Yovuz nigoxli ajina qiz

Yovuz nigoxli ajina qiz
Yovuz nigoxli ajina qiz


Bu hikoyani uzoq vaqtdan buyon yozaman, deya ko‘nglimga tugib yurgandim. Biroq har safar qo‘limga qalam olishim bilan o‘sha voqea ko‘z o‘ngimda gavdalanadi-yu, etim junjikib ketadi. Fikrlarim chuvalashganidan yozish ishtiyoqi ham so‘nadi. Meni dahshatga solgan qizning qiyofasi hali-hamon xotiramdan o‘chgan emas. U hozir ham ahyon-ahyonda ko‘rinish berib qoladi. Sochi taqimini o‘padigan o‘sha mallasoch qizning sovuq nigohi haqida barini bugun qog‘ozga tushirishga qaror qildim.

Bu sirli voqea yuz berganida bola edim. Erkatoy, tantiq, gapga kirmas, quloqsiz qizaloq. Mehribon, mushtipar, ko‘pni ko‘rgan qari kampirning allamahalgacha o‘ynab charchamaydigan, so‘ng kun yoyilguncha ko‘zlarini uyqudan ochishga erinadigan arzanda nabirasi.
— Tur, qizim, kun yoyilib ketdi. Erta turishni odat qilish kerak. Peshingacha uxlaydiganlar shaytonga sherik bo‘ladi. Qani, bo‘la qol, ko‘zlaringni och, — buvim shunday deya boshimni mehr bilan siladi.

Men bo‘lsam:
— E, buvijon, tinch qo‘ying, yana ozgina yotay, — dedim-da, bu yonimga ag‘darildim.
— Odamlarning bolalari azonlab uyg‘onib, allaqachon ko‘chalarni supurib-sidirib, mollariga qarab, sut sog‘ib ham bo‘ldi. Bilmadim, mening nabiramga nima bo‘lgan, hech o‘zidan bilib o‘rnidan turay demaydi, — deya arazlab javrashda davom etdi u.
Bizning uyda har tong xuddi shunday so‘zlar bilan qarshi olinadi. Buvimning o‘pkalashi anchagacha cho‘ziladi, mening qaysarligim esa chegara bilmaydi. Bu safar uning rosmana jahli chiqdi va shaxd bilan kelib, ustimdagi ko‘rpani tortib oldi. Men karavotdagi buvimning yig‘ilmagan ko‘rpa-to‘shagini qo‘limga oldim va chorboqqa qarab yugurdim. Buvim ortimdan:
— Hay-hay, qayoqqa? Qiz bola chorboqqa chiqib yotmaydi, qayt orqangga! U yerda jinlar bor-a! — deb qoldi.

Buvimning ogohlantirishiga qaramay, ortga qaytmadim. Chunki men bu so‘zlarga ishonmasdim. Buvamdan boshqa hech kim chorboqqa yolg‘iz chiqmas edi. Uyda faqat mengina bunday cheklovlarga bo‘ysunmasdim. Chorbog‘da har doim sukunat hukmron, jimjitlikni yolg‘iz qushlarning ovozi buzardi, xolos. Bu xilvat makon ko‘zimga sirli tuyilar, ba’zi-ba’zidagina u yerdagi tinchlik ko‘nglimga vahima solishini aytmaganda, boqqa chiqishni yaxshi ko‘rardim. Buvam mehr berib qaraydigan daraxtlarning bari mevaga kirgan. Quyuq daraxtzor nihoyatda chiroyli, ifori ham yoqimli edi. Ayniqsa, yozda bu salqin go‘shada jazirama issiqning tafti sezilmasdi.

Chorbog‘da jiyda, anor, olma, anjir, gilos, behi, olxo‘ri, o‘rik, oq va qora uzumlarning bir qancha navi bor edi. Chorbog‘ning to‘rida basti qariyb daraxtlar bilan bo‘ylashgan buvam ekkan kungaboqarlarning yonida sim karavot qo‘yilgandi. Ko‘rpa-to‘shakni karavotning ustiga to‘shadim-da, uxlagani cho‘zildim. Qancha vaqtgacha yotganimni bilmayman, biroq shirin uyqum bir maromda tiqillayotgan qandaydir tovushdan tarqay boshladi. Ovoz borgan sari balandlashdi. Bu esa meni hushyorlikka chorladi. Beixtiyor ko‘zlarimni ochdim. Boshim ustidagi eng katta kungaboqarning kosasida bir qiz o‘tirib, taxtachada sabzi to‘g‘rardi. Nozikkina, ko‘hlikkina qizning sochlari oltin rangda tovlanardi.

U men tomonga bir nazar tashladi-yu, tag‘in diqqatini ishiga qaratdi. Shu birgina nigohdan butun vujudim muzlab qolganday bo‘ldi. Joyimda harakatsiz tosh qotdim. Qo‘rqqanimdan arang ko‘rpaga boshimni suqdim. Bo‘yi jimjiloqday keladigan uzun sochli qiz ketib qolar, degan xayolda edim. Oradan biroz muddat o‘tgach, ovoz tindi. Yurakka g‘ulg‘ula soluvchi sukunat cho‘kdi. Men sekin ko‘rpani tortdim. Haligi qiz naq boshim ustida egilib, uzun sochlarini tarardi. Bu safar u sovuq nigohini aslo mendan uzmadi. Shu qadar qattiq tikildiki, beixtiyor «Buvijon!» deya baqirganimni bilmay qolibman. Ming martalab «Buvi, buvijon!» deb chaqirdim. Qani endi buvim eshitsa…

«Uning quloqlari berkilib qolganmi, nima balo?» deyman o‘zimga o‘zim. «Mendan xafa bo‘lgan, endi, baribir, chaqirganim bilan kelmasa kerak», deb o‘yladim, lekin keyin yaxshiroq e’tibor qilsam, o‘zimning ovozim chiqmayotgan ekan. Qo‘l-oyog‘imda jon yo‘q, go‘yo shol bo‘lib qolgan edim. Mana endi o‘ldim degan xayolga ham bordim. Muzlab qolgan vujudimga sekin titroq kirdi, bor kuchimni to‘pladim-da, o‘rnimdan turdim va ortimga qaramay qochdim. Men chaqqonlik bilan darichani ochib, hovliga otildim. Tandirga olov yoqib, non yopishga chog‘lanayotgan buvim meni bir ahvolda ko‘rib, kapalagi uchib ketdi.

— Ibi, man o‘lay, bo‘talog‘im, nima bo‘ldi? Nega buncha oqarib ketding? Rangingda rang yo‘q-ku!
U shunday deya yonimga kelayotgan edi. Mening ko‘zlarim esa uning qora kovushlaridan boshqasini ko‘rmasdi. Xullas, buvim yetib kelgunicha hushdan ketib qolibman. Ko‘zlarimni ochganimda yonimda narigi qishloqda imorat qurayotgan amakimga yordamga ketgan ota-onam, buvam, barcha yaqinlarimni ko‘rdim. Sochlarimni silayotgan buvim bir burdagina bo‘lib qolgandi. Yuzimga uchuq toshib ketgan. Aytishlariga qaraganda, uch kundan buyon isitmalab yotgan emishman. So‘zlashishga ham duduqlanib qiynalardim. Hamma nima bo‘lganini so‘rardi. Buvim bo‘lsa boshini qimirlatib, hech kimga hech narsa aytmaslikka ishora qilardi. Buvim ishora qilmaganda ham aytmasdim, chunki o‘sha nigohi sovuq qizni eslasam, tag‘in vahimaga tushib qolardim. Oradan ancha vaqt o‘tgandan keyin buvim menga men ilgari hech qachon ko‘rmagan, dadamga o‘xshab ketadigan bir yosh yigitning suratini ko‘rsatdi.

— Bu katta amaking bo‘ladi, qizim, — dedi u. — Vafot etganida atigi o‘n olti yoshda edi. Peshinda shu boqqa senga o‘xshab gapimga quloq solmay uxlagani chiqdi-yu, bir soatlardan keyin uyga yugurib kirdi. «Onajon, chorbog‘da ko‘zlari jonni oladigan darajada yovuz boqadigan sochi uzun bir qizni ko‘rdim», deb ostonada titrab-qaqshab aytgan so‘zlari hali ham qulog‘im ostida jaranglaydi. Bu uning oxirgi gapi edi. Chunki u o‘sha kecha isitmalab yotdi va qayta uyg‘onmadi.

Buvimning ko‘zlari jiqqa yoshga to‘ldi. U peshonamdan o‘pib, o‘rnidan turdi. Men bo‘lsam hali ham o‘ylovdaman. Marhum amakimga va menga ko‘ringan qiz, aslida, kim edi: ajinami yo pari?
O‘sha hovlimiz va chorbog‘imiz hali ham bor, biroq avvalgiday chiroyli emas. Unga mehr berishdan charchamaydigan buvam endi yo‘q. Bog‘ ham bog‘bon tanlar ekan, dadam har qancha daraxtlarni parvarish qilishga urinmasin, ular avvalgiday hosil berishmaydi. Buvim ham olamdan o‘tganiga ancha bo‘ldi. Har safar chorbog‘ darichasiga qarasam, yuragim orqaga tortadi. Buvim singari endi men bolalarga kun yoyilguncha uxlamaslik kerakligini uqtiraman, ayniqsa, chorboqqa chiqib, yolg‘iz uxlashlariga ruxsat bermayman. Garchi o‘sha voqeadan keyin kerakli marosimlar qilingan bo‘lsa-da, chorbog‘ bekasi u yerdan butkul ketib qolganiga ishonmayman. U oilamizning boshqa a’zolarini qo‘rqitishini aslo istamasd

ШАЙТАНАТ… (4-қисм. Биринчи китоб)

Hamdamning taklifini o'ylab ko'rishga ulgurmay depara ichki ishlar bo'limi boshlig'i kapitan Mirsultonov kirib keldi: — Ot aylanib qozig'ini toparkan. Bizdan qutulib bo'psiz! — u shunday deb Zohid bilan qo'shqo'llab ko'rishdi. — Yaxshi, yaxshi. Ishni o'zimizdan boshlaganingiz, yaxshi bo'libdi. Qiynalmaysiz. Mana, bu yoqda biz bor. Borib...

BAXTNING BIR LAHZASI…

— Tanyusha, men seni bir odam bilan tanishtirmoqchiydim, — sekin shivirladi Vlad. — Faqat iltimos, aqlli qiz bo'lib, jilmayishni unutmagin! — Bugunmas, — dedi Tanya qovog'ini uyib. — Bilasan-ku, men unaqangi narsalarni jinimdan yomon ko'raman!...

LAYLI VA MAJNUN» (hajviya)

Shvarsneggerning ukasi O'n to'qqizga kirgan qahramonim Madrayim judayam olis qishloqda yashaydi. Barvasta, tog'ni ursa tolqon qiladigan yigit. Yumushi bitta. Qishloq qo'ylarini boqadi....

Faqat qabring ajratadi bizning oramiz..

Ayriliq yomon ekan, meni butkul ado qilar yurak qurg'ur tinmasdan erta so'ngan sevgimni so'rar.. Ko'zda yosh bedor tunlar aqlim hayron irodam ojiz qoldim go'yo yakkayu yolg'iz.. samodagi yulduzim seni juda sog'indim.. Sevgini asrang odamlar ayriliq yomon ekan.. Farab.. ...

Onangiz oyog'i ostida qul bo'lib yashang

Dahshatli sinov Ona o'g'liga qo'ng'iroq qildi. Yodgor: Allo…! Ona: O'g'lim qaerdasan? Onasini savolidan Yodgorni ensasi qotib, jahli chiqdi......

Koʻk daftarning siri

Bu daftarni men toʻqimachilarning madaniyat saroyi oldidagi xiyobondan topib oldim. Bolalarning qishqi ta’tili boshlangan payt edi. Shaharning barcha maydonlaridagi kabi toʻqimachilar xiyobonida ham katta archa oʻrnatilib, xilma-xil oʻyinchoqlar bilan bezatilgan. Ertadan-kechgacha atrofidan bolalar arimaydi. Hatto, kechqurun ishdan qaytayotganimda...

Armon (ayanchli hikoya)

Kichikligimda ota-onam o'tib ketishgan. Akam menga xam ota, xam ona o'rnida edi. Qiynalib-qiynalib meni......

Soliha va ayyor ayol

.. ☘️Soliha va ayyor ayol!🌸 Bir yigit hotinimga jin kirib olgan degan gumon bilan domlaning oldiga boribdi. Domla yigitning hotinini o'qiy boshlabdi. Ko'p o'tmay ayolning ichidagi jin tilga kirib gapira boshlabdi: - Bo'ldi bas qiling, chiqaman faqat bir shartim bor....

Hikoya: Soyabonli baxt

Avji saraton. Qoq tush vaqti. Ko'chada deyarli hech kimni topmaysiz. Hamma issiqdan qochib, o'zini soya-salqinga urgan. Ayni shu vaqtda ishga borishim kerak. Yigirma daqiqacha piyoda yursam ishxonamga yetib olaman. Yo'limda baland, chiroyli binolar, yangi qurilishlar ko'p, ammo daraxt yo'q. Qani endi shu ko'cha keta-ketguncha daraxtzor bo'lsa, deb...

Mehrli bo'laylik

Televizori buzilib qolgan bir musulmon oilasi, uni tuzatish uchun uyiga sozlovchi ustani chaqirdilar. Usta televizorni sozlamoq uchun orqa uskunalarini ochdi-yu... xayratdan dedi:......

Fikr qo'shish