Sizni sevish sevgi haqida she'r

Sizni sevish
Sizni sevish

Kiprigingiz uyg‘otar titroq,
Nigohingiz o‘zi inoyat.
Sizni sevish saodat, biroq
“Sevaman” deb aytish jinoyat.

Husningizga to‘ygunicha to,
Kul bo‘ladi to‘rttala tomon.
Sizni asrash buyuk baxt, ammo
Sizdan kechish do‘zaxdan yomon.

Yuzingizdan uyaladi oy,
Oyog‘ingiz o‘padi yo‘lak…
Siz bilan bu olamda chiroy,
Sizsiz quyosh chiqmasa kerak.

Fikr qo'shish