechaman,
Ha, rostdan sevgan edim sani, jonim, kechaman!
A bugun yuragimda qolmadi o`sha tuyg`u,
Tunlari bedorman, kelmaydi ko`zga uyqu.

Endi butunlay, umuman o`ylamayman seni,
Mayli butunlay, umuman o`ylamagin meni.
Qalbimda azoblar bilan,
Qolib ketdim sen bergan azoblar bilan.

Jonimni berdim joningga,
Aytgin, tegdimmu joningga?
Achinmading hech sen mening holimga. (x2)

Achinmading… Achinmading holimga…

Abduvali Rajabov - Mayli-mayli

Har gal seni ko’rsam,  Yana dilga shirin hislar quyilar,  Hayot davomi sen bilan, sen bilan.  Ketma yonimdan,...

Alisher Uzoqov - Oshno

Sen zolim bo`lmasang, Men zolim bo`lmasam, Sen tomondaman, men tomonda bo`l, Ayriliq yomondir, jonim....

Bojalar guruhi - Hech kim senga o’xshamas

Atirgul sochdim jonim, bog’u dilingga,  Hirom aylagan shirin so’zlar qalbingga.  Hey, bir shirin so’zing eshitolmadim dilingdan,  Tillo uzuk taqib jonim, ketding o’zga uyingga....

Yulduz Usmonova - Dona

Sevgan go`zal emasdir, Sevilgan go`zal derlar. Muhabbat oxiri yo`q, Jannatiy go`zal derlar....

Bahrom Nazarov - Farg’onada bittagina

Sen kabi qomati raso Farg`onada bittagina, {x2} Men kabi qaddingga ado Farg`onada bittagina. {x2} Sen kabi diydori tabib, nozi shifo qayda yana? {x2} Men kabi dardi bedavo Farg`onada bittagina. {x2}...

Ravshan Sobirov - Sog’indim de

Qayda qoldi aytgan so`zlarim? Endi seni kutmas ko`zlarim. Baxtli edim sen bilan birga, Afsus sensiz o`tgan yillarim. Yolg`ondan meni xursand qilgin, Uzoqdan bir bor sado bergin....

Vohid Abdulhakim - Ming yil

Hayratdan tosh qotgan oq qorlar guvoh, Tog’larga to’sh urgan oq qorlar guvoh, Kechikib kelguvchi bahorlar guvoh, Kelar yo’lingizni poyladim ming yil....

Mango guruhi - Layli

Layli-Layli, Layli-Layli, Mayli-mayli, mayli-mayli. Jononim, dil ozorim, zebuzaringdan Man akang, man akang, le-leley, ley-leley....

Umidjon Yo'ldoshev - Birinchi muhabbatim

Osmondagi yulduzni ko`rib, Muhabbatim, yodimga tushding. (x2) Yana esga tush, muhabbatim, Birinchi muhabbatim. (x2)...

Shohjahon Jo'rayev - Keraksan menga

Gumonda yonmasin aslo xayoling, Ko‘ksimdagi urgan yuraksan menga. Zarurdan ham zarur har dam visoling, Keragidan ortiq keraksan menga. (x2)...

Fikr qo'shish