IBRATLI HIKOYA

IBRATLI HIKOYA
IBRATLI HIKOYA

Bir kuni farishtalar bekorchi bo‘lib, bir ermak qidirib qolishibdi. Shunda ulardan biri: - Keling, odamzoddan biror nimasini o‘g‘irlab olib, yashirib qo‘yamiz, - debdi.

Farishtalar uzoq tortishib, odamdan baxtni o‘g‘irlashga kelishib olishibdi. Lekin uni qayerga yashirish mumkin? Bir farishta taklif kiritibdi: - Yaxshisi uni eng baland tog‘ning eng baland cho‘qqisiga yashiramiz. - Yo‘q, bo‘lmaydi.Odamzod tog‘ning cho‘qqisiga chiqa oladi.Bittasi topib olsa, qolganlari xam birpasda baxtini topishi mumkin, - debdi boshqasi. -Unda dengizning tubiga yashiramiz. - Yo‘q,bo‘lmaydi. Odamzod aql-zakovatini ishlatib,dengiz tubiga xam yetib boradi. - Boshqa sayyoralarga … - Bo‘lmaydi, aql-zakovati bilanu yerga xam yetib borishi mumkin.

Ular baxtni qayerga yashirish masalasida tortishib,tortishib charchaganlarida bir farishta aytib qolibdi: - Baxtni qayerga yashirishni men bilaman! Uni odamning o‘z qalbiga yashirish kerak. Shunda odamzod baxtini tashqaridan qidiraveradi, qidiraveradi. Farishtalar shunga ko‘nishibdi. Shundan beri odamzod o‘zichiga nazar solish o‘rniga baxtini nuqul tashqi olamdan qidirib yurar emish.

Fikr qo'shish