Ketganim bo'lsin! ayrilik haqida she'r
Men ketyabman butkul o'yingdan o'chib,
Yolg'onlardan qochib..dunyodan qochib.
Qo'lim siltab qo'ydim baxtlariga xam,
Yashashdan charchadim xayiqib cho'chib.
Endi eslaganing ishq bo'lmay o'lsin,
Umringda to'zondek yelganim bo'lsin!
Zarda qilma endi ko'tarmayman men,
Xa sen bilgan o'sha yomondirman men.
Bag'ritosh, vafosiz sarobdirman men,
Seni kutolmagan ayoldirman men!
Ruxlarim osmonga uchgani bo'lsin!
Yashadim sinovlar koshonasida,
Zamonning ming zaylu zavolasida...
Yashadim umiding sarobasida!
Ko'r jon uzulmoqning ostonasida.
Endi eslama qo'y ishq bo'lmay o'lsin,
Vujudim qabrini quchganim bo'lsin.
Kechir agar diling og'ritgan bo'lsam,
Qalbingga g'amlarni yo'latgan bo'lsam.
Kechir! kechir! kechir! barin tugatib,
Taqdir deb gar seni yo'qotgan bo'lsam.
Endi eslama qo'y ishq bo'lmay o'lsin,
Dardimni ichimga yutganim bo'lsin.
Uchrashtirdi nasib bermadi yo'llar...
Tutashmadi rahim qilmadi yo'llar...
Yo'ling zor kutganim bilmadi yo'llar...
Ayriliq tomonni ko'rsatdi yo'llar...
Endi qo'y eslama ishq bo'lmay o'lsin,
Ketganim! ketganim! ketganim! bo'lsin.
Izohlar 2