Bugun seni ko‘zlaringni sog‘indim sog'inch haqida she'r

Bugun seni ko‘zlaringni sog‘indim
Bugun seni ko‘zlaringni sog‘indim

Xamon yodimdadir o‘tli nigoxlar
Xamon yodimdadir bahtiyor damlar
Yodimda xali xam ta’sirli onlar
Bugun seni ko‘zlaringni sog‘indim

Yodimda sevinchdan kulgan yuzlaring
Yodimda savlating to‘kkan kezlaring
Yodimda ilk bora aytgan so‘zlaring
Bugun seni ko‘zlaringni sog‘indim

Sen bo‘lding men uchun ushalgan armon
Seni kutsam bosar dunyoni bo‘ron
Seni yodga olsam bo‘ladi to‘zon
Bugun seni ko‘zlaringni sog‘indim

Bugun nimagadir ko‘zlarimda yosh
Yig‘lagim kelyapti qilolmay bardosh
Og‘riqdan yorilay diyapti shu bosh
Bugun seni ko‘zlaringni sog‘indim

Sevgi so‘zin yozib charchadi qo‘llar
Sevgi so‘zin aytib toliqdi tillar
Sevgidan azobda qiynaldi dillar
Bugun seni ko‘zlaringni sog‘indim

Men sog‘inch bog‘ida she’rlar bitganman
Va shu she’rlarimni suvga otganman
Shu she’rim ohiri shunday deganman
Bugun seni ko‘zlaringni sog‘indim

Fikr qo'shish