Isoqjon Jo'raxonov - Jon qizim

Isoqjon Jo'raxonov - Jon qizim
Isoqjon Jo'raxonov - Jon qizim

Isoqjon Jo'raxonov - Jon qizim Текст песни


Hovlimizda ushbu kun to`yi talpon otamiz,
Yaxshilarning o`g`liga qaynota bo`lgan otamiz. (x2)
“Otadan o`g`il qolar”, deb qizlarini ranjitib,
Qiz uzatganda ko`zi yoshlarga to`lgan otamiz. (x2)

Xush kelibsan jon qizim, jonimga darmonim qizim,
Otasining erkasi-yu, endi mehmonim qizim,
Onasining erkasi-yu, endi mehmonim qizim.

Sovchilarga “qudalar kutsin”, desam hech ko`nmadi,
“Onasining xizmatini qilsin”, desam hech ko`nmadi.

“Ukalarin o`ynatib yursin”, – desam hech ko`nmadi,
“Ota-ona mehriga to`ysin”, – desam hech ko`nmadi.

Xush kelibsan jon qizim, jonimga darmonim qizim,
Dadasining erkasi-yu, endi mehmonim qizim,
Onasining erkasi-yu, endi mehmonim qizim.

Otalik pandim eshit: qilma xiyonat hech qachon, {x2}
Endi senga ikki ota, ikki ona mehribon.
Qaynotangni “ota” deb, qaynonangni “onajon”,
Xizmatin qilgin alarni rozi aylab har qachon.

Xush kelibsan jon qizim, jonimga darmonim qizim,
Otasining erkasi-yu, endi mehmonim qizim.

Vaqt yetib qilsam qazo, boshimda giryon yig`lagay, {x2}
Ko`zlarining yoshlari abri nayson yig`lagay.
Ba’zi bir o`glonlarim rost-yolg`on yig`lagay,
Qizginamning nolasiga yeru-osmon yig`lagay. {x2}

Xush kelibsan jon qizim, jonimga darmonim qizim,
Otasining erkasi-yu, endi mehmonim qizim,
Onasining erkasi-yu, endi mehmonim qizim.

Endi mehmonim qizim… {x2}

Sherali Jo'rayev - Sensan yorim

Nogoh esgan shamollardan, Shubha-gumon, savollardan, (x2) Yolg`on, yomon xayollardan Asragayman seni, yorim....

Mansurxon Nurmatov - Voy-voy

Mayin yog’ib yomg’irlar  Sochlarini silaydi,  Men sevgan qiz men uni  Sevishimni bilmaydi. (x2)...

Ozodbek Nazarbekov - Otamga o’xsha o’g’lim

Inson padar deb bilgan Odamga o`xsha, o`g`lim. O`ksik dilim qil baland – Otamga o`xsha, o`g`lim. (x2)...

Ozodbek Nazarbekov - Yaxshiydi

Boshimga ishq dardini solganlaring yaxshiydi, Dildan hijron gardini olganlaring yaxshiydi. (x2) Yoding qoldi jonimda, ketding shu ahvolimda, (x2) Bir umrga yonimda qolganlaring yaxshiydi. (x2)...

Faxriddin Umarov - Jamoling

Jamoling vasfini, ey oy, necha eldin eshitgaymen? {x2} Ne kun bo‘lg‘ay visolingga meni dilxasta yetgaymen? {x2} Tarahhum yuzidin yuzingni ko‘rmakka buyurgaysen, Xush ulkim, orazing ko‘rgaymen-u, so‘zung eshitgaymen. {x2}...

Nilufar Usmonova - Chapaniginam o’zbegim

Erkaliging yarashgan, Aytganidan qaytmagan, Kamtarinlik, bo’yin egmas, Chapaniginam – o’zbegim!...

Yalla ansambli feat. Farrux Zokirov - Torimning siri bor

Torimning ajab siri bor,  Siri bilan ta’siri bor.  Bo’g’izida ikki tori, dod-ey,  Birini chertsam biri bor....

Shoxrux - My Definition

My definition of life  Is what we see, going on  Love and hate, bringing the world in a run  But i still try to achive...

Anvar Sobirov - Xayr

Suydi yurak, kuydi dil, Ko’zim yoshlab qolaman. Jonim, bugun alamdan Otash bo’lib yonaman. (x2)...

Jasur Umirov - Daryolar bo’yida

Daryolar bo’yida, xarsangtosh qo’ynida, Yig’lab qo’shiq aytaman, oshig’u-bechoraman. Jon boricha kuylasam, faqat sani o’ylasam, Tunlari bedor bo’lib, bir mani yo’qlarmisan? (x2)...

Fikr qo'shish