Bo’rilar haqida qiziqarli faktlar

Bo’rilar haqida qiziqarli faktlar
Bo’rilar haqida qiziqarli faktlar


Bo’ri dunyo xalqlarining ertak va afsonalarida ishtirok etadi. Bir zamonlar bu yirtqich juda keng tarqalgan hayvon edi. Hozirgi kunga kelib uning soni keskin kamaygan.

Tashqi ko’rinishi
Bo’ri itsimonlar oilasiga mansub. Uning hajmi qaysi mintaqada yashayotganligiga bog’liq. Bo’rining kallasi katta, tumshig’I uzunchoq, ko’zlari juda o’tkir. Jungi to’q kulrang va qalin, qorin va oyoq sohalarida biroz qizg’ish.
Territoriya
Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Oʻzbekistonning cho’l, dashtlari, o’rmon, to’qay, tog’ va tog’ etaklarida tarqalgan; qor va muz bilan qoplangan baland tog’lar va tundrada ham yashaydi. Bo’ri qoyalar orasiga, to’qaylik va jarliklarga, quruq qamishzorlarga in quradi. Tulki inlaridan ham foydalanadi. Bo’ri inida bolalaydi va bolalarini parvarish qiladi.
Uvillash

Bo’rilar keng diapazonli ovoz orqali o’zaro muloqot qiladilar. Masalan, irillashi salomlashishni, o’kirishi – jahlni, uvillash – xavotir, ba’zan esa hayajonni bildiradi. Eng mashhuri uning uvillashidir. Yolg’iz bo’ladimi, to’dasi bilanmi, tunda bo’ladimi yoki tongdami – bo’ri uvillashi bilan o’zining borligini bildirib turadi.
Imo-ishoralari
Bo’rining dumi, quloqlari, lablari va burnining holati boshqa bo’rilar uchun qo’rquv, hurmat va jahlni bildirib turadi. Masalan, to’da sardori o’zining ustuvorligini bildirish uchun “haykal” ko’rinishiga kiradi: oyqlarida qattiq turgan holda dumini ko’taradi, quloqlarini ding qiladi va qotib qoladi. Boshqa bo’rilar esa uning qarshisida egiladilar yoki bellariga yotib, oyoqlarini tepaga ko’taradilar va bu bilan o’zlarining bo’ysunganlarini ko’rsatadilar.
Hid
Hidlar bo’ri hayotida muhim o’rin tutadi. Bo’rilar o’zlariga qarashli hududni peshobi, axlati va boshqa hidli ajratmalari bilan belgilab chiqadilar, toki boshqa bo’rilar ularning hududiga yaqinlashmasliklari uchun.
Ko’rish qobiliyati
Bo’rilarning ko’z olmalari qorong’uda ham ko’ra olish imkoniyatini beradigan maxsus ko’z pardasi bilan qoplangan. Shu sababli ularning ko’zlari o’tkir zehnga ega va yaltirab turadi.
To’da
Bo’rilar to’dada 7-20 nafar bo’lib yashashadi. To’dani ustunlikka ega bo’lgan juftlik boshqaradi. To’da sardori qaror qabul qiladi, qolgan bo’rilar esa unga bo’ysunadilar.

Inson organizmi haqida ko’pchilik bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar

Bugungi maqolamizda inson tanasi va organizmi haqida qiziqarli ma’lumotlarni keltirib o’tdik. Marhamat ular bilan tanishing! Miyaning og’irligi tana og’irligining 2 foizini tashkil etadi, miya organizmga kerakli kislorodning 20 foizini sarflaydi......

Konditsionerdan foydalanganda nimalarga ahamiyat berish kerak?

Yozning jazirama kunlari boshlanishi bilan havoni mo’tadillashtirib, tanaga huzur bag’ishlovchi konditsionerning juda ko’pchilikka manzur bo’lishiga shak-shubxa yo’q. Lekin undan to’g’ri foydalanishni bilmaydigan kishilar sog’liqlaridan shikoyat qilishlari ham hech gap emas. Konditsionerdan foydalanish borasida quyidagi yo’l-yo’riqlarimiz sizga...

"Salt Bae"- Nusret Gokche aslida kim?

Ijtimoiy tarmoqlar orqali barchaga yaxshi tanilib ulgurgan turk oshpazi Nusret Gokche tuz sepish usuli bilan shov-shuvga aylandi. Bugungi maqolamiz orqali u haqidagi ma'lumotlarni siz bilan bo'lishmiqchimiz!......

Qaysi sabzavot va ichimliklar chanqoqbosdi sanaladi?

Yaxshi ko’rinishga ega bo’lish va o’zingizni a’lo darajada his qilishingiz uchun ko’proq suyuqlik iching......

O’z tashqi qiyofasidan qoniqmaydigan 10 nafar Gollivud yulduzlari

Bizga deyarli ideal ko’rinuvchi Gollivud yulduzlari o’zlarining kamchiliklaridan uyalishi to’grisida gapirishgan. Bugungi maqolamiz orqali ko’rinishidan qoniqmaydigan Gollivud yulduzlari haqida keltirib o’tamiz....

Kechki manzarasi kunduzgisidan butunlay o’zgacha qiyofa kasb etadigan 9 ta ajoyib makon

Dunyoda juda ham go'zal joylar bor, ularni noyob deb atash mumkin. Ularni orqa hovlida yoki yo'l bo'ylab topish qiyin, ammo ularni albatta bir bor bo'lsada ko'rish kerak. Kechalari kunduzdan butunlay boshqacha qiyofa kasb etadiganlar joylar ayniqsa betakrordir......

Ramazon taqvimi - (2022) saharlik, og'iz yopish va Iftorlik og'iz ochish duosi

Ro'za tutish (saharlik, og'iz yopish) duosi Navaytu an asuvma sovma shahri ramazona minal fajri ilal mag'ribi, xolisan lillahi ta'aalaa Allohu akbar. Iftorlik (og'iz ochish) duosi Allohumma laka sumtu va bika aamantu va a'layka tavakkaltu va a'laa rizqika aftartu, fag'firliy ma qoddamtu va maa axxortu birohmatika yaa arhamar roohimiyn....

Dunyodagi mashhur va eng qimmat ko'zoynaklar

Ko'zoynaklar zamonaviy inson qiyofasining to’ldiruvchi so’nggi qismiga aylanishi mumkin bo'lgan muhim aksessuardir. Ushbu maqolada siz uchun eng noodatiy ko'zoynak modellarini to'pladik. Marhamat ular bilan tarnishing!...

Ajoyib psixologik test

Ushbu psixologik testdagi suratda sizga eng ko'p ma'qul bo'lgan daraxni tanlash orqali ishga bo'lgan layoqatingiz haqida bilib olishingiz mumkin. Daraxtlarning har biri ma'lum bir harakter bilan mos keladi. Olimlarning fikriga ko'ra, ushbu qisqa test natijalari 94% hollarda to'g'ri chiqadi. Ishonmaysizmi u holda sinab ko’ring!...

Atrofdagilarning ko’ngliga yo’l topishda ahamiyatli bo’lgan 6 ta jihat

Har bir inson shaxsiy rivojlanishi va atrofdagilar bilan til topishishda muhim bo'lgan jihatlar mavjud. Quyida ulardan bir nechtasini sizga havola etamiz....

Fikr qo'shish