Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol bo’lgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar

Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol bo’lgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar
Roksalana-Xurram sulton aslida qanday ayol bo’lgan: “Muhtasham yuz yil” serialidagi haqiqat va uydirmalar


Usmoniylar saltanatining sultoni Sulaymon shohning rafiqasi – Xurram xonim o’z davrining dong’i ketgan nufuzli ayollaridan biri bo’lgan, biroq o’limidan olti asr o’tgandan keyingina haqiqiy shuhrat qozongan.
19-asrda Xurram xonim bir qator qissa, roman va poemalarning bosh qahramoni bo’lib qoldi. Ayniqsa ukrainalik mualliflar ko’proq ajralib turdilar, chunki ular Xurramning tarixini o’z mamlakatlari bilan bog’lar edilar.1990 yillarda Ukraina televideniyasi tomonidan hattoki “Roksolana” nomli serial suratga olindi va namoyish etildi. Unda Xurram xonim haqida barcha ma’lumotlar (haqiqiy va uydirmalari) to’planib, u go’zal kanizak va ko’rkam sulton haqida romantik muhabbat tarixiga aylandi. Biroq Xurram xonimni shuhratini olamga yoyish harakati deyarli besamar ketdi.
Kechikkan shuhrat
Butun dunyo telekanallarida “Muhtasham yuz yil” seriali namoyish etilishi bilan XVI asrning “haramdagi muhabbat” tarixi va uning ehtiroslari har bir xonadonga kirib keldi. Ana shundagina ko’pchilik odamlar islom qonun-qoidalari asosida hukm surgan Usmoniylar imperiyasidek saltanatda tarixga katta hissa qo’sha olgan shunday ayol o’tgani haqida bildilar.

Lekin shuni aytib o’tish kerakki, serialda aks etgan tarixiy voqealarning faqat negizigina haqiqatga to’g’ri keladi, xolos. Haramdagi tartib-qoidalar, kanizaklarning o’zlarini tutishlari, haramning kundalik hayoti, qahramonlarning Yevropa o’rta asr modasi bilan uyg’unlikda yaratilgan liboslari – bularning hammasi serial mualliflarining uydirmalaridir.
Maxfiy yozishmalar (nomalar)
Tarixchi olimlar tayanishlari mumkin bo’lgan hujjatlar juda kam saqlanib qolingan. Usmoniylar saltanati yopiq turdagi hukumat bo’lgan. Haram – begonalarning kirishi taqiqllangan hudud bo’lib, bu yerga faqatgina sulton va uning o’g’illarigina kira olganlar. Haram xodimlari memuarlar yozmaganlar, kanizaklarning esa bu hayoliga ham kelmagan. Shunday ekan, Usmoniylar imperiyasining sultoni Sulaymon shohning hissiyotlari haqida uning Xurram xonim bilan yozishgan mehr to’la nomalaridan bilib olishimiz mumkin.
Sulton harami haqidagi ba’zi ma’lumotlar chet ellik elchilarning yozuvlarida saqlanib qolingan. Ular saroyda bo’lib o’tayotgan voqea-hodisalarning hammasini qayd qilib borganlar. Og’izdan-og’izga otib borgan bu ma’lumotlar ozgina bo’rttirilgan va natijada odamlarning Xurram xonim haqida o’ziga yarasha “ijtimoiy fikri” hosil bo’lgan. Unga ko’ra, Xurram xonim sultonni sehrlab olgan makkor jodugar hamda birovlarning qoni evaziga o’g’illariga taxtga yo’l ochib bergan yovuz niyatli ayol sifatida gavdalangan.
Xurram xonimning beshta ismi
Muqaddas Rim imperiyasining Istambuldagi elchisi o’zining “Turk yozishmalari” nomli kitobida Sulaymon shohning qudratli rafiqasi haqida yozar ekan, uni kitobxonga Roksolana deb tanishtirgan, shu bo’yi Xurram xonim Yevropada Roksalana nomi bilan mashhur bo’lan. Aslida turklar bu nomni slavyan-kanizaklarga berishar edi. Hattoki o’sha davrdagi Usmoniylar imperiyasining haritasida Sharqiy Yevropa – Roksolaniya deb atalar edi.

Haramda esa sultonning rafiqasini –Xurram (kuluvchi) deb atashar edi. Sulton xonim islomni qabul qilganidan keyin Sulaymon shoh unga Xurram, deb ism qo’ydi. Sultonning kanizakka ism qo’yishi katta sharaf hisoblanar edi.
Xurram xonimning kelib chiqishi ham serialda biroz o’zgartirilib ko’rsatilgan. Aslida u Polsha yoki Ukrainada tug’ilgan. Cho’qintirilayotganda unga Anastasiya yoki Aleksandra, deb ism qo’yilgan. Uning otasi ruhoniy bo’lganligini o’sha davr tarixchilari yozib qoldirganlar. Familiyasiga to’xtaladigan bo’lsak, uni XIX asr romanchilari huddi biografiyasining ba’zi qismlari kabi o’ylab topganlar – Anastasiya (yoki Aleksandra) Gavrilovna Lisovskaya sohta familiyadir.

Asli slavyan millatiga tegishli bo’lgan Xurram tug’ilib o’sgan joyidan qrim tatarlari tomonidan o’g’irlab ketilib, qullar bozorida Usmoniylar imperiyasining olib-sotarlariga sotib yuborilgan. Ular orqali esa Sulaymonning haramiga kelib qolgan. U paytda Sulaymon hali taxtga o’tirmagan, Manisa viloyatining hukmdori edi.
Xurram ham o’sha vaqtda o’smir qiz edi, uning sulton bilan yaqinlashishi haramga kelib tushganidan ancha yillar keyin sodir bo’lgan. Qisqa qilib aytganda, voqealar serialda ko’rsatilgan shiddatda bo’lib o’tmagan.
Xurram “qonxo’r sulton xonim” bo’lgani rostmi?
“Muhtasham yuz yil” serialining qahramoni Xurram xonimning davlat ishlariga aralashishdan maqsad – o’zining va farzandlarining hayotini saqlab qolish bo’lgan. Buning uchun u makkorligini ishga solib, sultonga bir vazirni yaqinlashtirib, ikkinchisini uzoqlashtirgan, o’zi bilan til topisha olmagan amaldorlarni o’ldirtirib yuborgan, ba’zan murakkab, ba’zan esa oddiy fitnalar to’qigan.
Tarixda saqlanib qolgan Xurramning xatlaridan esa uning aqlli, davlat miqyosidagi puxta bilimga ega ekanligi va dunyoqarashining kengligini ko’rish mumkin. Agar Sulaymon shoh uning maslahatlariga quloq solgan bo’lsa, bu sulton xonimning makkorligini emas, oqila ayol bo’lganligini bildiradi.

Ha, sulton xonim haqiqatdan ham davlatning boshqaruv ishlariga aralashar edi, devondagi vazirlar kengashiga ta’sir o’tkazar edi, tashqi siyosat bilan qiziqar va hattoki chet ellik elchilarni “ochiq yuz” bilan qabul qilar edi – bu ma’lumotlarni o’sha davr tarixchilari yozib qoldirganlar. Xurram xayriya ishlari bilan shug’ullanar, karvonsaroy va masjidlar qurilishiga pul ajratar edi. “Muhtasham yuz yil” serialidagi sulton xonimning yovuz siyosiy o’yinlari film syujetini boyitish hamda tomoshabinni jalb qilish uchun bo’rttirib ko’rsatilgan.
Xususan, buyuk vazir Ibrohim-posha hamda taxt vorisi bo’lmish shahzoda Mustafoni qatl etish fitnasini uyushtirishi – bu hujjatlarda o’z tasdig’ini topmagan bir afsonadir.
To’g’ri, Xurramni ko’pchilik yoqtirmas edi. U odamlarda qo’rquv, hasad, nafrat hissini uyg’otar edi, chunki u Turkiya tarixida birinchilardan bo’lib, muhabbat rishtalarini hukumatni to’laqonli boshqaruv vositasiga aylantira oldi.

Xurram Turkiyada saroy xonimlari ichidan birinchi bo’lib davlat ishlari bilan shug’ullandi va boshqa xonimlar uchun namuna bo’la oldi. Undan keyin boshqa sulton xonimlar ham tortinmasdan ochiqchasiga davlat ishlari bilan shug’ullanadigan bo’ldilar.
Xurram qaysi muqaddas an’analarni buzdi?
Ba’zi tarixchilar Xurramning paydo bo’lishi bilan Usmoniylar saltanatining yemirilishi boshlanganini yozganlar. Aslida saltanat bir necha asrlardan keyin barbod bo’lgan bo’lsada, konservatorlar bunda Xurramning aybi borligiga ishontirmoqchi bo’ladilar.

Xo’sh, sulton xonimning aybi nimada edi? Birinchidan, Xurramning kanizaklikdan sulton xonim darajasiga ko’tarilishi ko’p yillik an’anaga zid edi. Sultonlar kanizaklariga uylanmas edilar, biroq bu narsa qonun tomonidan rasman man qilinmagan edi. Sulaymon shoh kanizagini kanizaklikdan ozod qilib, so’ngra unga uylandi, bu esa ko’pgina noroziliklarga sabab bo’ldi.

Ikkinchidan, Xurram sultonga besh o’gilni tug’ib berdi – serialda esa Xurramning faqat uchta o’gli namoyon bo'ldi – Salim, Boyazid va Jahongir. Go’daklik paytlarida vafot etgan Mahmud va Abdulla ismli o’g’illari esa tarixda hech qanday iz qoldirmaganliklari uchun serialda ko’rsatilmaydi.
Amal qilib kelinayotgan an’analarga ko’ra esa, kanizak sultonga faqatgina bitta o’g’il farzand tug’ib berishga haqli edi. Shundan keyin esa u sulton xonim maqomini olib, sultondan uzoqlashishi va hayotini faqatgina o’g’liga bag’ishlashi kerak edi. Usmoniylar sulolasini davom ettirishdek sharafli vazifa esa haramning boshqa kanizaklariga yuklatilar edi.

Uchinchidan, sultonning haramdagi boshqa ko’pgina kanizaklaridan farzand ko’rishdek muqaddas an’ana xavf ostida qoldi, Xurram yolg’on-yashiqlari hamda o’z mavqeini suiiste’mol qilib, bunga uzoq vaqt to’sqinlik qilib keldi.

Hattoki sulton xonim bilan raqobatlasha oladigan kanizaklarni haramdan chiqarib yuborish hollari ham bo’ldi. Bu ish sulton va uning onasi – volida-sulton tomonidan amalga oshirilganiga nima deysiz. Volida-sulton bir marta o’g’lining huzuriga o’zining kanizaklaridan birini yuborgani uchun kelini bo’lmish Xurram xonimdan kechirim so’ragan, degan gaplar ham bor.
To’rtinchidan, an’ana bo’yicha, shahzoda balog’at yoshiga yetishi bilan onasining kuzatuvi ostida unga ajratilgan viloyatga hokim sifatida borib, boshqaruv bo’yicha tajriba orttirishi lozim edi.
Xurram bo’lsa o’g’illarining hech biri bilan ketmadi, Istambulda erining yonida qoldi. Sulton xonimning bu harakati ham ko’pchilikning noroziligiga sabab bo’ldi.

Va eng asosiysi: Sulaymon va Xurramning bir-birlariga munosabatlari va bog’liqliklarini uzoq vaqt davomida ko’z-ko’z qilib kelishlari saroyning qonun-qoidalariga hech ham to’g’ri kelmasdi. Odamlarning nazdida ayoliga bo’ysungan hukmdor eng asosiy vazifa – ya’ni saltanatning qudratini mustahkamlash maqsadida yangi yerlarni zabt etishga qodir bo'lolmas edi.

Sulaymon shohning Xurramga bo’lgan bo’g’liqligi umrining oxirigacha davom etdi. Xurram vafot etganidan keyin ham (zaharlanib yoki og’ir kasallikdan) sulton uni sharaflashda davom etdi: rafiqasini o’zining buyrug’i bilan qurdirgan Sulaymoniy masjidiga dafn qildi hamda vafotidan keyin uni ham xotini yoniga dafn qilishlarini vasiyat qildi.

Kichkintoylar haqidagi qiziqarli faktlar

Bolalar hayotimizni aytib bo'lmaydigan darajada zavq-u shavqqa to’ldirishadi. Ularsiz hayotni tassavur qilib bo’lmaydi. Birgina tabassumi bilan hayotimizni nurga to’ldirishga qodir ushbu mittivoylar haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni sizga taqdim etish istagidamiz. Marhamat ular bilan tanishing!......

Kechki manzarasi kunduzgisidan butunlay o’zgacha qiyofa kasb etadigan 9 ta ajoyib makon

Dunyoda juda ham go'zal joylar bor, ularni noyob deb atash mumkin. Ularni orqa hovlida yoki yo'l bo'ylab topish qiyin, ammo ularni albatta bir bor bo'lsada ko'rish kerak. Kechalari kunduzdan butunlay boshqacha qiyofa kasb etadiganlar joylar ayniqsa betakrordir......

Ichki qo‘rquvni aniqlovchi ruhiy test: Suratda birinchi nimani ko‘rdingiz?

Oramizdagi har bitta insonda turli fobiya hamda ichki qo‘rquvlar mavjud. Buni o‘zingiz ham anglamagan holatda bo‘lishingiz mumkin, ushbu hayotda nimadandir qattiq qo‘rqish uning qarshisida qo‘rquv mavjud emasligini bilan o‘lchanmaydi. Odatda bunday qo‘rquv ong ostiga chuqur joylashgan bo‘ladi. Biz hayot davomida qanday ichki qo‘rquvlar...

Maktabdan quvilgan ammo taniqli bo'lishga erishgan shaxslar

Quyidagi ro’yhatimizda biz keltiradigan 8 nafar shaxs hech narsaga ayniqsa, maktabdan quvilganiga ham qaramay mashhurlikka erishgan....

Insonga kuch beruvchi 9 ta omil

O’ziga ishongan, haqiqatdan ham kuchli insonlarni maqsadga erishish uchun ortiqcha harakatlar ajratib turmaydi. Murakkab vaziyatlardan baland ko’tarilgan bosh bilan chiqish, shuningdek kam yo’qotib, ko’p foyda olish qobiliyati asosan hayotga bo’lgan aniq nigoh va sodir bo’layotgan voqealarga nisbatan munosabatlarga bog’liq....

Tarixdagi eng mashhur hukmdor ayollar

Hukmronlik qadim zamonlardan beri erkaklar qo’lida bo’lib kelgan, ammo shunga qaramay kuchli hukmdor ayollar ham yashab o’tishgan. Ularning ayrimlari siyosat bobidagi donoligi ila ajralib turgan bo’lsalar, boshqalari adolatli ekanligi bilan nom qozongan....

Oshxonada qo’l kelishi mumkin bo’lgan kichik ayyorliklar

Uyga tashrif buyurgan mehmon sizni qay darajada ozodaligingini oshxonangizga qarab bemalol bilib olishi va sizga baho berishi mumkin. Bu borada bekalar uchun beriladigan bir nechta foydali maslahatlar zarar qilmaydi. Marhamat ular bilan tanishing!......

Dunyoning eng mashhur shaharlardagi ko’chalar

Har bir shaharda minglab sonli ko’chalar mavjud. Ammo, shunga qaramay, faqat bittasi yoki ikkitasi mashhurlikka erishmoqda. Negadir odamlar bu ko'chalarga boshqalarga qaraganda tez-tez tashrif buyurishadi. Shunday ko’chalarda bir qanchasini sizning e’tiboringizga havola etamiz....

Aytishlaricha baxtni yaratish uchun kimnidir kõmagi kerak ekan

• Aytishlaricha baxtni yaratish uchun kimnidir kõmagi kerak ekan.. • Bu tõğri gap.. Men õsha kimnidir taniyman, siz ham taniysiz.. Kim ekan deb xayron bõlyapsizmi? Bu SIZSIZ! Ha, Ha! Aynan siz!  Shu xabarni õqiyotgan INSON! • BAXTNI ÕZINGIZ YARATASIZ! • Siz Baxtsiz! • Sizni borligingiz Baxt! • Sizni tabassumingizdan, shirin nafasingizdan, beğubor...

Inson hayotiga xavf soluvchi kasblar

Haftada 5 kun davomida 8 soatni to'rtta devorda o'tkazadigan ofis xodimlarining aksariyati uchun haddan tashqari havfli kasblar g'oyasi aqldan ozgan bo'lib tuyulishi mumkin. Yo'lakdan hojatxonaga yoki suv sovutgichiga tushish orqali bir necha kun davomida stulda o'tirishga yoki harakatlarini cheklashga qodir bo'lmaganlar esa to'lqinlarga qarshi...

Fikr qo'shish