Sabr jannatga yo‘ldir

Sabr jannatga yo‘ldir
Sabr jannatga yo‘ldir


Yigirma yoshda edim. Ustozim bilan bir kitob o‘qidik. Nomi yodimdan ko‘tarilgan, arab tilidagi she’riy kitobning mazmuni bunday edi: o‘n uch yoshli qiz og‘ir kasallikka chalinadi. Iztirobda qolgan onaizor qiziga buni bildirmaslik uchun, qo‘lidan nima kelsa, qiladi. Lekin kun kelib haqiqatni bilgan qiz onasiga dil so‘zlarini bunday bayon qiladi: “Onajon, siz meni yaxshi ko‘rasiz, men ham sizni yaxshi ko‘raman. Meni yaratgan Rabbimni esa hammadan ortiq yaxshi ko‘raman. Siz meni dunyoga keltirdingiz, voyaga yetkazdingiz.

Olam-olam yaxshi tilaklar bilan, chiroyli kiyimlarda kuyovga uzatish orzusida edingiz. Endi bizlarni yo‘qdan bor qilgan, O‘zini yanada yaqinroq tanitish uchun shu sinov-dardni bergan mehribon va rahmli Zot huzuriga oq libosda kuzatsangiz, xursand bo‘lmaysizmi, onajon?
Sabrli bandalariga jannatni va’da etgan va so‘ziga xilof qilmaydigan Alloh taolo imtihonlaridan chiroyli o‘tsak, go‘zal mukofotlar bilan siylaydi, inshaalloh.

Yig‘lamang, onajon! Hammamizning ham bu dunyodan ketar kunimiz bor. O‘zingiz ko‘p takrorlaydigan oyati karimani eslang: “Har bir jon o‘limning totuvchisidir...” (Anbiyo, 35). Duo qiling, o‘lim farishtasi chiroyli holatda kelsin. So‘nggi so‘zim imon kalimalari bo‘lishini Alloxdan so‘rang, onajon!”

Onaizor bu haq so‘zlar qoshida nima deyishini bilmaydi, jimgina yig‘lab o‘tiradi. Vaqt-soati kelib, jigarporasini chiroyli holatda so‘nggi safarga kuzatadi. Sabr va umid bilan jannatlarda birga qilishini so‘rab, Alloh taologa duo qiladi...
Kitobni ko‘zda yosh bilan o‘qib chiqqan edik. Yoshligimda o‘qigan asarlarimning hammasidan ko‘ra shunisi ko‘proq yodimda qolgan. Buning ham hikmati bor ekan – oradan o‘ttiz yil o‘tib boshimga o‘sha asardagi onaning kuni tushdi. Farzandimdan ayrildim.
Qizim o‘zining bu dunyodan ketishini bilib-sezib yursa ham, meni avaylagan, onamni qo‘rqitib yubormay, deb dardini ichga yutgan ekan. O‘limidan bir haftacha oldin: “Onajon, endi sizni xafa qilmayman, shod-xurram yayrab yashaymiz. Onaning mehri baribir boshqacha-da”, deb qoldi. Men turmushga chiqishidan oldin meni tinchlantiryapti, o‘zini boshqa oilaga ko‘niktiryapti, deb o‘yladim (bir joyga uzatishga rozilik bergan edik). Qizim esa shu tarzda mendan, boshqa yaqinlaridan rozilik so‘rab olgan ekan.

Yuragi oldin ham bir-ikki marta bezovta qilgan edi. Dardini yengil sanagan, umri oxirlab qolganini sezmagan ekanman. Yuragi yana xuruj qildi. Kichik qizim va o‘g‘lim Yosin surasini o‘qiy boshlashdi. Shunda ham yaxshi bo‘lib qolar, deb umid qildim. Qizimning oxirgi kalimasi: “Salamun qovlammir-robbir-rohiym”, ya’ni, (Ularga) rahmli Parvardigor (tomoni)dan salom (aytilur)” (Yosin, 58), bo‘ldi...

Ayriliq azobi ichra dod solgim kelardi. Ammo Allohning taqdiriga rozi bo‘lib, ajru savoblar olinadigan vaqtda nolish mo‘minlik o‘lchovlariga to‘g‘ri kelmaydi. “Inna lillahi va inna ilayhi roji’un” kalimasiga tilim zo‘rg‘a aylanardi. Og‘ir sinovning iztiroblari bir tomon, Alloh roziligini topish uchun bu musibatga sabr qilishim kerakligi haqidagi o‘ylar bir tomon... Yuragim yonar, o‘rtanar, ko‘zlarimda yosh bilan sabr, kuch-quvvat so‘rab duo qilardim. G‘am kuchini ko‘rsatdi, hushimdan ketdim. O‘zimga kelganimdan so‘ng xayrlashish uchun olib kirishdi. Qizim chiroyli holatda yotar, go‘yo uxlayotgandek edi. Bolasini kafan ichra ko‘rish ona uchun chidab bo‘lmas holat. Ammo duolarim ijobatimi, sabrning kuchi nimalarga qodir ekanini o‘sha paytda his qildim. Ko‘zimdagi yosh tindi. Tilimga so‘zlar quyilib kela boshladi:
“Bolam, Alloh taolo senga bu dunyoda ona bo‘lishni menga nasib etdi, oxiratdagi onalaring Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) pokiza zavjalari bo‘lsin. Rabbim seni menga berib, 25 yil xursand qildi. Senga O‘zini, Payg‘ambarini (sollallohu alayhi va sallam) tanish, Qur’onni xatm qilish saodatini berdi.

Bu dunyoda yetmagan orzularingga oxiratda yetgin. Jannatlarda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) kutib olsinlar... Safaring bexatar, savol-javoblarga tillaring burro bo‘lsin. Diydor qiyomatga qoldi, bolam. Ilohim, menga jannatlarda peshvoz chiqqin...”

Jumbok 8 qism

Chulok oyok kuli boglangan holda Utirardi oradan chamasi turt yoki Besh soatlar utgan Edi Samshod Ovkat olib kelib Chulokni oyok Kulini bushatib ol sovimasdan Deb ol dedi Chulokka......

Eng buyuk boylik

Tabassum qilib turgan birodaring, Yaxshilikni his ettirgan do‘sting va vujudingdagi sihhatlikdir. 🍃 Ko‘nglingga balolar kelganda tabassum ila qarshila. Shukr va sabrni o‘rganayotgan ekansan qo‘rqma! Senga rizo maqomi yaqindir......

O'g'il Otaga bo'lgan mehri

Otasi qo'y go'shtidan tayyorlangan kabobni juda yahshi ko'rardi. Buni bilgan o'g'il U kishini yahshi bir oshhonaga olib boribdi... avvaliga OTA kabobini o'zi yeyishga harakat qilibdi... har safar ovqatini og'ziga olib borganida qariligi sababli qo'llari titrab taomi soqoliyu atrofiga to'kilibdi......

Kuchlikdan ham kuchli bor

Judayam chiroyli, qomatlari kelishgan yosh qiz kuchli, gavdali, navqiron yigit bilan ketayotgan edi. Ulardan oldinroqda, keksa, qaltiroq kasalga chalingan chol zo‘rg‘a gandiraklab yurib borardi....

Temuriylar elchilari chin hoqoni huzurida

O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi diplomatik aloqalar tarixi olis asrlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalar bundan ming yillar avval ham xalqlarimiz o`rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy sohalardagi aloqalar taraqqiy etganini ko`rsatadi. Naqqoshdan chiqqan elchi Temuriylar hukmronligi davrida Xitoy bilan diplomatik aloqalar yanada...

Yolgonchi onamni sog'indim

Sakkiz yoshli bolajonning onasi vafot etishi bilan dadasi farzandini yolg'iz qolishidan qo'rqib, ona mexridan ayrilib qiynalib qolmasin, deb boshqa ayolga uylanishga majbur bo'ldi......

Hikoya: Teskari taqdirlar kurashi

Kasalxona hovlisi kechagi tushgan qirovdan so'ng yanada sokin ko'rinish olgandi. Kech kuzakning olovrang to'shanchisi yanada qalinlashgan, garchi ertalabdan quyosh borliqqa tillarang tolalarini ulashayotgan bo'lsa-da, atrofda quvnoqlikdan ko'ra og'ir sukunat saqlanib turar, borliq go'yo vazminlik va donishmand bir ruhiyat saltanati izmida edi....

KELINOYI… (Hikoya)

Sherali qizchasini ayvonda erkalab o'tirgan Buvsaraga yer ostidan boqarkan, yuragi hapriqib-hapriqib ketar, shayton uni kennoyisi tomon chorlab, quchishga, erkalashga undardi. «Nimalar bo'layapti o'zi? — o'z uyi, ichkarida supur-sidir qilish bilan band xotini Madinaga o'g'rincha ko'z tashlab o'ylardi u. — Akamning xotinini yaxshi ko'rsam, o'z...

Asli qora - oqarmas!

Yoshim o'ttizda, oliy ma'lumotliman. Uchta farzandim bor. Turmush o'rtog'im bilan sevishib turmush qurganmiz. Ammo... Rostini aytsam, bu dunyoda sevgi-muhabbat yo'q ekan. Kishi "sevdim", deya parvonaga o'xshab aldanib, qanotini kuydirib qo'yganini o'zi bilmay ham qolar ekan....

Ibratli vokea

Bir yigit yosh qizga uylanibdi. Urfga ko'ra yigit do'stlarini uyiga chaqirib mexmon qilmoqchi bo'ladi. U bozordan......

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Bchjfjfjfigkvlbkcjfkgk
    Bchjfjfjfigkvlbkcjfkgk 21 мая 2020 17:05
    Vjbbllvjufjgkvkjc gohojfi,igiuruglgiut

Fikr qo'shish