O‘g‘ildek ne’matni berganda Xudo uzbekcha she'r

O‘g‘ildek ne’matni berganda Xudo
O‘g‘ildek ne’matni berganda Xudo

O‘g‘ildek ne’matni berganda Xudo
Davlatni boshingdan sochib, suyarkan
Qizaloqni bandaga aylasa ravo
Jannat eshiklarin ochib qo‘yarkan

Qiz ko‘rdim deb kuyinma erkak
Qiz Otani jondan suyarkan
Dard cheksang yuragi bo‘larkan bo‘lak
Jilmayishing uchun xandon kularkan

Qiz tug‘ding deb, ayoling ko‘nglin o‘ksitma
Shirin qizchang ko‘ziga yoshlar to‘larkan
Alloxning hadyasin norozi etma
Nomus oring shu go‘zal qizing bo‘larkan

O‘g‘lingni ustun deb bilma qizingdan
O‘g‘ildan ba’zida qizlar o‘zarkan
O‘g‘ling qolib, kizing yursa izingdan
Xalk ichra joyingni to‘rda qilarkan

Qizni qiz deb kamsitib bo‘lmas
Onang kabi goxda mehr berarkan.
O‘g‘illar yoningda gohida bo‘lmas,
Qizing o‘lsang hamki yo‘klab turarkan.

"Otalar so‘zi"dan.



Fikr qo'shish