Yodgor Mirzajonov - Majruh

Yodgor Mirzajonov - Majruh
Yodgor Mirzajonov - Majruh

Yodgor Mirzajonov - Majruh Текст песни


Har kun tunda aytilar u ne qo`shiq?
Allasining dardiga dardin qo`shib.
Yuragida dardu-hasrat to`lib toshib,
Bir munisa ayol yig`lar unsiz o`ksib,
Majruh farzandini bag`riga bosib.

Alla aytib tunlari, tonggacha ulanadi,
Allasini tinglab, ko`zlar namlanadi.
Pastu-baland yo`llarida goh qoqilganda
Nolimaydi, garchi yomon qiynaladi.

Hech kimsaga aytmaydi yurak dardini,

Hech narsaga alishmaydi dilbandini.
Mayib-majruh tug`ilgan deb yuz o`girib,
Garchi ko`plar tashlab ketar farzandini.
Majruh tug`ilganlik go`dakning aybimi?

“Bolam” dedi, kechdi orzu havaslardan,
Kechdi boylik, orzu-havas, olmoslardan.
Boshga g`avg`o, ta’na toshlar yog`ildi,
Farzand qadrin bilmagan qadri pastlardan.

Ey munisa ayol, umring baxtga to`lsin,
O`g`ilchang ham unib-o`sib, yigit bo`lsin.
O`z bolasin tashlab ketgan bag`ri toshlar
Mashaqqatli hayotingdan ibrat olsin,
Qanday ayol bo`lish sirin sendan olsin.

Alla aytib tunlari, tonggacha ulanadi,
Allasini tinglab, ko`zlar namlanadi.
Pastu-baland yo`llarida goh qoqilganda
Nolimaydi, garchi yomon qiynaladi.

Shoxruz (Abadiya) - Ichaman

Tunlari o‘zga bilan so‘zlashib, O‘zimas, boyligini ko‘zlashib, Yuraverding mani bilmaydi deb, Sezmading ketganimni uzoqlashib....

Ulug'bek Rahmatullayev - Men seni sevaman

[Aylana dunyoda aylanar umr, Baxt nedir, balki men bilmagan edim. Sen baxtim yetaklab kelding, yor, oxir, Men seni sevdim, men seni sevdim.]...

Shoxrux - Begonaman

Stop, yosh, aql uyi bosh,  Beaqli tosh, yosh qara yosh.  Stop-stop, dam, dam degi dam,  Aravani tortma, tovushing ko’tarma!...

Ozoda Nursaidova - Bevafo

Bevafo, bevafo, Dardlarim yengaman. Aylasang ham jafo, Oh, nechun sevaman? (x2)...

Rayhon - Aldangan yurak

Nega bog’im gul ochmaydi, Nega holim o’nglanmaydi, Amalimni hech bir fayzi yo’q? Nega qalbim quvonmaydi,...

Tohir Sodiqov - Sening ko’zlaring

Ko’zlarimni uzolmayman sendan, Nima qilay, nima qilay? Sirlarimni aytolmayman senga, Nima qilay, nima qilay?...

Ortiq Otajonov - Xoh inon

Sensan sevarim xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim xoh inon, xoh inonma. (x2) G`am shomi firoqingda kabob etdi falakni, Ohi saharim xoh inon, xoh inonma. (x2)...

Nodir Xolboyev - Onaizorim

Siyratdagi sirlar ko‘chganda tilga, Ne go‘zal tuyg‘ular sig‘masa dilga, Ming yillik umidlar bo‘lganda sarob, Nima taskin bo‘lar kuygan ko‘ngilga?...

Muhammad Karim Soipov - Muhabbatim

Sen gul bo`lib ochilding-u, kelmading, Ko`ngil uchun bir kun gulday turmading. Ilhom kelsa, gohida sen kelmading, {x2} Muhabbatim, faqat sensan armonim. {x2}...

Ahmadjon Dadayev - Umidim qoldi

Tongda esgan sabolarda umidim qoldi, Kuylanmagan navolarda umidim qoldi. Hech xayoldan ketmas sening o`tli nigohing, Ko`zingdagi ma’nolarda umidim qoldi. {x2}...

Fikr qo'shish