Yulduz Usmonova - Askar ota


Yulduz Usmonova - Askar ota Текст песни
Biz seni oz ko`rsak ham,
Onamla sog`insak ham,
Ayt, sen ham sezasanmi,
Seni duo qilamiz?
Singillarim yonimda,
Ular mening borim-da.
Sening o`rning boshqadir,
Biz sog`inib kutamiz.
Yurtning sarboni sog`dir,
Tinchligimiz omondir.
Sen va senday askarlar
Boru-joni fidodir.
Beayb Parvardigordir,
Har kimda bir ayb bordir.
Lek eng kerak hayotda
Tanimagan tanisin-ey –
Sen eng yaxshi odamsan. (x2)
Vatan ikkita bo`larmi?
Ona suti suv bolarmi?
O`zga yurtdan kelganlar-ey
Bizga duo qilarmi?
Mening askar otamsan,
Iymoni but odamsan.
Tanimagan tanisin-ey –
Sen eng yaxshi insonsan.
Tanimagan tanisin-ey –
Sen eng yaxshi insonsan.
Tanimagan tanisin-ey –
G`ururimsan, otamsan.
Biz seni oz ko`rsak ham,
Onamla sog`insak ham,
Ayt, ota sezasanmi,
Seni duo qilamiz?
Singillarim yonimda,
Ular mening borim-da.
Sening o`rning boshqadir-ey,
Biz sog`inib kutamiz.
Sening o`rning boshqadir,
Biz sog`inib kutamiz. (x2)
Biz sog`inib kutamiz-ey,
Biz sog`inib kutamiz.