Bir lahzaga tiriltir mani (Ibratli she'r) uzbekcha she'r

Bir lahzaga tiriltir mani (Ibratli she'r)


Tanam azobda man ming afsusdaman
Qabrim tor na bo‘y bor na bordir eni
Yagona o‘tinchim so‘rayman sendan
Alloh bir lahzaga tiriltir meni

Umrimni sovurdim yel shamollarga
Berildim bemasamar xom hayollarga
Bugun javobim yo‘q ko‘p savollarga
Robbim bir lahzaga tiriltir mani

Ko‘zimni yaratding lekin ko‘rmadim
Haq yo‘lini eshitdim biroq
Umrim bo‘yi uxlab nahot turmadim
Alloh bir lahzaga tiriltir mani

Bugun hayotimni chirog‘i so‘ndi
Qop qora qarg‘alar qabrimga qo‘ndi
Tanamni ming turfa ilonlar tildi
Robbim bir lahzaga tiriltir mani


Oh nega qilmadim bir bor ibodat
Nahotki shunchalar bosibman g‘aflat
Tanam qiynalmoqda azobda faqat
Alloh bir lahzaga tiriltir meni

Taqvoni egnimga qilayin libos
Barcha gunohlardan bo‘layin xolos
Yolvoraman Alloh sendan iltimos
Robbim bir lahzaga tiriltir mani

Tanamni ko‘ryapman qop qora ko‘mir 
Badanim nimtalar qizigan temir
Oh afsus qaytsaydim deb fursat umr
Alloh bir lahzaga tiriltir meni

Alloh izn ber qabrimni o‘yay 
Iymon lazzatini qalbimda tuyay
Hech yo‘q bir bor boshim sajdaga qo‘yay
Robbim bir lahzaga tiriltir mani

O‘lmaydiganlarday yurardim bardam
Do‘stlarim ko‘p edi suyanchim har dam
Yordamim olganlar beringlar yordam
Alloh bir lahzaga tiriltir mani

O‘zimniki gapga kirmas qo‘llarim
Nahot sarob bosib o‘tgan yo‘llarim
Yordam bermayapti topgan pullarim
Robbim bir lahzaga tiriltir mani

Men yurgan yo‘ldan siz qaytmagansizlar
Ibodat qil deb siz aytmagansizlar
Yo siz buni atayin qilgansizlar
Alloh bir lahzaga tiriltir mani

Cho‘kib borayapman qo‘rquvdan terdan
Ilon chayon poylar har yerdan 
Boshim ko‘tarmasdim bir lahza yerdan
Alloh bir lahzaga tiriltir mani

Shu so'zlarin eshitmay o'lsam haqida sher

Eh ko'zimga to'ldi yosh,  Yig'lolmasam netayin?  Visolingga qalamqosh,  Yetolmasam netayin? ...

Tabassum...

Tabassum – xarfsiz yozilgan yoqimli so'zdir. Tabassum – elektr sarflamay yongan chiroqdir. Tabassum – Alloxning qazo-qadariga rozilikdir. Tabassum – tarjima kerak bo'lmagan lug'atdir. Tabassum – sadaqadir....

Hasratlarim to'ksam dardim unutsam

Hasratlarim to'ksam dardim unutsam Bu dunyo tashvishlarin xech o'ylamasam Qani endi hayotimda bir kun bo'lsaham Orzularimga yetib baxtli yashasam....

Bo'ldi, bas! Charchadim, ko'zim ilindi

Bo'ldi, bas! Charchadim, ko'zim ilindi. Umidvor qo'yaman bolishga boshim. Mayliga uyg'onish etmasin nasib, Mayliga, so'naqol umr quyoshim....

Ayol

Ayol avvaliga sizga yaqinlashishdan qo'rqadi. Ohirida siz undan uzoqlashganingizda, u achchiq ko'zyosh to'kadi. Buni ko'pchilik tushunmaydi......

Hoy, oq ilon, oppoq ilon

Hoy, oq ilon, oppoq ilon, Oydinda yotganing qani? Sen-ku meni yomon deding, Yahshini topganing qani?...

Menga chin do'st bo'ling sotilmaydigan...!

Kimgadir orzusiz ushalmaydigan Kimgadir xazonsiz gullamaydigan Kimgadir oshiqsiz tiz chokmaydigan Menga chin do'st bo'ling sotilmaydigan...!...

Mendan SALOM yetkazing Rasulolloxga...

Yuzimni yuvmoqda durday tomchilar, Yurakka sog'inchning tig'i sanchilar. Qutlug' safar oldida turgan xojilar, Mendan SALOM yetkazing Rasulolloxga......

Ko'zlarim tikildi uzun bir yo'lga...

Ko'zlarim tikildi uzun bir yo'lga... Kim biladi u yo'lda, kimim bor Mening... Xammani kuldirdi, so'zim, suxbatim... o'zimni yig'latgan dardim bor mening....

Men ularni kechiray bir qudrat bergin

Boshimga balodir, balodir ko'nglim, Bir so'zning tig'idan yarodir ko'nglim, Do'stu dushman aro adodir ko'nglim, Men ularni kechiray bir qudrat bergin. Ollohim mehringdan bir xilvat bergin....

Fikr qo'shish