Do'st haqida juda ajoyib she'r do'st haqida she'r

Do'st haqida juda ajoyib she'r


Do‘st, mening dunyomga kira ko‘rmagin,
Do‘zaxning o‘tida kuyib ketasan.
Men yurgan yo‘llardan yura ko‘rmagin,
Bir umr joningdan to‘yib o‘tasan.

Qismat itqitadi chilvir cho‘liga,
Uzlatga bandilar bo‘lib qolasan.
Yolg‘izoyoqlikning yolg‘iz yo‘liga,
Boshingni qo‘ygancha o‘lib qolasan.

Farishta degani boylarga boqar,
G‘arib-g‘uraboni ko‘zga ilmaydi.
Qalbingda kuldirgich bo‘lsa ham agar,
Ming chiranma, baxting kula bilmaydi.

Qabriston tarafga qaraysan ma’yus,
Shikasta joningga yantoq botadi.
Do‘pmaygan go‘r seni tan olmas, afsus,
Tosh qotgan tavbalar titrab ketadi.

Jon do‘st, yolvoraman, o‘z dunyongda qol,
Sen-da hashamatning da’vogarisan.
Besabr baxtingni bag‘ringga-da ol,
Sen menga do‘stsan, lek mendan narisan.

Bir kun keladi, bahtu omadim

Bir kun keladi, bahtu omadim, Bag'rimga bosib, boshin silayman. Menday o'zini ovutib yurgan, Musofir do'stimga sabr tilayman....

Pul topdiyu o'zgardi do'stim

Pul topdiyu o'zgardi do'stim So'rashadi qo'lin uchida Buni ko'rib o'zimga aytdim "Buning bari pulning kuchida"...

Baxtli kunimda baxtni baxam ko'radi

Baxtli kunimda baxtni baxam ko'radi. G'amgin kunimda g'amimga sherik bo'ladi Yig'lasa yig'laydi, kulsam kuladi Eng yaxshi do'st sizday bo'ladi...!...

Oqibatimiz yoqolmasin do'stlarim...!

Sizlar bilan g'am tashvishni bilmayman Boshqalarni nazarga ham ilmayman Hech qachon ustingizdan kulmayman Oqibatimiz yoqolmasin do'stlarim...!...

Do'st haqida juda ajoyib she'r

Do‘st, mening dunyomga kira ko‘rmagin, Do‘zaxning o‘tida kuyib ketasan. Men yurgan yo‘llardan yura ko‘rmagin, Bir umr joningdan to‘yib o‘tasan......

Bir do'stim bor

Bir do'stim bor jondan ham aziz, Yuzi doim kulib turadi. Unga hamma havasla boqar  uni shodlik yaxshi ko'radi. Bir do'stim bor qalblari otash,...

Fikr qo'shish