Kimgadir borligim... uzbekcha she'r

Kimgadir borligim...
Kimgadir borligim...


Kimgadir borligim o‘zi bir dunyo,
Sur’atim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha, keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g‘iybatim qildi.

Yana kim sog‘indi, har on intizor,
Har kecha tushlarin mehmoni o‘zim.
Allakim haydadi, kechdilar shunday,
Shunchaki unutdi, yoshlatib ko‘zim.


Har kuni yo‘qladi yiroqdan kimdir,
Yonimda yashadi kimdir behabar.
Kimgadir yoqmadim, kimgadir yoqdim,
Kim shirin bol tutdi, kim tutdi zahar.

Kim shodlik ulashdi g‘amlar haqqiga.
Borimni ol deya kamlar haqqiga.
Allakim yashadi hayotdan sarxush,
Men chekkan azoblar, namlar xaqqiga.

Kim baxtim tiladi tong otmay turib,
Ko‘nglimni bog‘iga gul ekib ketdi.
Yo‘limga tuzoqlar qo‘yib kim birov,
Ko‘rgan har kunimga pushaymon etdi.

Bir kuni dunyodan ketaman kechib,
Yog‘och ot ustida oq to‘nim kiyib.
Shunda ham kimlardir azasi yolg‘on,
Kimlardir yig‘laydi chin dildan kuyib.

Omading kelsa chopib

Omading kelsa chopib, Rizqing chala termagin. Besh, olti so'm pul topib, Otanga dars bermagin....

Hayotimzni ham hidoyat nuri ila munavvar qil

Allohim, ko'zlarimizni uyqudan ochganing kabi Qalblarimizni ham g'aflatdan uyg'ot Dunyoni quyosh nuri ila yoritganing kabi Hayotimzni ham hidoyat nuri ila munavvar qil....

Yig'lamang

Tun kecha oqshomlar hayolimdasiz. Bir quvonch tatimas uzoqlardasiz.  Sizga qo'lim yetmas yetmaydi mangu, Siz endi o'zgani quchog'idasiz......

Dunyo shu ezgulik doim qadrsiz

Dunyo shu... ezgulik doim qadrsiz, Suv keltirgan faqat jazoga duchor. Ko'za sindirganlar har doim aziz. Ey, falak, adolat qani? Qayda bor?...

Yigit kishini mehri Ota Onada bo'lsin

Yigit kishini mehri Ota Onada bo'lsin, Muhabbati Allohga bo'lsin, Vafodorligi suygan Yoriga, Hayoli Namozda bo'lsin, Boshi faqat Joynamozda egilsin....

Dunyo Ishlaringni Hotirjam Ko'rdim

Dunyo Ishlaringni Hotirjam Ko'rdim Ba'zilar ko'zida Qayg'u G'am ko'rdim "Man Bahtiliman" degani Bekor Aytibdi Armoni Yo'qlarni Juda kam Ko'rdim....

Nima uchun...

Nima uchun Shunaqamiz Yaxshi gapri Insonga Aytishni xam Qizginamiz Nima uchun shunaqamiz Yangi do'st topkanda Eski do'stni Unityabmiz...

Negadur hayollar bo'lmaydi xech jam

Bilsam bu dunyoda faqat men emas, Hamma o'z dardila ko'p yashar ekan. Bazida sukutda, bazan xayratda, Ikki juft ikki do'st ajrashar ekan. Aql bor xiz-tuyg'u, ko'ngil xotirjam, Negadur hayollar bo'lmaydi xech jam....

Mehrdan gap boshlang mehrdan

G'iybatdan gap boshlab o'tirmay Yaxshilik qildim deb bo'rtirmay Yaxshilar ko'nglini choʼktirmay Mehrdan gap boshlang mehrdan......

Sira mazax qilmagin

O‘g‘ling bo‘lsa o‘g‘rining Xech ustidan kulmagin Qizing bo‘lsa foxishani Sira mazax qilmagin......

Izohlar 2

  1. Офлайн
    Yulduz
    Yulduz 21 января 2022 21:03
    Assalomu alaykum sherlaringiz manga juda yoqdi juda. yaxshi yozar ekansiz .Ijodingiz omad yor bolsin.
  2. Офлайн
    oxun qarshi
    oxun qarshi 24 августа 2020 20:13
    kimnengdir taqderi qaro yulbulsa Kimnengdur taqderi musaffo bulur ,kimnidur hayoti mayishat bulsa kimnengdur hayoti faqat qiyinchilikdir.yana kimnidir kungli buzuqlik bulsa kimnidir, kimnidir kunglida yaxshilik bulur.kinidir taqderi uzida bulsa kimnidir taqderi birov qulida .bu dunyo shandayki agar bilmasang eshitgin suzlarim malol kilmasa savoleng uriga savol qaytarkan .mixnatni sin qilasanu roxat uzgaga .roxatdan birsiqim olaolmaysan .kunkelib birovni sevar ekansan mexringdan boshqani beraolmaysan chunki menda yuqdir pachka pachka pul hayotda uncha pulni topishim mushkul.senga mexirmi yoki pulkerak bilmadim senga aytgin be kerak

    Salom hammaga manishirlarim mammasi uzimniki hichqayerdan olin Magan uzim yozaman mani uzim qashqadaryolikman yoshim 21 da hozir maskivada man odiy ishchi bulib ishlayman

    Kimnidir sevsang rostdan sevish kere,yolgondaka mas,kimgadur yordam bersang duo uchun qil obru uchun mas.dustengni yoniga doyimtur voxtimchalikmas. ey unutma qilgan saop amaleng dunyodan utganegda sanga yordam beradi.qilgan yamon ishlareng sani duzoxga tortadi .unutmagin hammaizni borar joyimiz bitta .sani yigan pullaring palibomi qoladishita.bilasanmi hamma ekkanini uradi sandaqalar tugri duzoxga borib tushadi ,eslaysanmi boshimga ogirkun kelganda sani Dustim Deb sandan yordam surovdim boshimni ogritma Deb Edi davay deganeng qizcham bilan birga manga xiyonat qilganeng meni unga yamonlab ayol sifat kulganeg.teling uzun bulsaxam yerdan uzulmasin ayoging,mayli omad sanlarga kupayivursin pullareng halol insonlarni ustidan kulmalareng

Fikr qo'shish