Sevara - Otam
Sevara - Otam Текст песни
Suyangan tog`imsiz, ishongan bog`im,
Sizlar bor – men uchun qayg`u begona.
Biringiz quyoshim, biringiz oyim,
Ikkingiz uchun bu ko`nglim ostona.
“Ota” deb so`zlasam, yuragim osmon,
“Ona” deb so`zlasam, so`zlarim jahon.
Gohida charchasam dunyo g`amidan,
Oftobim, quyoshim, bahorim – Onam,
Borligi jonimga madorim – Otam. (x2)
Jannatning kaliti hokipoyingizda,
Mehrga cho`mildim dil soyingizda.
Baxtimni topdim men, tashvish bilmadim,
Men uchun qilgan har duoyingizda. {x2}
Oftobim, quyoshim, bahorim – Onam,
Borligi jonimga madorim – Otam. (x2)
Bir-biringizga siz shundoq yarashib,
Turasiz ming shukr, mehringiz toshib.
O`zim ham yuz yoshga yetgan chog`imda,
Yonimda turinglar yuzlardan oshib. {x2}
Oftobim, quyoshim, bahorim – Onam,
Borligi jonimga madorim – Otam. (x2)