Chiroylik duolar keldi, sizlarga xam ilindim

Chiroylik duolar keldi, sizlarga xam ilindim
Chiroylik duolar keldi, sizlarga xam ilindim


ASSALOMU ALAYKUM VA ROXMATULLOXI VA BAROKATUX

MЕNING JANNAT YUZLILARIM. QALBI CHIROYLILARIM.  JANNATLARDA ALLOHNING JAMOLIGA INTILUVCHILARIM.

XAYRLI KUN!

Bugungi kuningiz xayr va barokatlarga to‘la bo‘lsin.
Allohim xonadoningizga barokatlarini, rohmatlarini, mag‘firatlarini, ikromlarini, tugamaydigan- o‘zgarmaydigan doimiy- doimiy ne’matlarini sochib qo‘ysin!

 Robbim Sizni muhtojlikdan, qo‘rqoqlikdan, qashshoqlikdan, dardmandlikdan, dangasalikdan, qarzdorlikdan, aljirab qoluvchi qarilikdan O‘zi asrasin!
   
Boshimizdagi tojlarimiz juftlarimizning umrlariga, rizqlariga, kasbu korlariga barokatlar bersin! Tuproq olishsa, oltin bo‘lsin, oltin boshlari omon bshlsin. Hamisha oilamizning QIROLi  bo‘lib yurishsin!

Farzandlarimizni tarbiyalarini O‘zingga topshirdik Robbim. Ularni ham umrilariga, rizqlariga, nasllariga, kasbu korlariga barokatlar bergin! 

 Hamisha ko‘rganda ko‘zlarimizni quvnatguvchi, Robbimning farzlariga  ''labbay" deguvchi, Islom arkonlarini so‘zsiz bajarguvchi, yerda yurguvchi ,,Qur’on"lar bo‘lishsin. 


G‘amlarini, ko‘zlarida namlarini ko‘rsatma, Robbim!

Orqamizda qolib, xayrliklar ila, ehsonlari va Tilovatlari ila bizni eslaguvchi! 

Jannatda Nurdan Toj kiydirguvchi zurriyodlar bo‘lishsin!
  
 Robbim ota- onalarimizni, yaqinlarimizni, dugonayu, birodarlarimizni, jamiki yer yuzidagi musulmonlarni O‘zing panohingda asra. Musulmonlaringga kenglik ber, Islom diniga rivoj ber, ajru mukofotlarini ziyoda et!
  

Robbim dardmandlarga- shifo, qarzdorlarga - kenglik, homiladorlarga, oq yo‘l, uylanib, turmush quradigan yoshlarga - Solih juftlar nasib etgin!
  
Robbim bizlar orzu qilganimizdanda yaxshirog‘ini, kutganimizdanda afzalrog‘ini, so‘raganlarimzdanda xayrlirog‘ini nasib ayla!
   
Robbim Sendan halol rizkq, nafli ilm va maqbul bo‘lguvchi amal so‘raymiz. 
Ilmimizni ziyoda et! Shunday Qur’on o‘qishga bir ovoz berginki... tilovatimizni eshitgan odamning qalbida g‘ashlik bo‘lsa, o‘rnini mehr va muhabbat egallab olsin! 

 Jannatda Jamolingni ko‘rmoq uchun ham Ilm ber! Ixlos ber! Taqvo ber! Robbim!
   Robbim ! O‘zing rozi bo‘lgan narsani, bizga ko‘rsat! O‘zing rozi bo‘ladigan narsani menga eshittir! O‘zing rozi bo‘ladigan narsani bizga gapirtir! Toating yo‘lida, bizni amal qildir! Rohmating va mag‘firating, Fazling va barokating eshiklarini bizga ochib qo‘y! O‘ylamagan tomonimizdan bizni rizqlantir! 
 Olamga tinchlik, xotirjamlik, baxtu saodat, mehr va muxhabbat, shodligu quvonch va ilm ne’matlaringni sochib qo‘ygin, Robbim!
 Duoimdasiz! Qalbimdasiz, mehru muhabbatimdasiz! 
   Tongdan Sizga tabassum ilindim, axir tabassum ham hadya, ham ehsonku to‘g‘rimi.  
   Robbim
Qalbi torlikdan!
Qadri torlikdan!
Qabri torlikdan!
Panohingga qochaman!
   Alloh Sizga go‘zal sabrni va chiroyli amallarni hamroh qilsin!
   Assalamu alaykum va roxhmatullohi va barokatux.

Har tong uyg'ongach...

Har tong uyg'ongach olloxga shukur deyishni unutmang! Axir u sizni bizni uyg'otishni unutmadiku....

So'zlar kalitga o'xshaydi...

So'zlar kalitga o'xshaydi, mohirona ishlatsangiz har qanday qalbni ochishi, yoki har qanday og'izni yopishi mumkin!......

Yaqinlaringizga...

Yaqinlaringizga "Sen menga judayam keraksan" degan so'zni tez-tez aytishni unutmang, kimgadir kerak ekanini xis qilish insonda yashashga ko'proq kuch quvvat beradi...!!!...

Farzandingizni o'z izingizdan...

Farzandingizni o'z izingizdan bosishga majbur qilmant Chunki siz boshqa zamon uchun, ular esa boshka zamon uchun yaratilgandir...

Qadrlagan insonlarning...

Qadrlagan insonlarning noloyiq chiqqani uchun ranjima. Qo'yaver, e'zozga munosib bo'lmagani uchun ular o'kinsin......

Pul yo`qotgan ko`p narsa yo`qotadi

Pul yo`qotgan ko`p narsa yo`qotadi, do`stini yo`qotgan – undan ham ko`prog`ini. Iymonini yo`qotgan esa – bor-butini yo`qotadi…...

Solih er kim ekaninini bilasizlarmi?

🌱🌹Solih er kim ekaninini bilasizlarmi? U o‘z rafiqasini dinining bir qismi sifatida ko‘radigan va Allohning huzurida ayoli xususida mas’ul deb biladigan kishidir...

Yo'qotgan u bo'ldi...

"Yo'qotgan u bo'ldi" - degan jumlalarni hech tilimga chiqarolmadim! Chunki, bilardim. Bu ayriliq uni biroz ham ranjitmadi... Aqlini yo'qotgan hamma, qalbini kemtik his qilgan hamma faqat men bo'ldim....

Xaqiqiy dono

Xaqiqiy dono ayoli bo'lgan kambag'al erkak ham o'zini shoxdek his qiladi..☝...

Hech bir narsa tanani...

🥀🥀Hech bir narsa tanani tahoratchalik go’zallashtirmaydi.. Hech narsa qalbni namozchalik musaffo qilmaydi.....

Fikr qo'shish