SanJay - Karvon

SanJay - Karvon
SanJay - Karvon

SanJay - Karvon Текст песни


Karvon ko`rdim, tuyalari bo`zlab kelar,
Nor tuyada mening yorim rosa yig`lab kelar.
Menga bergan va’dalari esdan chiqib,
Ostonasi tillo yurtin ko`zlab kelar. (x2)

Karvon, yana kelar o`sha karvon,
Karvon, yana kelar o`sha karvon. (x2)
Tarim-dadim-dey, o, tarim-dadim-dey, o,
O`sha karvon, o`sha karvon.


Karvon yo`li ketganicha qizg`aldoqzor,
Yig`lamagin, yig`lagandan dunyo bezor.
O`ynab-o`ynab, kulib-kulib ketavergin,
G`amga o`zim xaridorman, o`zim bozor. (x2)

Karvon, yana kelar o`sha karvon,
Karvon, yana kelar o`sha karvon. (x2)

Peshonangga yozganidan ayrilma, yor,
Jonim chiqar, qo`shiq aytsam,
Sen qayrilma, yor, sen qayrilma, yor. (x2)

Karvon, yana kelar o`sha karvon,
Karvon, yana kelar o`sha karvon. (x2)
Kelar, kelar, kelar,
Kelar, kelar, kelar,
O`sha karvon, o`sha karvon. (x3)

O`sha karvon…

Radius 21 - Qora Bumer

Hayotda og`irni ham, yengilni ham ko`rganman, Shum bola bo`lib men, Chorsuda katta bo`lganman. Chiroylimasman, kelishmagan qaddu-qomadim, Qizlarga ne sababdan yoqaman men bilmadim....

Shahzoda - Sensiz kelmas bahorim

Bir ko’rishda xayolim olding,  Nozik qalbimni jarohatlading.  Yuragimni senga baxsh etay,  Ilk sevganim sen o’zing bo’lding....

Rayhon - Yolg’on

Nechun to’kiladi ko’z yoshlarim,  Nechun bo’ysunmas faryodim?  Nechun parishon bu xayollarim,  Nechun seni o’ylay toldim?...

Oxunjon Madaliyev - Hayot emas u

Dunyo tashvishlarini yelkangdan olmasa gar, Yo`llaring davomida yangi yo`l solmasa gar, (x2) Eng so`nggi dam ortingdan zor yig`lab qolmasa gar, Farzandim bor demagil, farzand emas u. (x2)...

Sevara Nazarkhan - Orzuim

Ushalgan pok orzuim mening, Qalbingizga jim ketaman men. Siz eng yorug’ ko’zguyim mening, Sevgim sizda aks etaman men....

Xamdam Sobirov - Yor-yor

Bilmam nechun yurak bo‘ysunmayapti, yo‘q-yo‘q, To‘xtab-to‘xtab uraverar, tanam qizib ketaverar. Esgan shamol endi esmaydi, yo‘q-yo‘q, Yomg‘ir, do‘llar yog‘averar, tanam sovib ketaverar....

Lola - Sog’indim

Bugun seni eslab, yuragim urar bedor-u zor, Sog`inaman, tunlar sensiz. Sirli nigohingdan unutib o`zim takror-takror, Baxtliman naqadar yoningda....

Rayhon - Yurak uradi

(Bum-bum-bum) ovora, (Bum-bum-bum) ovora, (Bum-bum-bum) Kunlarimiz ham o’tib ketadi,...

Shohruhxon - Shunchaki sevgi

So`zlaring negadir mos emas bir-biriga, Buni sezgandan beri yoqmas bu ko`nglimga. Sen ochiq ayt, istaging nima, nima niyating? Bilmadim meni kim deb o`ylading, sen adashding!...

Yulduz Usmonova - Taralli dalli

Ko‘nglim cho‘kdi yomon, Ko‘z yosh to‘kdim yomon. Seni sog‘indim, jonim, Omon, yomon…...

Fikr qo'shish