O‘sha - O‘sha yurak - Yurak haqida she’r sevgi haqida she'r

O‘sha - O‘sha yurak - Yurak haqida she’r


O‘sha-o‘sha yurak, bu o‘sha yurak!
suyukli, suyuksiz, suyaksiz yurak!
Xar xil ko‘yga tushib, oshagan sinov
kerakli, keraksiz, yuraksiz yurak!

Toshlarga urilib o‘lmagan yurak
dunyo kezib baxtli bo‘lmagan yurak
mendan o‘zga barcha joylarni ko‘rib
ko‘ksimni bir bora ko‘rmagan yurak


Sevgiga intilib talpingan yurak
ko‘z yoshini menga artingan yurak
oy kabi kichrayib, to‘lib galma - gal
majnundek xech kimga tanilgan yurak

Tuyg‘ularga qalqon tutmagan yurak
biron marta jangda yutmagan yurak
o‘zini o‘ylab xech bilmadi charchoq
baxtni o‘zgalardan kutmagan yurak

Sotilgan, yorilgan, otilgan yurak
Azroilga taqdim etilgan yurak
xayotning azobi qancha ko‘p bo‘lsa
barchasiga yolg‘iz tutilgan yurak

O‘sha-o‘sha yurak, bu o‘sha yurak
suyukli, suyuksiz, suyaksiz yurak
Xar xil ko‘yga tushib, oshagan sinov
kerakli, keraksiz, yuraksiz yurak...

Senga oshiqman

Senga oshiqman Soginchlar yiroqlada oshigim meni Senga oshiqman sevaman seni Qaylardansan bilmadim-u jonim Muhimi borsan bu quvonchim meni !...

Men sevaman u ozor berar

Rashki kelsin deydimi bilmam Yo atayin ustimdan kular Balki sevmas balki tushunmam Men sevaman u ozor berar......

Ko'z yoshdan yaralgan ummoningizman

Begim men aldangan armoningizman, Bu foniy dunyoda yolg'oningizman Begim ko'klarga tengsiz men uchun Men esa bir qadri arzoningizman. Kunduzi quyosh tunlar oy bo'lib, Sizni maftun etgan osmoningizman. Goho yomgir bo'lib goxo qor bo'lib Ko'z yoshdan yaralgan ummoningizman....

Hech qachon tugamasin

Hech qachon tugamasin bu baxtli yo'llar, Hech ham uzilmasin bu mahkam qo'llar. Olloh bersin barchaga ilohiy bir baxt, Hech qachon ayrilmasin birlashgan dillar....

Sevaman jonim!

Oylar tunda husn talashgan, Kunduz quyosh ko'rgani shoshgan, Ilk bor boqqan ko'zlar qamashgan, Yuzlaringni sevaman jonim!😘......

Men hanuz falakka begonadayman...

Avval hayron qolding, quvonding, kulding, Jim qotding. Ko‘zingga yosh olding birdan. So‘ng begonaday menga termulding, Yig‘i nuqsi urgan nigohing bilan....

Bahtli qilmadim

Olddan oqqan suvni yo‘q ekan, qadri, Bir yahshi go‘zalning qadrin bilmadim. U go‘zal shunchalik meni sevardi, Meni sevgan qizni bahtli qilmadim....

O'shanda ketaman hayotingizdan

Ketmayman! Qolaman kulgichingizda, Qitig'lab quyoshni kuldirish uchun! Siz shunda anglaysiz, Nechog'lik qiyin. ishqiga baxt  Tilab yashashning kuchin......

Qalbimda qolasiz hamisha har on

Qalbimda qolasiz hamisha har on, Hatto o'lim kelib qilsaham giryon. Hayoldan ketmaysiz hatto so'ngi on, Chin oshiq siz uchun o'lsa olibti. Malik jon siz uchun yashab yuribti....

Seni yana ko‘rarmikanman

Mana, kunlar o‘tar kunlarni quvib, Yuragim soviydi javobsiz kuyib, Umr toymoqdadur adoqqa ovib, Seni yana ko‘rarmikanman?......

Izohlar 5

  1. Офлайн
    Davronbek
    Davronbek 5 декабря 2022 15:39
    Buni audio shakli ham bormidi ?
  2. Офлайн
    Sherlar yoqmaydi
    Sherlar yoqmaydi 9 июля 2020 12:56
    Jkklllg
    Jkklllg
  3. Офлайн
    Ilhom
    Ilhom 1 мая 2020 00:44
    Qayil zor lekin buni bowqaga jonatiwni iloji bormi
  4. Офлайн
    жалолидин
    жалолидин 29 апреля 2020 07:41
    севги хакда шерьлар булсин
  5. Офлайн
    Дилфуза
    Дилфуза 26 апреля 2020 12:00
    Севги хакида узбекча шерлар

    Севги хакида узбекча шерлар

Fikr qo'shish