Faxriddin Umarov - Yor etasanmi?

Faxriddin Umarov - Yor etasanmi?
Faxriddin Umarov - Yor etasanmi?

Faxriddin Umarov - Yor etasanmi? Текст песни

Ey sevgilim, ayt,
Men xastani yor etasanmu?
Yo “xasta bu” deb,
Ishq yo`lida zor etasanmu? (x2)
Yor, yor-ey.

Yo “xasta bu” deb,
Ishq yo`lida zor etasanmu?
Yor, yor-ey.

Dillar tutashib,
Qilg`an edi ahd ila paymon.
Ayt, endi diling
Hukmini bekor etasanmu?
Jon, jon-ey.

Men dardliman-u,
Ishqim meni senga yetaklar.
Mayli meni qo`y,
Sevgini inkor etasanmu, yor-ey?

Ishq malhamidan
Tashna yurak topsa shifosin,
Sen bo`lsang
Firoq dardiga duchor etasanmu?
Yondi jon-ey.

Jo`r bo`l, go`zalim,
Xasta bu dil yoring ko`yiga.
Yo qilmay vafo,
Chin sevgini xor etasanmu?

Ey sevgilim, ayt,
Men xastani yor etasanmu?
Yo “xasta bu” deb,
Ishq yo`lida zor etasanmu?
Yor, yor-ey.

Fikr qo'shish