Sukunat hech bo‘lmaganda uzbekcha she'r
Sukunat... hech bo‘lmaganda,
O‘z qalbimni tinglashni o‘rgatdi.
Tartibga solishni xayollarimni,
Javobsiz qo‘ymaslikka savollarimni.
O‘zimni anglashga... ahvollarimni.
Sukunat hech bo‘lmaganda...
Tunlarni sokin sevishga o‘rgatdi.
Tinitib qo‘ydi tuyg‘ularimni,
Sindirib tashladi ko‘zgularimni...
Sayratib qalbdagi ezgularimni,
Hayot bilanmas, xayollar og‘ushida,
Sukunat tunlarni qadrlashni o‘rgatdi,
Tunlar esa... dardlarni bekitishni.
Ishqni qalbga ko‘mishni,
Tuyg‘ularga ko‘zni yumishni,
Haqiqatga ochiq ko‘z bilan qarashni o‘rgatdi.
Balki dardlarim qofiyaga tushmas,
Vaznsizdir tuyg‘ularim, zorlarim
O‘ta shiddatkordir, asovdir dardim,
O‘ta mayusdir, nafisdir izhorlarim.
O‘ta sinchkovdir, nozikdir,
hech bo‘lmaganda
O‘ziga qilingan nohaqlikni kechirolmagay.
Sevgisini qalbdan hech o‘chirolmagay,
Hatto dushmaniga... dushmanlik istamas,
Ko‘ngil qotiliga zahar ichirolmagay.
Barcha og‘irlikni o‘z zimmasiga olib,
Bedor, miskin, mahzun kuzday sarg‘arib.
Xazon bo‘lgan, faqat to‘kilolmagay!
Sukunat... hech bo‘lmaganda,
Hayotni anglashni o‘rgatdi...
Izohlar 2