C vitaminiga boy mandarinning foydali hususiyatlari

C vitaminiga boy mandarinning foydali hususiyatlari
C vitaminiga boy mandarinning foydali hususiyatlari


Mandarin ko’pchilik uchun eng sevimli sitrus meva hisoblanadi. Uning tarkibida juda ko’p miqdorda C vitamini (askorbin kislotasi) mavjud bo’lib, pektin moddalar, glikozid, mineral tuzlar, D, K, B1, B2 vitaminlari va efir moylariga boyligi bilan ajralib turadi.

Tarkibida ko’p miqdorda limon kislotasi bo’lgani tufayli, u o’zida nitratlar va boshqa zararli komponentlarni to’plamaydi.

Mandarin kuz-qish mavsumida organizm tomonidan yo’qotilgan vitominlarni tiklay oladi. U chanqoqni tez qondirib, tanani kerakli miqdordagi askorbin kislotasi bilan to’ldiradi, shamollash va isitmani tushirishda juda tez ta’sir etadi. 
Mandarin shamollashda qo’l keluvchi mikroblar bilan kurashish hususiyatiga ega. Po’sti yo’talni yengillashtirib, ovqatni tez hazm qilishga yordam beradi.

Ushbu sitrus meva shishlarga qarshi kurashib, tarkibidagi sinefrin bronxlar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

Mandarin iste’moli yurak kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytiradi, aterosklerozning oldini olib, tomir devorlarida xolesterin yig’ilib qolishiga to’sqinlik qiladi.

Mandarinni mag’zini o’rab turgan oq to’ri bilan birgalikda iste’mol qilish kerak, sababi, uning tarkibida yurak qon-tomir tizimini mustaxkamlovchi glikozidlar mavjud.
Mandarinlar antidepressantlar bilan a’lo darajada bellasha oladi. Uning sharbati, yoqimli olovrang tusi esa asab tizimini tinchlantirish va organizmning umumiy tonusni ko’tarish hususiyatiga ega.

Mandarinning po’sti pektin moddalari, efir moylari, organik kislotalar va flavonoidlarga juda boy. Biroq ayrim mandarin yetishtiruvchilar unga aynan po’sti orqali kimyoviy ishlov beradilar, hatto yaltirab turishi uchun mahsus mum sepish hollari ham uchrab turadi. Bunday mandarinlar po’stini iste’mol qilish salomatlik uchun katta havf tug’diradi.
Homiladorlikning ikkinchi uch oyligida aksariyat hollarda C vitamini yetishmovchiligi kuzatiladi. Ana shu vaqtda mandarin beminnat yordamchiga aylanishi mumkin. Biroq mandarin iste’moli bo’lajak ona va rivojlanayotgan bola uchun allergiya xavfini keltirib chiqarish ehtimolidan holi emas. Shu sabab, homilador ayol organizmi uchun o’ta zarur bo’lgan mandarin iste’moli me’yorini unutmaganlari ma’qul.

Yana bir narsani ham ta’kidlab o’tish kerakki, mandarin efir moyi bilan uqalash bo’lajak ona terisini turli yoqimsiz muammolardan halos etadi.

C vitaminiga boy mandarinning foydali hususiyatlari

Mandarin ko’pchilik uchun eng sevimli sitrus meva hisoblanadi. Uning tarkibida juda ko’p miqdorda C vitamini (askorbin kislotasi) mavjud bo’lib, pektin moddalar, glikozid, mineral tuzlar, D, K, B1, B2 vitaminlari va efir moylariga boyligi bilan ajralib turadi......

Ozish sirlari - tez va oson ozish yo'llari, usullari va 55 foydali maslahat

Ozish sirlari talaygina, bunda asosan sog’likka zarar ko’rsatmasdan ozishga ko’proq e’tibor beriladi. Agar sizda ozish uchun aniq bir muddat bo’lmasa, sog’ligingizni yo’qotmasdan asta-sekin foydali odatlarni rivojlantirishingiz va vazningizni kamaytirishingiz mumkin. Ushbu maqolada 55 ta ozish sirlari keltirilgan, siz ular orasidan o’zingizga mos...

Soqol chiqarish usullari - vositalar, parvarish yo'llari va qoidalari

Soqol nafaqat erkaklikni ifodalaydi, balki shaxs urfda bo’lgan tendentsiyalardan xabardor ekanligini ham anglatadi. Quyida uy sharoitida soqol chiqarish uchun nima qilish kerakligi haqida batafsil....

Xurmoning salomatlik uchun foydali jihatlari

Kuz ne'mati – xurmo tarkibidagi glyukoza va fruktoza kabi engil hazm bo'luvchi moddalarning ko'pligi tufayli uning ikki-uch donasi ham qorningizni to'ydirishi mumkin......

Shifobaxsh yog’lar- ular haqida nimalarni bilamiz?

“Sochlaringiz qalin bo’lishini istaysizmi, bodom yog’idan surting”, “qabziyat qiynaydi, zaytun yog’idan qabul qiling”. Bugun bu kabi tavsiyalar shu qadar ko’pki, qay biriga ishonishni ham bilmaysiz. Xo’sh, aslida ham qay bir yog’ foydaliroq? Qaysinisi nima uchun qo’llaniladi? Bu maqolamiz shu haqda....

Qonni suyultirish usullari - hayot tarzi bo'yicha 5 tavsiya, xalqona vositalar

Qon tananing ichki muhiti sifatida, butun organizm va to’qimalarning holati haqida ma’lumot olib, ularning uyg’un ishlashini ta’minlovchi birlashtiruvchi element hisoblanadi. Shuning uchun, qonning optimal suyuqlik va ivuvchanlikda – koagulyativ gomeostazda saqlash talab etiladi....

Xotirani mustahkamlash - usullari, kuchaytirish, yaxshilash va rivojlantirish sirlari

Xotira – inson asab tizimining eng muhim funktsiyalaridan biridir. Xotirani mustahkamlash ko’pchilikni qiziqtiradigan savoldir. Uning buzilishida inson hayoti davomida noquaylik sezadi va bu jiddiy nevrozlar, depressiyalarga olib keladi. Agar xotiraning buzilishi uzoq davom etsa, bu insonni mehnat qilish qobiliyatidan mahrum etib, nogironlikka...

Homiladorlik Paytida To‘g‘ri Ovqatlanish: Onalar Uchun Muhim Tavsiyalar

Homiladorlik davrida ayol kishi o‘zining va chaqalog‘ining sog‘lig‘ini saqlash uchun to‘g‘ri ovqatlanishga katta e’tibor qaratishi lozim. Sog‘lom ovqatlanish nafaqat ona, balki rivojlanayotgan chaqaloq uchun ham muhim ahamiyatga ega. Quyida homiladorlik paytida iste’mol qilish kerak bo‘lgan muhim mahsulotlar va ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar...

Qora choy xaqida siz bilmagan faktlar

Qora choy xaqida siz bilmagan faktlar Og'iz bo'shlig'ini tozalaydi Ilmiy tadqiqot hulosalariga ko'ra, qora choy tarkibidagi polifenollar og'iz bo'shlig'i kasalliklari, toshma va stomatit yaralaridan ximoya qiladi....

Koronavirus: Tajribali shifokordan 5 maslahat

Ko‘p yillardan beri Xitoydagi kasalxonalarning birida faoliyat yuritib keladigan va koronavirusning nimalarga qodir ekanligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan shifokor Yuriy Klimov mazkur holatni yengishdagi asosiy ikki tushuncha - vahima ko‘tarmaslik va o‘zingizni virusdan himoyalash uchun odatiy qoidalarga amal qilish kerakligini aytdi......

Izohlar 1

  1. Офлайн
    жумяз
    жумяз 4 января 2022 18:52
    Бош сохани шамоллашни давоси

Fikr qo'shish