Sukunat hech bo‘lmaganda uzbekcha she'r

Sukunat hech bo‘lmaganda
Sukunat hech bo‘lmaganda


Sukunat... hech bo‘lmaganda,
O‘z qalbimni tinglashni o‘rgatdi.
Tartibga solishni xayollarimni,
Javobsiz qo‘ymaslikka savollarimni.
O‘zimni anglashga... ahvollarimni.

Sukunat hech bo‘lmaganda...
Tunlarni sokin sevishga o‘rgatdi.
Tinitib qo‘ydi tuyg‘ularimni,
Sindirib tashladi ko‘zgularimni...
Sayratib qalbdagi ezgularimni,
Hayot bilanmas, xayollar og‘ushida,

Yashashni o‘rgatdi, hech bo‘lmaganda...

Sukunat tunlarni qadrlashni o‘rgatdi,
Tunlar esa... dardlarni bekitishni.
Ishqni qalbga ko‘mishni,
Tuyg‘ularga ko‘zni yumishni,
Haqiqatga ochiq ko‘z bilan qarashni o‘rgatdi.
Balki dardlarim qofiyaga tushmas,
Vaznsizdir tuyg‘ularim, zorlarim
O‘ta shiddatkordir, asovdir dardim,
O‘ta mayusdir, nafisdir izhorlarim.
O‘ta sinchkovdir, nozikdir,
hech bo‘lmaganda
O‘ziga qilingan nohaqlikni kechirolmagay.
Sevgisini qalbdan hech o‘chirolmagay,
Hatto dushmaniga... dushmanlik istamas,
Ko‘ngil qotiliga zahar ichirolmagay.
Barcha og‘irlikni o‘z zimmasiga olib,
Bedor, miskin, mahzun kuzday sarg‘arib.
Xazon bo‘lgan, faqat to‘kilolmagay!

Sukunat... hech bo‘lmaganda,
Hayotni anglashni o‘rgatdi...

Shiringinam go'zalim

"Sh"iringinam go'zalim "I"qtidorli lobarim "R"uxsoringga toymayman "I"ntiq bo'lib kutgayman "N"igoxin olib qochma "A"badiy birga bo'lgayman...

Hayotda nolima ozroq sabr qil

Hayotda nolima ozroq sabr qil. Yig'lama ko'z yoshing oqmasin bekor. Boshingga tushganni saboq, sinov bil. Ishon do'stim sabrni mukofati bor....

Eringizni kutib oling erkalab

Farishtadek ko'rinasiz ko'zimga, Jon ayollar tinglang meni bir zumga, Baht topasiz amal qiling so'zimga, Eringizni kutib oling erkalab, Hursand qilib kuzatingda ertalab......

Yuqmaydi

Alloh bermasa ruhsat, Bandaga yetmas zahmat, Duo qilaylik har-vaqt, Eshitguvchi saqlaydi, Vabo...balo yuqmaydi!......

Duo qiling...

Duo qiling.....! Kelin bo'lay kelinlarni zo'ri bo'lay, Mexribonim xonadonin nuri bo'lay.....! Ota uyga andux bilan bormayin xich, Baxt chashmasin yonib turgan duri bo'lay, Oyijon deb dadajon deb axti bo'lay.....! Qaro qoshli shaxzodamning baxti bo'lay.....!!!...

Siz meni o'ylamang bag'ri tosh deya

Siz meni o'ylamang bag'ri tosh deya Til ta'rif etolmas tuyg'ularim bor O'ylamang kelmagan ko'zga yosh deya. Birov ko'tarolmas qaygularim bor...

Sukunat hech bo‘lmaganda

Sukunat... hech bo‘lmaganda, O‘z qalbimni tinglashni o‘rgatdi. Tartibga solishni xayollarimni, Javobsiz qo‘ymaslikka savollarimni. O‘zimni anglashga... ahvollarimni......

Asr saodatini qattiq sog‘indim

Allohdan ustinroq sanalsa mansab Ko‘ngillar zulimga ketganda yumshab Usoma Ibn Zayd Qo‘shinin qumsab Asr saodatini qattiq sog‘indim......

Meni uchratguncha

Meni uchratguncha Mendan oldinroq, Kimdur bo'lganmidi sening yoningda? Hayolim o'zingda deysan-u biroq- Avval kim yashagan fikr-u yodingda......

Ba’zi bir erkakdan marddir ayollar....

Jannat oyog‘ining ostida bo‘lsin. Noto‘g‘ri o‘ylamang yomon xayollar. U shunday bokira, ko‘nglingiz to‘lsin. Ba’zi bir erkakdan marddir ayollar.......

Izohlar 2

  1. Офлайн
    hiero
    hiero 21 мая 2020 05:48
    aloha i think it will be better if you can improve this one
    1. Офлайн
      Andulazi
      Andulazi 30 ноября 2021 18:23
      Eşlik otar beşavqat
      Yaşayaan bir bor gaqat.
      İnsondagi eng ulug baht
      Eşlik gunçasi faqat !

Fikr qo'shish