Sabr jannatga yo‘ldir

Sabr jannatga yo‘ldir
Sabr jannatga yo‘ldir


Yigirma yoshda edim. Ustozim bilan bir kitob o‘qidik. Nomi yodimdan ko‘tarilgan, arab tilidagi she’riy kitobning mazmuni bunday edi: o‘n uch yoshli qiz og‘ir kasallikka chalinadi. Iztirobda qolgan onaizor qiziga buni bildirmaslik uchun, qo‘lidan nima kelsa, qiladi. Lekin kun kelib haqiqatni bilgan qiz onasiga dil so‘zlarini bunday bayon qiladi: “Onajon, siz meni yaxshi ko‘rasiz, men ham sizni yaxshi ko‘raman. Meni yaratgan Rabbimni esa hammadan ortiq yaxshi ko‘raman. Siz meni dunyoga keltirdingiz, voyaga yetkazdingiz.

Olam-olam yaxshi tilaklar bilan, chiroyli kiyimlarda kuyovga uzatish orzusida edingiz. Endi bizlarni yo‘qdan bor qilgan, O‘zini yanada yaqinroq tanitish uchun shu sinov-dardni bergan mehribon va rahmli Zot huzuriga oq libosda kuzatsangiz, xursand bo‘lmaysizmi, onajon?
Sabrli bandalariga jannatni va’da etgan va so‘ziga xilof qilmaydigan Alloh taolo imtihonlaridan chiroyli o‘tsak, go‘zal mukofotlar bilan siylaydi, inshaalloh.

Yig‘lamang, onajon! Hammamizning ham bu dunyodan ketar kunimiz bor. O‘zingiz ko‘p takrorlaydigan oyati karimani eslang: “Har bir jon o‘limning totuvchisidir...” (Anbiyo, 35). Duo qiling, o‘lim farishtasi chiroyli holatda kelsin. So‘nggi so‘zim imon kalimalari bo‘lishini Alloxdan so‘rang, onajon!”

Onaizor bu haq so‘zlar qoshida nima deyishini bilmaydi, jimgina yig‘lab o‘tiradi. Vaqt-soati kelib, jigarporasini chiroyli holatda so‘nggi safarga kuzatadi. Sabr va umid bilan jannatlarda birga qilishini so‘rab, Alloh taologa duo qiladi...

Kitobni ko‘zda yosh bilan o‘qib chiqqan edik. Yoshligimda o‘qigan asarlarimning hammasidan ko‘ra shunisi ko‘proq yodimda qolgan. Buning ham hikmati bor ekan – oradan o‘ttiz yil o‘tib boshimga o‘sha asardagi onaning kuni tushdi. Farzandimdan ayrildim.
Qizim o‘zining bu dunyodan ketishini bilib-sezib yursa ham, meni avaylagan, onamni qo‘rqitib yubormay, deb dardini ichga yutgan ekan. O‘limidan bir haftacha oldin: “Onajon, endi sizni xafa qilmayman, shod-xurram yayrab yashaymiz. Onaning mehri baribir boshqacha-da”, deb qoldi. Men turmushga chiqishidan oldin meni tinchlantiryapti, o‘zini boshqa oilaga ko‘niktiryapti, deb o‘yladim (bir joyga uzatishga rozilik bergan edik). Qizim esa shu tarzda mendan, boshqa yaqinlaridan rozilik so‘rab olgan ekan.

Yuragi oldin ham bir-ikki marta bezovta qilgan edi. Dardini yengil sanagan, umri oxirlab qolganini sezmagan ekanman. Yuragi yana xuruj qildi. Kichik qizim va o‘g‘lim Yosin surasini o‘qiy boshlashdi. Shunda ham yaxshi bo‘lib qolar, deb umid qildim. Qizimning oxirgi kalimasi: “Salamun qovlammir-robbir-rohiym”, ya’ni, (Ularga) rahmli Parvardigor (tomoni)dan salom (aytilur)” (Yosin, 58), bo‘ldi...

Ayriliq azobi ichra dod solgim kelardi. Ammo Allohning taqdiriga rozi bo‘lib, ajru savoblar olinadigan vaqtda nolish mo‘minlik o‘lchovlariga to‘g‘ri kelmaydi. “Inna lillahi va inna ilayhi roji’un” kalimasiga tilim zo‘rg‘a aylanardi. Og‘ir sinovning iztiroblari bir tomon, Alloh roziligini topish uchun bu musibatga sabr qilishim kerakligi haqidagi o‘ylar bir tomon... Yuragim yonar, o‘rtanar, ko‘zlarimda yosh bilan sabr, kuch-quvvat so‘rab duo qilardim. G‘am kuchini ko‘rsatdi, hushimdan ketdim. O‘zimga kelganimdan so‘ng xayrlashish uchun olib kirishdi. Qizim chiroyli holatda yotar, go‘yo uxlayotgandek edi. Bolasini kafan ichra ko‘rish ona uchun chidab bo‘lmas holat. Ammo duolarim ijobatimi, sabrning kuchi nimalarga qodir ekanini o‘sha paytda his qildim. Ko‘zimdagi yosh tindi. Tilimga so‘zlar quyilib kela boshladi:
“Bolam, Alloh taolo senga bu dunyoda ona bo‘lishni menga nasib etdi, oxiratdagi onalaring Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) pokiza zavjalari bo‘lsin. Rabbim seni menga berib, 25 yil xursand qildi. Senga O‘zini, Payg‘ambarini (sollallohu alayhi va sallam) tanish, Qur’onni xatm qilish saodatini berdi.

Bu dunyoda yetmagan orzularingga oxiratda yetgin. Jannatlarda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) kutib olsinlar... Safaring bexatar, savol-javoblarga tillaring burro bo‘lsin. Diydor qiyomatga qoldi, bolam. Ilohim, menga jannatlarda peshvoz chiqqin...”

Amerika polisiyasi

Amerikaga endi kelgan vaqtimda eskiroq mashinada yurardim. O'zbekistondan olgan xaydovchilik guvoxnomam bilan. Uch......

Armon (ayanchli hikoya)

Kichikligimda ota-onam o'tib ketishgan. Akam menga xam ota, xam ona o'rnida edi. Qiynalib-qiynalib meni......

Xar ayolning boshida ro'moli bo'lsin...

Kunlarning birida ikki yosh avtobusga chiqishdi. Ular chamasi 25-30 yoshlardagi yigit va uning rafiqasi. Bu juftlik shaxardagi boshqa er-hotinlarga xech o'hshamaydi......

KETMONBOZLIK QURBONI…

Yaqinda Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi G'azalkent shaharchasida ikki erkak o'rtasida katta janjal yuzaga keldi. Ulardan biri, muqaddam sudlangani qo'lidagi ketmon bilan ikkinchising boshiga tushirdi. Jabrlanuvchi darhol kasalxonaga olib ketildi. Afsuski, jarohat o'ta jiddiy ekan. Vrachlar uning hayotini saqlab qola olishmadi. Jabrlanuvchi...

Aldangan qizlar go'yoki so'nayotgan yulduzlar.. Baxt nima silar uchun kayf safomi pul i kiyimmi.. (Farab)

Oq varoqni qoralayman Yuragim to'la dard alam Chin sevgini buyuk deydi Sevgimga bordur alam.....

O'g‘lingizga haridor bo‘lib keldik

Ular to‘rtinchi qavatdan joy sotib olib, ilk bora ayvonga chiqib nonushta qilishardi. Yigitning ko‘zi ro‘paradagi xuddi shunday ayvonda kir yoyayotgan qizga tushib qoldi. U ilgari hovlida yashaganigami, bunday holni ko‘rmagani uchunmi, g‘alati bo‘lib ketdi......

Izzat – Islomdadir!

Tarix kitoblarida hazrati Umarning (r.a.) fath etilgan Quddus shahriga kirib borishlari shunday tasvirlangan: Quddusliklar «xalifangiz kelsagina shaharni sizlarga topshiramiz», deyishadi. Hazrati Umar (r.a.) bir tuya, bir xizmatkor bilan Madinadan Quddusga ravona bo‘ladilar. Kamtarlikni qarang. Dunyoning yarmini boshqarib turgan amir xohlaganida...

Виждонингиз қийналмадими, йигитча?

Ўзаро ҳурмат-иззат, оқибат ҳақида гап кетганда ёши улуғ танишларимиздан бири "Ҳурмат ундирилмайди, қозонилади. Инсон ҳурматга муносиб кўрилмадими демак бунга унинг ўзи айбдор” дедилар. Бу фикр ҳам қайсидир манода тўғридир. Аммо бизнинг мулоҳазамиз анча фарқли. Инсоннинг афтрофдагиларга муносабати, таниш-бегоналарни нечоғли ҳурмат қилиш-қилмаслиги...

Qong'iroq

Muhim ish yuzasidan uch kunga safarga chiqishimga to‘g‘ri keldi. Uylanganimga uch yil bo‘libdiki, ayolim va o‘g‘limdan uzoqda bo‘lishga o‘rganmagan, ulardan hech ham ayrilmagandim. Ular ham shunday......

Oddiylik holati

Insonlar uchun ikkita holat bor, kulish va hafa bo'lish, aslida esa ular uchta, kulish, oddiylik, va hafa bo'lish, oddiylik holati haqida, siz oynaga qarab oddiy qarab turing, ko'proq hafa bo'lganga o'xshaydi-ya? ana shu tomoni yomon, insonlar davrasida oddiy holatda gapirmasdan tursang ular seni albatta ahmoq va kuchsiz deb o'ylashadi, aslida...

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Bchjfjfjfigkvlbkcjfkgk
    Bchjfjfjfigkvlbkcjfkgk 21 мая 2020 17:05
    Vjbbllvjufjgkvkjc gohojfi,igiuruglgiut

Fikr qo'shish