Dunyodagi eng g’aroyib telefonlar

Dunyodagi eng g’aroyib telefonlar
Dunyodagi eng g’aroyib telefonlar


Uyali telefonlar bozorida muvaffaqiyat qozonish uchun ishlab chiqaruvchilar yangidan yangi g'oyalarni o’ylab topmoqdalar, qo'shimcha funktsiyalarni taklif qilib, dizaynni yangilamoqdalar. Bugungi maqolamizda esa aynan ushbu asrda sotilgan eng g’aroyib 5 ta uyali telefon haqida keltirib o’tamiz.

Samsung Serene: Didli odamlar uchun oqlangan telefon
Ushbu o'ziga xos telefon Bang & Olufsen kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Dizayni tufayli ham ko'rishga arziydi: unchalik katta bo’lmagan ekran, har qanday telefon uchun juda klassik ko’rinish va uning ustidagi ulkan tugma. Nega aynan ekran ustida? Ishlab chiquvchilarning fikriga ko'ra, shu tarzda displey "qalin" ko'rinmaydi. Samsung Sereneda an'anaviy telefon klaviaturasi o'rniga katta dumaloq tugma va uning atrofida terish tugmachalari mavjud. Telefonda sizning quloqlaringizga yoqadigan zamonaviy va odamlarni hayratda qoldiradigan ohanglar mavjud.
Hyundai MP-280: "parfyum" mobil telefon
Zamonaviy uyali telefonlar har xil funksiyalar bilan to'ldirilgan bo’ladi.  Biroq, Hyundai ijodiy g’oyalari eng kreativ imkoniyatga zamin yaratdi. "Parfyum telefon" deb ataladigan MP-280, har safar qopqoq ochilganda xushbo'y atirning bir qismini sepadi. Parfyumni telefon bilan birga keladigan maxsus shprits yordamida to'ldirish mumkin. Ushbu ajoyib telefonning narxi 1200 dollarga teng bo'lib, uni keng jamoatchilik ko'rmaganligi ham aniq.

Rossiyaning bolalar uchun yaratilgan BB-mobil telefoni
Bb-mobile nomi ostida juda katta miqdordagi keng maqsadli elektron moslamalar chiqarildi. Ular orasida bolalar uchun ham mobil telefonlar bor. Ular minimal funksiyalar va tugmalar to'plamiga ega. Har bir model o'ziga xos dizaynga ega. Qurilmaning asosiy maqsadi bolalarning xavfsizligi va nazoratini ta'minlashdir. Qurilma GPS qabul qilgichlari va tez terish tugmachasi bilan jihozlangan.
Haier Pen Telefon P7: O'zingizni Bonddek his eting!
Ushbu qurilmani ishonchli tarzda "maxfiy agentning buyumi" deb atash mumkin. Tomoshabinning josuslik filmlari orqali ko'radigan asboblari asta-sekin oddiy odam uchun mavjud bo'la boshladi. Haier Pen Phone P7 dizayni jihatidan oddiy sharikli ruchkaga o'xshaydi. Ushbu qurilma rangli ekran, kamera, ovoz yozuvi, shuningdek polifonik ohanglar to'plami bilan jihozlangan. 
Xian Yan Wang XYW 3838: Sigaret qutisi ko'rinishidagi telefon
Ba'zan xitoyliklarning fantaziyasi boyligini tan olmay iloji yo'q! Buning dalili Xian Yan Wang XYW 3838 telefonidir, u bir quti Chonghwa sigaretiga o'xshaydi. Tashqi ko'rinish nafaqat estetik, balki funktsional maqsadga ham ega. Telefon sigaret qutisi sifatida xizmat qilishi mumkin. Hammasi bo'lib, siz yettita sigaretni telefonga sig'dira olasiz. Shuningdek, qurilma  rangli ekran va kamera bilan jihozlangan.

Madrid ko’chalaridagi noodatiy piyodalar o’tish yo’lakchalari

Piyodalar o'tish yo'lakchalari deganda hammaning ko'z oldiga odatiy yo'l yo'l chiziqlar kelishi tabiiy. Biroq bugungi maqolamizda sizning e'tiboringizga biroz noodatiy bo'lgan yo'lakchalarni havola etmoqchimiz!...

Albert Eynshteynning hayot maslahatlari

Siz ehtimol inson o’z miyasining barcha manbalarini to’liq ishlatmasligi haqida eshitgan bo’lsangiz kerak. Biroq hayotda o’z qobiliyati bilan ajralib turuvchi shaxslar ham uchraydi. Bunday odamlarni biz ulug’ iste’dod sohiblari, deb ataymiz. Shunday shaxslardan biri Albert Eynshteyn bo’lgan......

ERKAKLARGA YoQADIGAN 6 IBORA

 ERKAKLARGA YoQADIGAN 6 IBORA Kompliment-maqtov va yahshi gap ayollarga xam, erkaklarga xam birday yoqimli.  Ular buni bajonidil qabul qiladir yoki bunga befarqdek  ko'rinsalar xam qalban o'zlarini mamnun va axamiyatli xis etadilar. Agar umr yo'ldoshingizning  o'ziga ishonchi yanada oshishini va munosabatlaringiz yanada yahshi bo'lishini...

Yevropaning eng sirli va daxshatli turistik maskanlari

Yevropaning turli burchakalarida joylashgan ayrim hududlar bo’ylab kezib yuradigan arvohlar, qo’rqinchli xarobalar, noma’lum insonlar tomonidan qurilgan sirli binolari bilan dong taratgan. Insonlar orasida bu kabi mistik jihatlarni safsata deb biladiganlar ham oz emas. Ammo yuragi qaynoq turistlar uchun bu kabi maskanlar eshigi doimo ochiq. Demak,...

Sajdai tilovat haqida

Qur’ondagi sajda oyatlarining birini o‘qigan va eshitgan kishiga sajda qilishlik vojib bo‘ladi. Qur’onda 14 yerda sajda oyatlari bor......

O’z tashqi qiyofasidan qoniqmaydigan 10 nafar Gollivud yulduzlari

Bizga deyarli ideal ko’rinuvchi Gollivud yulduzlari o’zlarining kamchiliklaridan uyalishi to’grisida gapirishgan. Bugungi maqolamiz orqali ko’rinishidan qoniqmaydigan Gollivud yulduzlari haqida keltirib o’tamiz....

Albert Eynshteyn haqida qiziqarli ma’lumotlar

Eng taniqli fizik Albert Eynshteyn oddiy odam bo’lmagan. Olimning asosiy ishtiyoqi nimada edi, shaxsiy hayotida qanday voqealar yuz berdi, nega u prezident bo'lmadi, olimning ko'zlari va miyasi hozir qayerda? Shu kabi savollarning javobi quyidagi maqolamizda keltirilgan. Marhamat, ular bilan tanishing!...

“Muhtasham yuz yil” serialining “Turkiya go’zali” unvoniga ega bo’lgan aktrisalari

Mazkur serialda suratga tushgan aktrisalarning aksariyati go’zallik tanlovlarida ishtirok etganlar, ulardan uchtasi esa “Turkiya go’zali” unvoni sohibiga aylangan....

Foydali nonushta formulasi

Nonushta uchun umumiy qoida mavjudmi? Bizni har qanday holatda ham ertalabki nonushtadan voz kechmaslikka undagan Amerikla va Britaniya olimlari bu savolga javobni yaqindagina taqdim etdilar. “Vaqtim yetmaydi”, “Ertalab ishtaxam yo’q”, “Semirib ketishdan qo’rqaman” yoki “yegim kelmayabdi” kabi bahonalar qabul qilinmaydi....

Ulug’bekning g’oyib bo’lgan kutubxonasi yohud Sharqning yechimi topilmagan jumbog’i

Kutubxonalar qadimda antik davr madaniyatining butun ilmini o’zida mujassam etgan manba hisoblangan. Uni donishmandlik xazinasi, fikrlar makoni deya ta’riflashar edi. Qadimda kutubxonalar ko’p bo’lgan, biroq ularning ko’pchiligi dushmanlar tomonidan yo’q qilingan, ba’zailari esa shunchalik mohirlik bilan berkitib qo’yilgan-ki, hali-hanuz topib...

Fikr qo'shish