Yalpizning shifobaxsh hususiyatlari haqida

Yalpizning shifobaxsh hususiyatlari haqida
Yalpizning shifobaxsh hususiyatlari haqida


Hammamizga yaxshi tanish bo’lgan yalpizni pazandachilikda, salatlar tayyorlashda va ovqatlarga qo’shimcha maza hamda ta’m berishda ishlatamiz. Lekin uning shifobaxsh hususiyatlarini ko’pchilik ham bilavermaydi. Masalan, yalpizli saqich (jevachka) chaynaganda odamning asabi ancha tinchlanishini bilasizmi yoki ushbu o’simlik ekstrakti terini tiniqlashtirishi haqidachi? Quyida yalpizni ming dardga davo hususiyatlari haqida ma’lumotlar beramiz.

Tashqi tomondan
Yuzni qisqa fursatda yaxshi holatga keltirish uchun yalpizli muzdan foydalaning: bir bog’lam yalpizni bir stakan suvda qaynatib oling va 15-20 daqiqa damlab qo’ying. So’ngra maxsus qoliplarga quyib muzlating.

Efir moyi qo’shib tayyorlangan yalpizli vosita teri yallig’lanishiga qarshi qo’llanadi va yuz terisini tiniqlashtirib, tonusini oshiradi.

Bosh og’rig’i, loxaslik yoki tonus yo’qolishida 1-2 tomchi yalpiz efir moyini chakkangizga surting va singib ketguniga qadar uqalang.

Yalpizli efir moyi yordamida amalga oshirilgan issiq ingalyatsiya tumovning ilk bosqichlaridayoq undan qutulishga yordam beradi.
Yalpiz moyi qichishish, achishish, qizarish va hasharotlar chaqqan yerlardagi shishlarni bartaraf etadi.

Yalpiz ekstrakti antibakterial hususiyatga ega bo’lib, og’iz bo’shlig’i parvarishiga oid vositalar tarkibiga kiradi (og’izni chayish uchun vosita). Undan kundalik foydalanish milklar yallig’lanishi va og’iz bo’shlig’idagi yoqimsiz hiddan halos etadi.
Yalpiz ekstrakti oyoq parvarishiga mo’ljallangan krem va antiperspirantlarning asosiy tarkiblaridan biri hisoblanadi. U oyoqlarga soflik baxsh etib, qon aylanishini me’yorga tushiradi va ko’p miqdorda ter ajralishiga qarshi kurashadi.

Yalpizli hammom revmatizm kasalligida tavsiya etiladi. 200 gr yalpiz ustiga 3 litr suv quyib qaynatiladi va vannaga quyiladi. Qabul qilish vaqti 20-25 daqiqani tashkil etishi lozim.
Ichki tomondan
Tarkibidagi dubil moddalari sharofati bilan yalpiz antitoksik hususiyatga ega. Zaharlanish holatlarida 2 oshqoshiq maydalangan yalpiz barglariga bir stakan qaynatilgan suv quyiladi va sovitiladi. Qaynatmani kuniga 2-3 marotaba ovqat vaqtida ichish tavsiya etiladi.

Yalpiz tarkibidagi mentol moddasi og’riq qoldiruvchi hususiyatga ega bo’lib, oshqozon og’rig’idan halos etadi.

Yalpizli choy xayz vaqtidagi og’riqlarni qoldirib, klimaks alomatlarini yengillashtiradi.

Yalpiz qaynatmasi ovqat xazm qilish jarayonini me’yorga keltiradi, gaz hosil bo’lishini bartaraf etib, ko’ngil aynishidan halos qiladi. Uni ovqatdan oldin1/3 stakandan iste’mol qiling.

Kuchli bosh og’rig’i va nevrologik kasalliklarda bir stakan sovuq suvga 20-25 tomchi yalpiz moyidan qo’shib ichish mumkin.

Qora choy xaqida siz bilmagan faktlar

Qora choy xaqida siz bilmagan faktlar Og'iz bo'shlig'ini tozalaydi Ilmiy tadqiqot hulosalariga ko'ra, qora choy tarkibidagi polifenollar og'iz bo'shlig'i kasalliklari, toshma va stomatit yaralaridan ximoya qiladi....

Soqol chiqarish usullari - vositalar, parvarish yo'llari va qoidalari

Soqol nafaqat erkaklikni ifodalaydi, balki shaxs urfda bo’lgan tendentsiyalardan xabardor ekanligini ham anglatadi. Quyida uy sharoitida soqol chiqarish uchun nima qilish kerakligi haqida batafsil....

Ozish sirlari - tez va oson ozish yo'llari, usullari va 55 foydali maslahat

Ozish sirlari talaygina, bunda asosan sog’likka zarar ko’rsatmasdan ozishga ko’proq e’tibor beriladi. Agar sizda ozish uchun aniq bir muddat bo’lmasa, sog’ligingizni yo’qotmasdan asta-sekin foydali odatlarni rivojlantirishingiz va vazningizni kamaytirishingiz mumkin. Ushbu maqolada 55 ta ozish sirlari keltirilgan, siz ular orasidan o’zingizga mos...

Kunjut 🌿

Kunjut 🌿  Uzoq yillardan beri oziq - ovqat sanoatida, hamda turli kasalliklarni davolashda qo'lanib kelinmoqda. Abu Ali ibn Sino - kunjut urug'i va moyi (yog'i ) teng miqdorda aralashtirib, 10 kun davomida astma kasalligida kuniga 3 maxal bir choy qoshiq miqdorida ovqatda yarim soat oldin ichib turishni tavsiya etgan...

Husnbuzarlarni uy sharoitida davolash usullari, niqoblar, vositalar, malhamlar

Har bir inson, jinsidan qat’iy nazar, husnbuzarlarni uy sharoitida davolash sirini bilishi kerak, ba’zan uni 1 kunda yo’qotish kerak bo’ladi. Chunki ko’pincha oldinda muhim uchrashuv yoki tadbir kutayotganda, bunday kutilmagan “mehmon” – husnbuzarlar toshadi. Ularni yo’q qilish uchun ko’maklashadigan ba’zi retsept va vositalar mavjud...

Uy sharoitida sochlarni bo'yash - tabiiy bo'yoqlar, sochni qoraytiruvchi vositalar

Uy sharoitida sochni tim qora qilib bo’yash uchun nima qilish kerak? Bu savol ko’pchilik tomonidan berilishi mumkin. Oqargan sochlarni bo’yash uchun basma va xinadan foydalansa bo’ladi. Sochlarni qora qilish uchun ularni basma va xina aralashmasi, agar yanada chiroyliroq rang hosil qilishni xohlasangiz, xina va qora qahva aralashmasi bilan bo’yash...

Tezda uyquga ketish - usullari, yaxshi va to'yib uxlash uchun tavsiyalar

Zamonaviy dunyoda uyqusizlik haqiqiy epidemiyaga aylandi — ko’pchilik «ofis hayoti»ga amal qiladi, gipodinamiya, axborotni ortiqchaligi, stress va ortqicha charchashdan aziyat chekadi. Qanday qilib uyquni normallashtirish va tongda dam olgan kishidek uyg’onish mumkin?...

SOG'LIK UChUN FOYDALI KO'KATLAR

SOG'LIK UChUN FOYDALI KO'KATLAR Ismaloq — ozuqaviy moddalarga boyligi bo'yicha oshko'klar ichida birinchi o'rinda turadi. Tarkibida A, V1, V2, V5, V6, V9, S, E, H, PP, K vitaminlari, temir, kal'ciy, magniy, natriy, fosfor, aminokislotalar va efir moyi mavjud. Ismaloq organizmni tiqinlardan tozalaydi. Ichak xamda qon tomirlari faoliyatini...

Jigarni yog'larni yuvadigan va tozalaydigan foydali 3 ta ichimliklar

Bizning tanamiz ovqat, ayniqsa tez tayyor bo’luvchi mahsulotlarini hazm qilish paytida stressga duch keladi......

Sepkillarni qanday yo'qotish mumkin - niqoblar, kremlar, kosmetologik muolajalar

Odatda bahor oylarida ayrim ayollarimiz sepkil toshishi va yuzdagi dog‘lar qoraya boshlaganidan shikoyat qilishadi. Yoshlikda paydo bo‘lgan sepkillarga vaqtida e’tibor berilmasa ko‘payib, rangi to‘qlashib boradi. “Sepkillarni yo’q qilish uchun nima qilish kerak”, deysizmi? Yaxshisi, sahifamizda berilgan maslahatlarimizga amal qiling....

Fikr qo'shish