Meni yig‘latgan hikoya

Meni yig‘latgan hikoya
Meni yig‘latgan hikoya


Bu hikoyani birov aytib berdi. Meni kanalimdagi "Xoshim" nomli hikoyamni o‘qigan inson aytib berdi. Eshitganda bir yig‘laganidim. Yozib tugatguncha yana yig‘ladim. Balki mening ko‘nglim bo‘shdir. Siz ham o‘qib ko‘ring azizlar!

... Qishloqda Jimi melisa laqabli sohibi uzr bor edi. Uning asli ismi Umidjon ekanini ko‘pchilik janozasida bilgan. Jimi melisa doim mavsumga qaramay, pala partish kiyimda yurardi, xatto qaxraton qishda bitta futbolkada, yozning saratonida esa egniga fufayka, oyog‘iga ipli botinka kiyib olardi. Xindlarning o‘sha vaqtlardagi "Tansor disko" filmidagi Jimining qo‘shig‘ini chuchuk tili bilan "ayaama disto tansho" deb aytib yurishidan, film qaxramoni Jimiga o‘xshab, qalin sochini orqaga tarab, ungga taqlid qilishidan Jimi laqabini olgan edi. Tol xodasidan yo‘nib GAInikiday zebra qilib olgan tayoqchani ko‘tarib, katta yo‘lda eski melisa furashkada hushtak chalib, tartibtalab bo‘lganidan uni "Jimi melisa" deb chaqirishardi.

Ba’zi paytlar katta yo‘l yoqasidagi maktabdan o‘qishdan qaytayotgan kichkina bolakaylarni ko‘rib qolsa, xushtak chalib, tayoqchasini ko‘tarib yo‘lni o‘rtasiga chiqib mashinalarni to‘xtatatardi. Yo‘lning boshqa tomoniga o‘tkazib qo‘yardi. Besunaqay gavdasiga bir oyog‘ini sal sudrab yurar, kallasi o‘ng tomongga sal qiyshaygan, og‘zidan oqib turgan yelni kuylagining yengiga artaverganidan qotirsoq bo‘lib ketgan, ko‘zlari olayganroq bo‘lsa-da, ko‘zlaridagi mehr sezilib turadigan Jimini ko‘pchilik ustidan kulib, masxaralab o‘tar, o‘tganda ortidan tosh, kesak otib kulgu qilishardi. Devonasifat bo‘lsa-da, aqli unchalik zaif emas edi. Yaxshi yomonni ajratardi, mehribon, ezgu ishlari ko‘p edi.

Jimi melisa buvisi bilan yashar edi. Otasi u tug‘ilganida onasi bilan ajrashib ketishgan va boshqa boshqa turmush qurishgan edi. Bolani nogironlar internatiga beraman deganda kampir ko‘nmadi, "sangga kerak bo‘lmasa, man boqaman, uvolidan qo‘rqaman" deb dodlab olib qoldi. Jimi ulg‘ayib kampirga ko‘makchi bo‘lib qoldi. Qishloqdagi maktab, qishloq va kasalxona oshxonalaridan meva, poliz po‘choqlarini olib kelib, kampirning qo‘ylarini boqardi.

Ashulalarni o‘zi bilganicha chuchuk tilida xirgoyi qilib ishlashini ko‘rib kampir ichida pinhona ezilib yig‘lab olardi. "Otam bolam, meni otam!"-deb erkalab qo‘ysa tamom Jimi xursand bo‘lib o‘yingga tushar, kampirni quchoqlab "onash onasham" deb quvonardi. Keyin qo‘liga uzuk taqqan qiliqni qilib "Keyinchak apte mangga" ( Kelinchak olib kel mangga) deb uylanishni talab qilib erkalanar, kampir battar ezilib, "qo‘ylarimiz, pullarimiz ko‘p bo‘lsin, zo‘r qizga uylantiraman otam bolam" deb qo‘yardi. Shunda Jimi rosa zavq bilan ovozini boricha qax qax urib kulardi.Davomi:Qishloqdagi to‘yu ma’rakalarda doim dastyor edi, xatto o‘tin yorishda ungga teng keladigani yo‘g‘idi. "Yasha Jimi, malades Jimi" deyishgan sari zavqi kelib ishlardi. Ba’zan masjidga borib, orqa safdagi bolalarning ichiga kirvolib, jim ma’ruza eshitib o‘tirardi. Biror yosh bola kulsa yoki qiliq qilsa, Jimi boshini sarak-sarak qilib, ko‘rsatkich barmog‘ini labining ustiga ko‘ndalang qo‘yib, "tshshsh! " deb, ularni tinchlantirardi.

Masjiddan chiqib hammani oyoq kiyimini ketish yo‘liga to‘g‘rilab, qariyalarni xassasini qo‘liga ushlatardi. Katta ulamolar, qariyalarning qo‘lini o‘pib, yuziga surtardi. Kimdir uning boshini silab duo qilsa, kimdir jirkanib qo‘lini tortardi. Jimi e’tibor qilmasidi, lekin og‘ringani bilinib turardi. Masjidda u to‘g‘rida ixtiloflar bo‘lib "tahorati buzilib yuradi, kirmasin"degan e’tirozlarga qori domla "indamanglar, xudoning erkatoyi u, gunohi mangga" deb keskin nuqta qo‘yganidi.

Jimi 28 yoshida kanalga tushib oqib ketayotgan 5 yoshli bolani qutqarib, o‘zi cho‘kib, halok bo‘ldi. O‘sha kuni namozshomga yaqin to‘g‘ondan o‘ligini topib olib kelishdi. Jimini olib kelishganda ko‘rgan hamma hayratga tushdi. Tavba, shunaqanggi xushsurat, istarali go‘zal yigitga aylangan, sochlari yaltirab, ajoyib jilmayib turardi. Janozaga kelgan qori domla "aytuvdimu, bu bola farishta" deb, deya xo‘ngrab yig‘lab yubordi. Kampirning dodi butun qishloqni larzaga soldi. "Har kuni mangga kuyov bola bo‘volib, to‘y-to‘y o‘ynaydigan bolam-a"..."Chimildiq ko‘rmagan bolam-a"... "Saldat bo‘laman, armiyaga ketaman, seni tashlab deb zarda qilib qo‘rqitadigan bolam-a,

tashlab ketting rostana" degan faryodi hammani yig‘latdi. Keyinggi xotini bilan boshqa joy olib ko‘chib ketgan otasi kelganlarga boshini egib, "bandalik ekan" deb bilinar bilinmas sohta ingrab qo‘yishdan boshqaga yaramadi. Janozaga ko‘pchilik yig‘ildi. Tobuti qabristongacha qo‘lma-qo‘l oqib bordi. Birinchi marta uni ko‘chada birov xaydamadi, turtmadi, ortidan tosh otmadi. Kampir ikkita katta qo‘chqorni birini sotib, ikkinchisini so‘yib ma’rakalarini o‘tkazdi.
Oradan yillar o‘tib kampir ham omonatini topshirdi. Janozaga kelganlar kampirning uyidagi Jimining melisa shapkasi, ola tayoqchasi, yuvib, dazmollangan kiyimlarini ko‘rib hayratga tushishdi.

Ha azizlar bunday farishtasifat odamlar hozir hamma qishloqlarda bor, hamma davrda yashab o‘tgan. Ularni turtmang, masxara qilmang. Qo‘lingizdan kelsa arzimagan narsa bilan ko‘nglini ko‘taring. Rostanam ularni xudoning erkatoylari deyishadi.

Bahtli bo'lish siri

Bir kishining o'g'li bo'lib, u: “Men bahtsizman”, deb takrorlayverardi. Ota bahtli bo'lish sirini bilib kelish uchun o'g'lini davrining eng katta donishmandi xuzuriga yubordi. Yigit cho'lda qirq kun yo'l bosib, ko'zlagan manziliga......

Amerika polisiyasi

Amerikaga endi kelgan vaqtimda eskiroq mashinada yurardim. O'zbekistondan olgan xaydovchilik guvoxnomam bilan. Uch......

Qaynonam o'rgatgan bola parvarishi bolamdan ayirdi

Bekat. Anchadan buyon avtobus kutyapman. O'zimni chalg'itib atrofni kuzata boshladim. Bekatda men va libosi odmi bo'lsa-da, o'ziga juda yarashgan ayoldan boshqa xech kim yo'q......

🌱🌹​​IYMON qadrini bilamizmi?

Bir da’vatchi domla hikoya qiladi: Amerika viloyatlaridan birida qaysidir bir mavzuda ma’ruza qilayotgan edim, ma’ruzam asnosida bir kishi o‘rnidan turdida: - Domla, bu kishiga kalimai shahodatni aytdirib, talqin qilib yuborsangiz, – deb, yonida o‘tirgan amerikalik - sariqdan kelgan kishiga ishora qildi......

Falokat.

Nasib qilsa kelar Shom-u-Iroqdan, yo’qsa ketar qosh-u-qaboqdan. Yigit va qizni qancha qiyinchiliklardan keyin vanihoyat unashtirishdi. Yoshlar xursand holda kelin ko’ylak korgani borishdi. Do’kon egasi yigitni bo’lajak kuyovligini bilgach asta bosh chayqadi: -Menimcha siz kelin libosini to’ygacha ko’rmay turganingiz maqulmidi… Menga yoqmasachi?-...

Dada, oyim nimaga uyg'onmayaptilar?.

Jajji bolakayning savoli shundog'am siqilib turgan dadasining yuragini ezdi. Ög'lini tizzasiga ötqazdida, peshonasidan öpdi. "Oying ög'lim, rosa charchagan. Endi bir-necha kun uxlab, yaxshilab dam olishi kerak" Bolakay indamadi. 5 yoshli bolakay onasining og'ir kasalligini ancha oldin fahmlagandi. Shifoxonaga dadasi körishga olib borganida, oyisi...

JANNAT QIZI…

Bir… Ikki… Uch… Yuzgacha sanasam, uyquga ketaman… Qirq… Qirq bir… Ha, uyqu meni hammasidan qutqaradi… Ellik uch… Ellik to'rt… Men abadiy uyquga ketaman… Abadiy uyqu — barcha zahmatlarim uchun berilgan mukofot…...

Qotil ota qismati…

Qotil ota qismati…Do’stimiz dilidegi dardlar…!!! Barchaga ma’lumki kirakawlik oila tebratiw,farzandlarning to’kis kamoli uchun eng qiyin va nochor iwlardan biri. 35 yil qo’lim rulda bo’ldi.Tong saxardan to yarim tungacha ko’zlarim tolib tirikchilik uchun kirakawlik qilib pul topardim.Ba’zida farzandlarimga otang nima iw qiladi deyiwsa kirakaw...

Kenja kelin

Bir keksa ayolning xikoyasi. «Mening uch o'g'li bor. Kunlarning biri katta o'g'limning uyiga bordim. Ertalab bomdod namoziga taxorat olish uchun kelinimdan suv olib kelishini so'radim. Taxorat qildim. Namozimni o'qidim. Qolgan suvni yotgan o'rnimga to'kdim. Kun yorishganda kelinimni chaqirib: - Qizim, nimasini deyisiz, endi qarichilik! O'rnimni...

Meni ham izlasin kimdur, mayliga topolmasa ham..

Men yaxshi ko`raman yig`loqi qizni,  Kelgandan ketgancha ko`z yosh qilsa ham.  Ko`z yig`lab yupatar har birimizni,  Ko`z yoshdir ko`nglimga eng toza malham.....

Izohlar 1

  1. Офлайн
    Shoxista
    Shoxista 2 апреля 2021 16:27
    Rostan yiglatadigan hikoya ekan. Bögan voqiyami.

Fikr qo'shish