Karen Gafurjanov - Men seni qanday sevardim


Karen Gafurjanov - Men seni qanday sevardim Текст песни
Qanday nurli edi ishq bahorimiz,
Osmondan yulduzlar to`kilar edi.
Ayt, qachon tugadi baxt, alyorimiz?
Ayt, nechun yuraklar anduhga to`ldi?
Xayol daryosida mavjlanib oqdim,
Turmushni peshladim, dedim: kasbi-kor.
Sendan uzoqlashib, qayda uloqdim?
Muhabbatdan aziz aytgin, nima bor?
Men seni, men seni qanday sevardim,
Qanday muhabbatga oshno edi dil.
Bugun ko`ksim aro yuragim chil-chil.
Olis-olis ketdik bir-birmizdan,
O`rtada yetimdek bo`zlaydi sevgi.
Nahot, endi ayanch taqdirimizdan
Faqat armonlarni eslaydi sevgi?
Ko`kka bo`y cho`zadi faryodu-ohim,
Eslasam, o`t bo`lgan bag`rim tig`layman.
Sening zavolingda mening gunohim,
Kechirgaymi aybim Xudo, bilmayman.
Men seni, men seni qanday sevardim,
Qanday muhabbatga oshno edi dil.
Nechun baxt rishtasin uzib yubordim?
Bugun ko`ksim aro yuragim chil-chil. (x1+x1)
Nechun baxt rishtasin uzib yubordim?
Bugun ko`ksim aro yuragim chil-chil.
Izohlar 1