Qong'iroq


Muhim ish yuzasidan uch kunga safarga chiqishimga to‘g‘ri keldi.
Uylanganimga uch yil bo‘libdiki, ayolim va o‘g‘limdan uzoqda bo‘lishga o‘rganmagan, ulardan hech ham ayrilmagandim.
Ular ham shunday.
Shuning uchun chet elga yetib borishim bilan uyga qo‘ng‘iroq qildim. Lekin qo‘ng‘irog‘imga kimsa javob bermadi. Uch kun ichida telefonim qo‘limdan tushmadi. Har o‘n besh - yigirma daqiqada qo‘ng‘iroq qilaverdim. Javob bo‘lmasdi. Aqldan oza yozdim. Akam, opamga bog‘lanib uyimdagilardan xabar olishlarini iltimos qildim. Ular hammasi joyida ekanligini bildirishdi. Ishonmadim.
Nima uchun javob berishmaydi unda? Qaynonam bilan bog‘landim. Xotirjam bo‘lishimni tayinladi. Ayolimga qo‘ng‘irog‘ini kutayotganimni aytib qo‘yishini bildirdi.
Lekin ayolim qo‘ng‘iroq qilmadi.
Bu uch kun xuddi uch oydek o‘tdi, go‘yo. Gohi g‘azabim kelar, gohi uning bu ishini tushnishga aqlim yetmay qolardi. Xayolimga xar xil bo‘lmag‘ur fikrlar keldi. Kunlar o‘tib, shahrimga qaytdim. Vatanimga uchoq qo‘nishi bilan uyim tomon shoshildim. Xavotirim kuchliligidan bir qo‘lim bilan qo‘ng‘iroqni bosar, biri bilan eshikni qatiq - qatiq qoqardim.
Ayolim eshikni ochdi. Hayratim oshdi. U pardoz - andozini qilib, orasta liboslarda, har doimgidek xotirjam, chiroyli kutib oldi. Orqasidan o‘g‘lim chiqib, quchog‘imga olishimni kutib sakrardi!
Men esa, qotib qolgan, uning bu ishining sababini bilmas edim. Bu qilig‘idan g‘azab tuyar, tinch ekanliklaridan xursand, ayni jahl va hayrat orasida edim.
Undan:
- Nimaga bunday qilding? Men safarimni oxirigacha kutmay qaytmoqchi bo‘ldim. Har xil xayolga bordim axir?! Nima qiliq bu? - dedim.
U:
- Onangizga qo‘rg‘iroq qildingizmi? - dedi. Gapiga tushunmadim.
- Gapingga tushunmadim. Yo‘q, yo‘q, yo‘q, men seni onang bilan bog‘landim. Sizlar haqingizda xabar olish uchun, - dedim. U:
- Shu uch kun ichida qalbingizdan nimalar o‘tganini o‘zingiz bildingiz. Mana shu hislar, onangizda ham bor. Siz ularga kunlab qo‘ng‘iroq qilmaysiz. Ovozlarini eshitmaysiz. Ular sizni sog‘inib, qidirib qolsalargina bog‘lanasiz. Ularni ham sog‘inch ezadi. Uzoq yo‘qlamay qolsangiz, ular ham xal xir xayolga boradilar. Sizga nechi marta tanbeh berdim! Foydasi bo‘lmadi. Oxiri bu safaringiz menga qo‘l keldi. Meni to‘g‘ri tushuning, azizim, - dedi.
Aqli menda ko‘p ayolimdan xijolat bo‘lib boshimni egdim. U menga ulkan, unutilmas saboq bergandi.
U moshina kalitini qo‘limga berib, qulog‘imga:
- Jannatingiz sizni kutmoqdalar! - deb pichirladi.
Men mehribon onajonim tomon qanot qoqdim.
Dono ayolimdan juda minnatdor bo‘ldim. So‘nggi pushmon bilan qolishimdan oldin ko‘zlarimni ochib qo‘ydi.
Shunday zakiy, dono ayolim borligiga shukur!
Uni tarbiyalagan onasiga ming tashakkur!
Shunday kelinni tanlagan onamga cheksiz rahmat!
G‘aflatdan uyg‘otgan, O‘z rahmatini yog‘dirgan Robbimga shukur!
Xulosa
💠 Mening, sizning onalarimiz - bu dunyodagi jannatimizdirlar. Telefon orqali bo‘lsa ham, ulardan har kuni xabar olishni unutmang!
💠 Ularning qalblari har lahza bizni qo‘msaydi, bizni o‘ylaydilar. Bizni bezovta qilishdan, jerkib berishmizdan qo‘rqib, qo‘ng‘iroq qilmaydilar.
💠 Eringiz, ayolingizga onalar hayotning xazinasi, dunyoning jannati ekanliklarini his qildiring, o‘rgating! Ularga yaxshilik qilishdan bir - biringizni to‘smang!
💠 Ayollaringizga ota - onalariga soliha farzand bo‘lishlarida ko‘maklashing! Bu yaxshiligingiz zoye ketmaydi!
💠 Hech narsa foyda bermaydigan yaqin daqiqa, yaqin kunlarda o‘z bolalaringizdan qaytadi.
Izohlar 2