Nosir Alimahsumov - To padar rozi emas

Nosir Alimahsumov - To padar rozi emas
Nosir Alimahsumov - To padar rozi emas

Nosir Alimahsumov - To padar rozi emas Текст песни


Ey ko`zimning sha’misan, ham nuridiydam ravshani,
Odami iymonga yetmay, hech vaqt bo`lmas g`aniy.
Marduming ozori bo`lib, bo`lma Xudoning dushmani,
Osmonga yetsa boshing, qilmag`il ma’lum mani.

To padar rozi emas – tavbang qabul bo`lmas seni,
Bas yaqin bilgin, Xudoyim ham demas bandam seni.

Kechayu-kunduz agar Qur’on tilovat aylasang,
Sha’bi ro`z aylab mudom, taqvo-yu toat aylasang,
Misli Hotamdek bo`lib, hayru-sahovat aylasang,
Kabai maqsudni ming yo`l birla ziyorat aylasang,

To padar rozi emas – tavbang qabul bo`lmas seni,
Bas yaqin bilgin, Xudoyim ham demas bandam seni.

Mashriqi, Mag`ribni kezsang, yo`q bu dardingga davo,
Qilmag`ay anda shafoat sayyidi nuri Xudo.
Kuydurur o`lmoq hamon do`zax o`ti go`rda yano,
Yuz fig`onu nola qilsang, hech kishi yo`qdur sango.

To padar rozi emas – tavbang qabul bo`lmas seni,
Bas yaqin bilgin, Xudoyim ham demas bandam seni.

Bo`yi rahmat topmasa, har kimga badkirdordur,
Go`r ani qilmas qabul, chirkin tani murdordur.
Chun Xudo bandam demas, har kim padar ozoridur,
Kim padar ozoridur, andin Xudo bezordur.

To padar rozi emas – tavbang qabul bo`lmas seni,
Bas yaqin bilgin, Xudoyim ham demas bandam seni.

Mashrabo, azmi safar qilg`il ne kun kirdori bo`l,
Bandalikni saqlag`il, sha’bi sahar bedor bo`l.
Azmi donish aylasang, amri padarga yor bo`l,
Ohiratning havfidan qon yig`lagil, xushyor bo`l.

To padar rozi emas – tavbang qabul bo`lmas seni,
Bas yaqin bilgin, Xudoyim ham demas bandam seni. {x2}

Ruhshona - Vatan

Bobolardan meros qolgan nur vatan,  Boyliklarga makon bo’lgan dur vatan,  Quchog’i keng, bag’ri issiq nur vatan,  Tengsizimsan, tuprog’i zar vatanim....

Rayhon - O’rtamizda

Quyoshli kunlar o’tar, Qushlar ham uchib ketar, Bizning quyoshli damlar Nahot bizni tark etar?...

Sherzod Bek - Go’zal sevgim

Oydek go’zal vasling tomon talpinar Mening beg’ubor, go’zal sevgim. Sirli nigohlaring olovdek yoqar, Mening umidvor, go’zal sevgim....

Sardor Mamadaliyev - Umr

Umr – yo`ldir, chang-u, tor, Chohlaridan qochinglar. Har qadamda bor devor, Ko`zni katta ochinglar. (x2)...

Nasiba Abdullaeva - Eslanar

O’tib borar damlarimiz,  Qadrimiz bor etgan.  O’chib borar shamlarimiz,  Qalbimiz yoritgan....

Afruz guruhi - Dam bu dam

Qora ko`zim bor edi mani, Chindan mani sevar edi. Yulduz bo`lib chaqini-chaqini, Yonginamda yonar edi. (x2)...

Anvar Sobirov - Devona qildi

Devona qildi dardi, Yorning qo’yg’an har sharti. (x2) Bosh egar dildorina-ey Man degan mardning mardi. (x2)...

Alisher Fayz - Yolg’on ekanku

Janon, qaro qoshing sening kamon ekanku,  O’sma qo’ygan deb edilar, yolg’on ekanku! Qarashlaring yuragimga ishq o’ti soldi,  Sevgi dardi yurak uchun yomon ekanku....

Yodgor Mirzajonov - Esingdamu

Esingdamu, jonim, o’sha kunlarim,  Esingdamu, jonim, o’sha tunlarim?  Esingdamu? Ko’zlarda hijron, qalbimda armon,...

Radius 21 feat. Javohir Zokirov - To’ylar muborak 2

[Javohir Zokirov] Albatta yoningda bo`larman kechgacha, Sarguzashtlarga to`la tosh ko`cha. Yoningga, aybdorman, vaqtida borolmadim,...

Fikr qo'shish