Tojibar Azizova - Xasta bo’lma
Tojibar Azizova - Xasta bo’lma Текст песни
Qalbim sirin gar senga men so`zlasam,
Bir on seni ko`rmasam, men xastaman.
Osmoningda yulduzman shu kungacha,
Sen bo`lmasang, osmondamas pastdaman.
Xasta bo`lma, tog`dek qaddim sinadi,
Sevganimni yolg`iz Alloh biladi.
Ko`zlarim yosh to`kib yig`lar,
Bag`rim meni so`kib yig`lar,
Boshimga armonlar qo`nadi.
Xasta bo`lma, tog`dek qaddim sinadi-sinadi,
Ko`zlarim yosh to`kib yig`lar,
Bag`rim bugun so`kib yig`lar,
Boshimga armonlar qo`nadi.
Seni sevdim otashin yozday yonib,
Hatto kelar bahordan ham qizg`onib.
Shukr deyman senla o`tgan kunimga,
Quyoshim bo`lgansan umr yo`limga.
Xasta bo`lma, tog`dek qaddim sinadi,
Sevganimni yolg`iz Alloh biladi.
Ko`zlarim yosh to`kib yig`lar,
Bag`rim meni so`kib yig`lar,
Boshimga armonlar qo`nadi.
Xasta bo`lma, tog`dek qaddim sinadi-sinadi,
Bag`rim kuyar, buni Alloh biladi.
Ko`zlarim yosh to`kib yig`lar,
Bag`rim bugun so`kib yig`lar,
Boshimga armonlar qo`nadi. (x1+x1)