O'lmas Olloberganov - Qora ko’z


O'lmas Olloberganov - Qora ko’z Текст песни
Gul husni-jamolingni ko`rib savdosiman,
Sening qaddi kamolingni o`zim adosiman. (x2)
Qizlar ichida tanho, barnosi o`zing, {x2}
Qoshi kamonim, shirin so`zing gadosiman,
Mohitabonim, g`uncha labing shaydosiman.
Qora ko`zli, shirin so`zli, xayolimni olarsan,
Har zamonda nigoh tashlab, yuragimni yoqarsan. (x2)
Deb: kechayu-kunduz men sening yoring bo`larman,
Jafoni senga oz aylab, vafodoring bo`larman.
Umidim ko`p edi, yolg`iz xaridoring edim man, {x2}
Visolingga yetarman deb, firoqingda kuyarman,
Sening dardu-firoqingda devona bo`lib man.
Qora ko`zli, shirin so`zli, xayolimni olarsan,
Har zamonda nigoh tashlab, yuragimni yoqarsan. (x2)
Hijron o`tida kuydim, aqlimni yo`qotdim,
Ishqdan o`zga tashvishdan begona bo`libman.
Holimni ko`rib jonon, rahm aylamading, {x2}
O`rtab yuragim, bag`rim so`zona bo`libman,
Bulbul kabi xonishdan nolona bo`libman.
Qora ko`zli, shirin so`zli, xayolimni olarsan,
Har zamonda nigoh tashlab, yuragimni yoqarsan. (x4)