Murod Manzur - Musofir yurtlarda yig’ladim ona (Musofir 2)

Murod Manzur - Musofir yurtlarda yig’ladim ona (Musofir 2)
Murod Manzur - Musofir yurtlarda yig’ladim ona (Musofir 2)

Murod Manzur - Musofir yurtlarda yig’ladim ona (Musofir 2) Текст песни


Har safar tursam gar, atrof begona,
Holim so`rguvchi yo`q, ko`nglim g`amxona.
Xayolan so`zlashib to`rt devor xona,
Men sizni sog`inib yig`ladim, ona.

Yuribman orzuim barorin tilab,
Omadim ber, deya Xudodan so`rab.
Uyga qaytayotganlarning ortidan qarab,
Yur ketdik, desalar ham ketmadim, ona.

Uyga qaytayotganlarning ortidan qarab,
Yur ketdik, desalar ham ketmadim, ona.

Ne qilay, majburman, ishlashim kerak,
Musofirlik nonin tishlashim kerak.
Bahorga yetmoq uchun qishlashim kerak,
Noshukurning so`zin aytmadim, ona.

Sizga aytsam, bunda hayot bizdekmas,
Ovqatlarim turfa, oshim tuzdekmas,
Qahratoni daxshat, qishi bizdekmas,
Bunday qishni aslo ko`rmadim, ona. {x2}

Bunda ko`pdir bolam-chaqam deganlar,
Vodiy, Voha tomonlardan kelganlar.
Bir mayizni qirqqa bo`lib yeganlar,
Shunday insonlar bilan ishladim, ona.

Bu yerlarda ko`rmadim sa’va, bedana,
“Buxanka”dan topolmaysiz bitta sedana.
Ba’zan deyman qo`l siltab: keldim qaydan-a?,
Oxiri ne bo`lar, bilmadim, ona.

Ba’zan deyman qo`l siltab: keldim qaydan-a?,
Oxiri ne bo`lar, bilmadim, ona.

Ba’zan og`ir mehnatdan bezilib ketdim,
Musofirlik xo`p og`ir, sezilib ketdim,
Sizga aytsam, baridan ezilib ketdim,
Onam siqilmasin deb, aytmayman, ona.

Mening ishlash makonim o`rmon tomonda,
Har kun har xil odamlar, oqibat gumonda.
Mehnatgaku chidayman, lek sog`inch yomonda,
Sizni men sog`inib yig`ladim, ona,
Sizni juda sog`inib yig`ladim, ona.

Qishlog`im ko`z o`ngimda turibdi hamon,
Egri-bugri ko`chalarni sog`indim yomon.
Jizzali non bervoring, kim kelsa bu tomon,
Yegim keldi, ochlikdan so`rmadim, ona. {x2}

Bo`pti mayli, Onajon, uxlashim kerak,
Erta tong yana ishga borishim kerak.
Taqdirimga yangi kun bitishim kerak,
Ko`rishguncha xayr, demadim, ona.

Taqdirimga yangi kun bitishim kerak,
Ko`rishguncha xayr, demadim, ona.

Sog`-salomat bo`ling doim – so`radim, ona…

Asilbek Negmatov - Bunchalar

Bir so’z aytmaydi yorilib, Qaramaydi menga qayrilib, Yonma, kuyma, Yonma-yonma, kuyma-kuyma,...

Via Marokand - Sevgi

Mi amor yo se mis culpas, Hes calor, cuando me sin tas. Mi amor (me gustas), mi amor (me gustas), El mundo sin ti pierde su sentido....

Sardor Toirov - Baxtingni top

Yashirasan nigohlaring, Go`zal ko`z-u qaroqlaring. Menga so`nggi so`z aytolmay, Qaltiraydi dudoqlaring....

Rayhon armondan so'ra

Sensiz, o'tadi kunlar sensiz, Orzular endi yolg'iz. Yig'laydi yurak unsiz, Qayg'ular go'yo cheksiz. Qiyin menga sevgingsiz, Qanday unutay?...

Zebo feat. Radius 21 - Seni sevaman

[Zebo]  Seni eslayman yomg’irdan bo’sa olib,  Seni o’ylayman tunda tushdan uyg’onib.  Seni kutaman kelmasligingni sezib,  Seni sevaman o’zga borligin bilib. (x2)...

VIA Sharq - Ota-ona

Yaxshidan bog‘ qolur, bog‘bon o‘zingiz, Duolari dilga darmon o‘zingiz, Baxtimizga bo‘ling omon o‘zingiz, Dil daftarin tillo satri otajon, Rizvoniy bog‘larning atri onajon....

Benom guruhi - Yoningdaman

Bugun o`zgacha, qara, Biz kutgan o`sha sana. Go`yo qaytadan seni Sevib qolyapman yana....

Oybek va Nigora - Aylanaveradi

Yuragidan sevgan inson bilar –  Ishqning dardi bedavo.  Sevgisidan ko’ngling qolsa hamki,  Sog’inchi ketmas aslo....

Lola - Senga

Sokin kechada yulduzlar guvohdek,  Esar shamol ham meni tinglagandek,  Go’yo sirlarim senga yetkazgandek,  Sevgilim senga....

Yusufxon Nurmatov &. Feruza Karimova - Bolangman

Samolarda bulutlar kezar, Zamin uzra o`gitlar kezar, (x2) Yuragim jim, barini sezar, Axir sening bolangman, Vatan. (x2)...

Fikr qo'shish