Jasur Umirov - Xo’rlandi yurak

Jasur Umirov - Xo’rlandi yurak
Jasur Umirov - Xo’rlandi yurak

Jasur Umirov - Xo’rlandi yurak Текст песни

Xo`rlandi yurak, seni unutolmayman,
Senga bo`lgan sevgim yashirolmayman.
Nahot menday sen ham tan ololmaysan?
Muzladi yurak, muzladi yurak.

Xo`rlandi yurak, meni tushunolmaysan,
Muzlagan bu qalbimni eritolmaysan.
Vaqt o`tib sen o`zingni kechirolmaysan,
Aldandi yurak, seni deb yurak.

Yor sani unutolmadim,
Yo`qligingga ko`nikolmadim.
Nahot senga erisholmadim?
Menga sen kerak, kerak!

Yor sani unutolmadim,
Yo`qligingga ko`nikolmadim.
Afsus senga erisholmadim,
Xo`rlandi yurak, yurak.

Ahvolimga qara mani,
Farishtalar uchdi mandan.
Bevafo u go`zalim
Hech ayamay kechdi mandan.

Bormidi boshginamga
Shuncha qiyin savdolari?
Muhabbat yolg`on, yolg`on!

Xo`rlandi yurak, endi kechirolmayman,
Esimda yolg`onlaring, unutolmayman.
Men ham endi muhabbating tan ololmayman,
Kechirmas yurak, men emas, yurak.
(Sensizlikdan muzladi yurak)

Yor sani unutolmadim,
Yo`qligingga ko`nikolmadim.
Nahot senga erisholmadim?
Menga sen kerak, kerak!

Yor sani unutolmadim,
Yo`qligingga ko`nikolmadim.
Afsus senga erisholmadim,
Xo`rlandi yurak, yurak.

Fikr qo'shish