O’rik va uning foydali jihatlari

O’rik va uning foydali jihatlari
O’rik va uning foydali jihatlari


O’rikning yangi uzilgan, quritilgan, ishlov berilgan ko’rinishlarida ishlatish insonning umumiy holatiga o’z ijobiy aksini ko’rsatadi. Ayniqsa, yurak-qon tomir kasalliklari, oshqozon ichak tarakti va ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi insonlar o’rikka jiddiy e’tibor qaratishlari tavsiya etiladi.

Vazn ortib ketganida o’rikni parxez mahsuloti sifatida iste’mol qilish zarur. Butunjahon dietologlari o’rikni moddalar almashinuvi va ovqat hazm qilish jarayoni uchun juda foydali mahsulot degan umumiy fikrga keldilar.

Har kuni meva donalarida 100 gr iste’mol qilinganda muntazam ich kelishini ta’minlash va ichaklardagi gazdan halos bo’lish mumkin. O’z tarkibida yuqori miqdorda temir moddasini saqlagani bois o’rik qon ko’payishi jarayoniga ta’sir ko’rsatadi va 250 gr meva donalari jigarga yordam beradi.
Miyaning faol ishlashi uchun magniy va fosforga boy meva donalari zarur. Tarkibidagi magniy esa ko’tarilgan qon bosimini pasaytiradi. Agar gipertoniyadan aziyat cheksangiz, pishib yetilgan mavsumda iloji boricha ko’proq iste’mol qiling.


Asab-mushak ta’sirchanligida ularni o’z xoliga keltirish uchun o’rik tarkibida ko’p miqdorda mavjud bo’lgan kalsiy zarur. Shu tufayli bu borada meva donalari davolovchi vosita sifatida hizmat qilishi mumkin.
O’rik mevalari tarkibidagi 10,5 foiz shakar o’ziga hos mayin ta’mni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, unda inulin, olma, limon, tabiiy vino kislotasi, dubil moddalari, kraxmal, pektin mavjud bo’lib, ular organizmdagi ortiqcha xolesterin va zaharli mahsulotlar almashinuvini yo’qotadi.
O’rik iste’mol qilish mumkin bo’lmagan holatlar:
Tarkibida katta miqdorda saxaroza saqlovchi o’rik mevasini qandli diabet kasalligida iste’mol qilish mumkin emas.

Uni gipotirioz xastaligida ( qalqonsimon bez vazifalarining pasayishi) va gepatit (jigar yallig’lanishi kasalliklarida) qo’llash tavsiya etilmaydi. Bu holatlarda o’rik tarkibidagi A provitomini va karotin organizmda singmaydi.

O’rik danagining mag’zini yeb lazzatlanish uchun emas, uning tarkibida glikozid amigdalin bo’lib, u ichakda yorilib, to’qimalar uchun o’ta kuchli zahar hisoblangankislota hosil qiladi. O’rik mag’izlari og’ir zaharlanishga sabab bo’lishi mumkin. Dorivor maqsadlarda uning kunlik meyori 20 gr ni tashkil etadi.
O’rik qaynatmasi
Quruq mevalar ichidan yoqimli mazaga ega turshakni tanlaganingiz ma’qul. Quritilgan o’rik tarkibida kaliy tuzlari yangi uzilgan mevalarga nisbatan olti barobar ko’proq bo’ladi. Buning sharofati bilan o’rik yurak-qon tomir kasalliklarida, ayniqsa aritmiya va yurak yetishmovchiligida yordam beradi.

Ertaknamo Monako knyazligining diqqatga sazovor maskanlari va u haqidagi qiziqarli ma’lumotlar

Monako knyazligi - Janubiy Yevropada, O’rta dengiz sohilidagi davlat. Poytaxti – Monako shaxri bo’lib, knyazlikda asosan, monegasklar, italyanlar yashaydi....

Uydan chiqmay turib xorijiy til o‘rganish uchun zarur tavsiyalar

Ayni vaqtlari karantin sharoitida vaqtingizni samarali va foydali usulda sarflash fikriga qanday qaraysiz? Buning uchun chet tillarining birini tanlab olish va uni o‘rganishga kirishishni tavsiya etamiz......

Kichkintoylar haqidagi qiziqarli faktlar

Bolalar hayotimizni aytib bo'lmaydigan darajada zavq-u shavqqa to’ldirishadi. Ularsiz hayotni tassavur qilib bo’lmaydi. Birgina tabassumi bilan hayotimizni nurga to’ldirishga qodir ushbu mittivoylar haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni sizga taqdim etish istagidamiz. Marhamat ular bilan tanishing!......

Bill Geytsning bolaligi tog’risida qiziqarli 8 fakt

1975 yilda Bill Geyts Microsoftga asos solib, bu butun dunyoga katta ta'sir ko'rsatdi. Geyts sayyoradagi eng boy va eng obro'li odamlardan biri bo'lib, xayriya ishlariga ehson qilish bo'yicha rekord o'rnatmoqda. Biz sizni afsonaviy shaxsning bolaligi haqidagi qiziqarli ma'lumotlar bilan tanishib chiqishga taklif qilamiz....

Go’zallik tanlovi g’oliblari kundalik hayotda qanday ko’rinishadi?

Bugungi maqolamizda turli go'zallik tanlovlarining g'oliblarini oddiy hayotda olingan fotosuratlariga qarab baholashingiz mumkin....

Dunyodagi eng yuqoriga ko’tariluvchi Baylong lifti

Dunyoda inson qo’li bilan yaratilgan bir qancha liftlar borki, ularni ko’rinishi, shakli, vazifasi ko’pchilikni hayratda qoldiradi. Biz bugungi maqolamiz orqali shunday ajoyib kashfiyotlardan biri bo’lgan eng baland lift haqida sizga aytib o’tmoqchimiz....

Uydagi suvaraklardan samarali halos bo’lish yo’llari

Tunda qorningiz ochqab, oshxonaga chiqdingiz-u, kutilmagan mehmonar tashrifidan tabingiz hira bo’ldi. Suvaraklar! Boz ustiga suvaraklar tatib ko’rgan yeguliklarni tashlab yuborishdan o’zga chora ham yo’q! Shunday ekan quyidagi maslaxatlarimizning bari ushbu zararkunandalarni daf qilish borasida bo’ladi....

Turk seriallarining yulduzlari: Turkiyadagi eng mashhur chexralar

Turkiya qiziqarli va yuqori sifatli seriallar bilan mashhurdir. Muvaffaqiyatli rollar tufayli iste'dodli aktyorlar mamlakat tashqarisida ham taniqli bo'ldilar. Har yili ekranda yangi filmlar paydo bo'ladi, ularning ko'pi yuqori reyting va kassa bilan ajralib turadi......

O’rik mevasining foydali hususiyatlari

Tarkibida qand miqdori ko’p bo’lsa-da, o’rik kam kaloriyali meva sanaladi. Ozish istagida bo’lganlarga ham o’rik iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ko’pchillikka ma’lumki, yurak qon tomir kasalliklari bilan og’riganlarga o’rik tavsiya etiladi. Ushbu meva tarkibidagi mikroelementlar yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi....

XX asrning birinchi yarmidagi eng kassabop bo’lgan film haqida 6 ta qiziqarli ma’lumot

Margaret Mitchellning kariyerasidagi yagona va muvaffaqiyatli kitob "Shamollarda qolgan hislarim". Rejissyorlar Viktor Fleming, Jorj Kukor va Sem Vud tomonidan suratga olingan film juda ajoyib kassa, ko'plab "Oskar" mukofotlarini qo'lga kiritdi va kinoteatrlarga tashrif buyurish bo'yicha barcha rekordlarni yangiladi....

Fikr qo'shish