Yuqmaydi uzbekcha she'r

Yuqmaydi
Yuqmaydi


Alloh bermasa ruhsat,
Bandaga yetmas zahmat,
Duo qilaylik har-vaqt,
Eshitguvchi saqlaydi,
Vabo...balo yuqmaydi!.

Tahoratda yurganlar,
Sajdaga bosh qo‘yganlar,
Haqdan panoh so‘rganlar,
Ko‘ngli alam yutmaydi,
Virus aslo yuqmaydi!.

Pok iymonda yashagan,
Gunoh ishni tashlagan,
Haqqa ko‘zni yoshlagan,
Yomon kasal tutmaydi,
Virus balo yuqmaydi!.

Tozalik asli Islom!...
Mo‘minlik sharaflik nom,
Ahli qur’on hotirjam,
Bizni mish-mish bukmaydi,
Virus aslo yuqmaydi!.

Kelsa-kelmasa o‘lat,
Barchaga bir kun rihlat,
Sirot kutar! ohirat,
Taqvosi bor cho‘kmaydi,
Virus balo yuqmaydi!.

Tahajjudda yig‘laylik,
Sha’riy sabab qilaylik,
Ihlos bilan tilaylik,
Muslim! umid uzmaydi,
Virus aslo yuqmaydi!.

Qor yog'sa eriydi qalb muzlamasin

Qor yog'sa eriydi qalb muzlamasin, Eshikdan kirolmay baxt muzlamasin. Baxt kelsa bag'rizga mahkamroq bosing, Chiqib ketishga hech yo'l izlamasin....

G'amlar kelib yig'latsa

G'amlar kelib yig'latsa chidang bariga Dushman kelib kulsa keting nariga Ko'milib ketmang siz dunyo g'amiga Hafa bo'lmang xayot xali oldinda...!...

Borliqni jumbushka keltirsang nima

Borliqni jumbushka keltirsang nima, Sengamas do'stlikka ko'nglim ochardim. Tutqunlik odati axir senga xos. Erkinlik dardida sendan qochardim....

Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi

Erkaklar sevgisi qo'nim topmaydi, Ko'ngli bilan jismi birga yotmaydi... Muxabbat bobida sevar chin dildan, Ayol aldamaydi, Ayol sotmaydi......

Chimildiq ko'rguncha sabr qil Singlim

Sabr qil ishonma pichirlab sevaman desa, Yetib bo'lmaydigan vadalar bersa. Gul xazon gar unga nopok qo'l tegsa, Chimildiq ko'rguncha sabr qil Singlim...❤️❤️❤️...

Allohim kechirgin men bir bandangni

Yuragim ko'ksimga sig'masa netay ko'ksimni azoblar tig'lasa netay Ichimda nimadir yig'lasa netay Eshitsin nola- yu qilgan tavbamni Allohim kechirgin men bir bandangni......

Men ularni kechiray bir qudrat bergin

Boshimga balodir, balodir ko'nglim, Bir so'zning tig'idan yarodir ko'nglim, Do'stu dushman aro adodir ko'nglim, Men ularni kechiray bir qudrat bergin. Ollohim mehringdan bir xilvat bergin....

Sen kibrga joy berma ko'nglim

Umr qisqa, xayot g'animat, Oz fursatni boy berma ko'nglim. Sen ishq bilan bo'lginu ulfat, Lek kibrga joy berma ko'nglim......

Xayr jonim yoki Alvido...

Oshiqlarni yaratgan xudo, Bir biridan etmasin judo, Aytilmasin dunyoda xech xam, Xayr jonim yoki Alvido.....

Iltijo

Olloh, daryo qil meni, sig'mayin o'zanimga, Ulkan xarsanglar aro topay iymon yo'lini. Shamol bo'layin-da men, solajak to'zonimga, Qaratay befarq,beg'am bashariyat dilini......

Fikr qo'shish