Oshxonada qo’l kelishi mumkin bo’lgan kichik ayyorliklar

Oshxonada qo’l kelishi mumkin bo’lgan kichik ayyorliklar
Oshxonada qo’l kelishi mumkin bo’lgan kichik ayyorliklar


Uyga tashrif buyurgan mehmon sizni qay darajada ozodaligingini oshxonangizga qarab bemalol bilib olishi va sizga baho berishi mumkin. Bu borada bekalar uchun beriladigan bir nechta foydali maslahatlar zarar qilmaydi. Marhamat ular bilan tanishing!

1. Qovoq, kabachki va boshqa shu kabi mahsulotlarni ichidagi tuxumlaridan tozalashda maxsus muzqaymoq qoshiqchasidan foydalaning, qoshiqcha sabzavotlar ichini tozalash bilan bir qatorda ularga ajoyib ko’rinish baxsh etadi.

2. Tayyorlagan taomingiz keragidan ortiq yog’li bo’lib ketdimi, bunda sizga muz bo’lakchasi va qog’oz sochiq yordam beradi. Muz parchasini sochiqcha ichiga solib, uni ovqat ustiga qo’ying, muz bo’lagi ortiqcha yog’larni o’ziga tortib oladi.
3. Oziq-ovqatlar uchun mo’ljallangan plyonkani sovitkichda saqlang, bu borada dunyoning bosh oshpazlari shunday qilishadi, chunki sovitkichda turgan plyonkadan foydalanish osonroq bo’ladi.


4. Apelsin yoki mandarin po’stlog’ini tozalashni yoqtirmaydiganlar uchun oson yo’l, ushbu mevalarni tozalashdan oldin mikroto’lqinli pechga 20 soniyaga qo’ying, shunda ularning po’stini tozalash oson bo’ladi.
5. Qaynatilgan tuxumni qiyinchiliksiz tozalash uchun uni qaynayotgan paytda suvning ichiga biroz soda yoki sirka solib yuboring.

6. Limondan ko’proq sharbat tayyorlashni istasangiz, ularni oldin muzlating, so’ngra 15-20 soniyaga mikroto’lqinli pechga qo’ying.
7. Pishloqni qirg’ichdan o’tkazishda qiyinchilik bo’lmasligi uchun uni ishlatishdan oldin 30 daqiqaga muzlatkichga qo’ying.

8. To’g’rayotgan piyozingiz ko’zlarni yoshlatmasligi uchun ham 30 daqiqa muzlatkichdan foydalaning.

9. Makaron pishishini qozon oldida kutib turish shart emas, shunchaki qaynatayotgan makaron idish ustiga yog’och qoshiq qo’ying va boshqa ishlar bilan shug’ullanavering, yog’och makaron qaynayotgan suvning idishidan toshib ketmasligini ta’minlaydi.
10. Tayyorlagan kekslaringiz uchun mo’ljallangan maxsus tag qog’ozlari o’rniga pergament qog’ozlaridan foydalaning, bu kekslarning yanada chiroyli ko’rinishga ega bo’lishiga ham yordam beradi.

11. Pitsa yoki shu kabi pishiriqlarni mikrotolqinli pechda pishirish uchun ularning yaqiniga stakanda suv quyib qo’ying, bu pishiriqlarni quruq bo’lib qolishidan saqlaydi.

12. Ko’katlarni o’z holida saqlab qo’yish uchun ularni muz bo’lakchasi shaklida muzlating, so’ngra ulardan xohlagan paytingiz foydalanishingiz mumkin.

Bundan 67 yil muqaddam yangi davr boshlandi

1957-yil 4-oktyabrda insoniyat aql bovar qilmas sakrashni amalga oshirdi! To‘rtta radio antennali mitti metall sharcha bo‘lgan "Sputnik-1" kosmik kemasi kosmosga yo‘l oldi va Yerning birinchi sun’iy yo‘ldoshi bo‘ldi......

MUBORAK QADR KECHASI

MUBORAK QADR KECHASI Azizlar, bugun 25 may, shanba, Ramazon oyi ohirgi o'n kunligining birinchi toq, ya'ni 21-kechasidir.  Shu bugungi toq kechadan boshlab qolgan toq kechalari xam shom namozidan bomdod namoziga qadar biz, mo'min-musulmonlar imkon qadar bedor bo'lib, ibodat bilan shug'ullanishimiz zarur. Qadr kechasi Ramazon oyi ohirgi o'n...

Asl vazifasi boshqacha bo’lgan va bu haqida siz bilmagan narsalar

Biz e’tibor bermaydigan ayrim narsalar o’z vazifalariga ega. Ular haqida bilib olishimiz esa hayotimizni yengillashtirishi aniq!...

XX asrning birinchi yarmidagi eng kassabop bo’lgan film haqida 6 ta qiziqarli ma’lumot

Margaret Mitchellning kariyerasidagi yagona va muvaffaqiyatli kitob "Shamollarda qolgan hislarim". Rejissyorlar Viktor Fleming, Jorj Kukor va Sem Vud tomonidan suratga olingan film juda ajoyib kassa, ko'plab "Oskar" mukofotlarini qo'lga kiritdi va kinoteatrlarga tashrif buyurish bo'yicha barcha rekordlarni yangiladi....

Abu Xurayra roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi

Abu Xurayra roziyalloxu anxudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollalloxu alayxi vasallam shunday dedilar: «Qachon uyingdan chiqsang, ikki rak'at namoz o'qib ol. Bu ikki rak'at chiqishdagi yomonlikni sendan to'sadi. (Safardan kelib) uyingga kirishdan oldin xam ikki rak'at namoz o'qib ol. Bu ikki rak'at kirishdagi yomonlikni sendan to'sadi». Imom Bayxaqiy...

Havodagi changni tozlash mumkinmi?

Poldagi changni tozalab olish havodagi mayda zarralarni tozalashdan ancha osonroq ekani barchaga ma’lum. Faraz qiling, uzoq safarga ketish uchun hozirlik ko’ryapsiz. Qaytganingizdan so’ng toza uyda hordiq chiqarish maqsadida xonadoningizni yog’ tushsa yalagudek qilib tartibga keltirdingiz. Safardan qaytgach, barcha deraza va eshiklarning yopiq...

Hech kim o'ynashni xohlamagan biroq haqiqiy shedevrga aylangan 12 ta rol

Aktyorlar Gollivud rollari uchun o'zaro kurash olib borishadi va kasting uchun uzoq navbatda turishadi degan stereotip mavjud. Rejissyorlar va prodyuserlar san’atkolarning san'at uchun qilgan qurbonliklari haqida hikoya qilishni yaxshi ko'radilar. Ammo aslida, mashhur aktyorlar tark etgan, keyinchalik kultga aylangan ko'plab rollar mavjud....

Dunyodagi eng chiroylik va romantik joylar

Biz ko'plab shaharlar va joylarni romantikaga bog'laymiz. Ushbu to'plamda siz sayyoradagi eng romantik joylar haqida bilib olasiz. Ushbu fotosuratlardagi har qanday joy romantik sayohat uchun idealdir....

Konditsionerdan foydalanganda nimalarga ahamiyat berish kerak?

Yozning jazirama kunlari boshlanishi bilan havoni mo’tadillashtirib, tanaga huzur bag’ishlovchi konditsionerning juda ko’pchilikka manzur bo’lishiga shak-shubxa yo’q. Lekin undan to’g’ri foydalanishni bilmaydigan kishilar sog’liqlaridan shikoyat qilishlari ham hech gap emas. Konditsionerdan foydalanish borasida quyidagi yo’l-yo’riqlarimiz sizga...

RO‘ZA TUTISH (OG‘IZ YOPISH) DUOSI

Ro‘za tutish (saharlik, og‘iz yopish) duosi نَوَيْتُ أَنْ أَصُومَ صَوْمَ شَهْرَ رَمَضَانَ مِنَ الْفَجْرِ إِلَى الْمَغْرِبِ، خَالِصًا لِلهِ تَعَالَى أَللهُ أَكْبَرُ Navaytu an asuvma sovma shahro ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta'aalaa, Allohu akbar. Ma'nosi: Ramazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botguncha tutmoqni niyat...

Fikr qo'shish